Va oliy nerv faoliyati


-jadval  Odamlardagi orqa miya reflekslari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

5-jadval 
Odamlardagi orqa miya reflekslari 
Refleksining 
nomi 
 
Qo‘llaniladigan 
ta`sirot 
 
Reflektor 
reaktsiya harakteri 
 
Refleksda 
qatnashuvchi neyronlar 
lokalizatsiyasi 
Pay, 
proprioretseptiv 
reflekslari; 
Tirsak 
refleksi, Tizza 
refleksi, Axill 
refleksi. 
Qorin 
reflekslari; 
Yuqoridagi 
O‘rtadagi 
Pastdagi 
Moyak 
kremaster refleksi 
Anal refleks 
Oyoq-kaft 
releksi 
M.Bisepsgasp.P payiga 
bolgacha urish (qo‘l 
tirsakdan salgina 
bukilgan) 
M. quadrseps 
payiga pate1la pastidan 
bolg‘acha urish 
Ahill payiga 
bolg‘acha urish 
Teriga shtrix bilan 
ta`sir etish: pastki 
qovurg‘alarga parallel 
qo‘yilganda (gorizontal 
)chov burmasiga parallel 
qilib,sonning ichki 
yuzasiga shtrix bilan 
ta`sir etish 
Anus yaqinidagi shtrix 
bilan ta`sir etish yoki 
sanchish 
M. Biseps brahi 
qisqaradi va qo‘l 
bukiladi 
M.kuadriseps qisqaradi 
va boldir yoziladi. 
Oyoq panjasi kaft 
tomonga bukiladi 
Qorin 
muskullarining tegishli 
qismlari qisqaradi 
M. cremaster 
qisqarib moyakni 
ko‘taradi 
To‘g‘ri ichak 
tashqi sefinkteri 
qisqaradi 
Oyoq barmoqlari 
va panjasi bukiladi 
Oyoq barmoqlari 
yoziladi va oyoq 
bukiladi. 
Orqa miyaning 5-6-
bo‘yin segmentlari 
2-4-bel segmentlari 
1-2-dumg‘aza 
segmentlari 
8-9-ko‘krak segmentlari 
9-10-ko‘krak 
segmentlari 
I-12-ko‘krak 
segmentlari. 
1-2-bel segmentlari 
4-5-dumg‘aza 
segmentlari va 
1-2-dumg‘aza seg-
mentlari 
Orqa miya o‘tkazuvchi yo‘llarining funksiyalari. Orqa miya markaziy 
nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlari (miya stvoli, miyacha va katta yarim 
sharlar) ga ko‗tariluvchi va tushuvchi o‗tkazuvchi yo‗llar orqali bog‗lanadi. 
Retseptorlarlar oladigan axborot ko‗tariluvchi yo‗llar orqali o‗tadi. Impulslar 
muskul, pay va boylamlarning proprioretseptorlaridan markaziy nerv sistemasining 
yuqoriroqdagi bo‗limlariga qisman orqa miyaning orqa ustunlaridagi Gollf va 
Burdax tutamlarining tolalari orqali, qisman yon ustunlardagi Govers va Fleksig 
yo‗llari (orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi yo‗llar) ning tolalari orqali o‗tadi. 


204 
Gollf va Burdax tutamlari Retseptorlar neyronlarning o‗siqlaridan hosil 
bo‗ladi, bu neyronlarning tanalari orqa miya gangliylarida yotadi (36-rasm). Ana 
shu usiqlar orqa miyaga kirgach yuqoriga ko‗tariladi, ayni vaqtda orqa miyaning 
birmuncha yuqorida va pastda yotgan segmentlaridagi kulrang moddaga kalta 
shoxchalar beradi. 
46,-rasm Orqa miyada orqa ildizlar tolalarining yo‗lini ko‗rsatuvchi 
sxema (Renson bilan Klarkdan).1 - orqadagi ildizning yo‗g‗on tolalari; 2 - 
orqadagi ildizning ingichka tolalari; 3 - orqadagi ustunlar; 4-orqadagi lateral 
tizimcha (Lissauer trakti); 5 - orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi dorsal trakt; 6 - 
orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi ventral trakt; 7 - orqa miya bilan talamus 
o‗rtasidagi lateral trakt; 8-orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi ventral trakt. 
Shu shoxchalar orqa miya reflektor dugalarining tarkibiga kiruvchi oraliq va 
effektor neyronlarda sinapslar hosil qiladi. Gollf va Burdax tutamlari uzunchoq 
miya yadrolarida tugaydi, afferent yo‗lning ikkinchi neyroni shu yadrolardan 
boshlanadi va kesishgandan keyin talamusga boradi; talamusda uchinchi neyron 
bor, uning o‗siqlari afferent impulslarni katta yarim sharlar po‗stlog‗iga o‗tkazadi 
(46-rasm). 
Gollf va Burdax tutamlarining tarkibiga kiruvchi tolalar uzilmasdan uzunchoq 
miyaga boradi. Orqa ildizlarning shulardan boshqa hamma afferent nerv tolalari 
orqa miyaning kulrang moddasiga kirib shu yerda uziladi, ya`ni turli nerv 
hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Orqa miyaning orqa shoxidagi ustun yoki klark 
hujayralaridan va qisman orqa miyaning komissural yoki bitishma hujayralaridan 
Govers va Fleksig tutamlarining nerv tolalari boshlanadi. 
Orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi yo‗llar (Govers va Fleksig yo‗llari) dan 
afferent impulslar o‗tmay qolishi natijasida murakkab harakatlar buziladi, miyacha 
zararlangandagi kabi bunda ham muskul tonusi buziladi va ataksiya xodisalari 
kuzatiladi. Impulslar proprioretseptorlardan katta (140 mlsek gacha) tezlik bilan 
o‗tkazuvchi orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi yo‗llarni hosil qiluvchi aktipidagi 
mielinli yo‗g‗on tolalar orqali va Gollf hamda Burdax tutamlarining sekinroq (70 


205 
m1sek gacha) o‗tkazuvchi tolalari orqali tarqaladi. Muskul, bo‗g‗im va pay 
retseptorlaridan impulslarning katta tezlik bilan o‗tkazilishi, aftidan, harakat
aktining bajarilish xarakteri to‗g‗risida organizm uchun muhim axborotning tez 
olinishiga bog‗liq, bu hil harakatning uzluksiz kontrol qilinishini ta`minlaydi. 
Og‗riq va temperatura retseptorlarlaridan impulslar orqa miyaning orqa 
shoxlarining hujayralarga boradi; bu yerda afferent yo‗lining ikkinchi neyroni 
boshlanadi. Bu neyron o‗siqlari shu segment ro‗parasida qarama-qarshi tomonga 
o‗tib, yon ustunlarning moddasiga kiradi va orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi 
lateral yo‗lning tarkibida (36-rasmga qaralsin) ko‗ruv dumbog‗i boradi, 
impulslarni katta yarim sharlar po‗stlog‗iga o‗tkazuvchi uchinchi neyron esa shu 
yerdan boshlanadi.
Og‗riq va temperatura retseptorlaridan impulslar orqa miya kulrang 
moddasining orqa shoxlari bo‗ylab yuqoriga ko‗tariluvchi tolalar orqali ham o‗tadi. 
Og‗riq va temperatura retseptorlaridan keluvchi impulslarni o‗tkazuvchi yo‗llar A 
delta tipdagi miyelinli ingichka tolalardan va qo‗zg‗alishni sekinroq 
o‗tkaziladigan, miyelinsiz tolalardan iborat. 
Orqa miyaning ba`zi kasalliklarida faqat og‗riq sezuvchanlik yoki faqat 
temperatura sezuvchanligi buzilishi mumkin. Buning ustiga, faqat issiqni yoki 
faqat sovuqni sezish buzilishi mumkin. Tegishli retseptorlardan keluvchi
impulslar orqa miyada turli nerv tolalaridan o‗tishi shu bilan isbot etiladi. 
Terining taktil retseptorlarlaridan keluvchi impulslar orqa shoxlarning 
hujayralariga keladi (bu hujayralarning o‗siqlari kulrang modda bo‗ylab bir necha 
segment qadar ko‗tariladi), orqa miyaning qarama- qarshi tomoniga o‗tib, oq
moddaga kiradi va impulslarni orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi ventral yo‗l 
tarkibidan dumboqlarining yadrolariga olib boradi, bu yerdagi uchinchi 
neyron o‗zi olgan axborotini yarim sharlar po‗stlog‗iga o‗tkazadi.
Teridagi tegish va bosim retseptorlarini keluvchi impulslar qisman Gollf 
va Burdax tutamlaridan ham o‗tadi. Gollf va Burdax tutamlarining tolalari orqa 
miya bilan talamus o‗rtasida yo‗llarning tolalari yetkazib beradigan axborot 
harakteriga, shuningdek o‗sha tolalarda impulslarning tarqalish tezligida tafovutlar 
bor. Tegish retseptorlaridan keluvchi impulslar orqa ustunlarning ko‗tariluvchi 
yo‗llari orqali o‗tadi va ta‘sirot joyining aniq lokalizatsiyasini ko‗rsatib beradi.
Retseptorlarga vibratsiya ta`sir etganda kelib chiqadigan katta chastotali
impulslarni ham shu yo‗llarning tolalari o‗tkazadi. Bosim retseptorlarining
keluvchi impulslar ham shu yerdan o‗tadi, bu impulslar ta`sirotning 
intensivligini aniq bilishda imkon beradi. Tegish, bosim retseptorlaridan, 
shuningdek temperatura va og‗riq retseptorlaridan keluvchi impulslar orqa miya 
bilan talamus o‗rtasidagi yo‗llardan o‗tadi, lekin bu impulslar ta`sirotning 
lokalizatsiyasi va intensivligini (shiddatini) aniq ajratishga imkon bermaydi. 


206 
Gollf va Burdax tutamlarining tarkibida boruvchi tolalar ta`sirotlar haqida 
differentsiallangan (ajratilgan) axborotni yetkazib beradi, impulslarni katta tezlik 
bilan o‗tkazadi, shu bilan birga bu impulslar chastotasi anchagina doirada 
o‗zgarishi mumkin. Orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi yo‗llarning tolalari 
impulslarni sekin o‗tkazadi; ta`sirot kuchi har xil bo‗lganda bu tolalardan o‗tuvchi 
impulslar chastotasi kam o‗zgaradi. 
Afferent yo‗llardan o‗tuvchi impulslar, qoida o‗laroq qo‗zg‗aluvchi 
possinaptik potentsialni vujudga keltiradi, bu potentsial ko‗tariluvchi afferent 
yo‗lning . Ammo, shu paytda markaziy nerv sistemasi boshqa afferent yo‗llar 
orqali organism uchun muhimroq biro axborot olayotgan bo‗lsa, bir neyrondan 
ikkinchi neyronga o‗tuvchi impulslar tormozlanishi mumkin. 
Orqa miyaning tushuvchi yo‗llari orqali unga yuqoriroqdagi effektor 
markazlardan impulslar kelib turadi. Orqa miya bosh miya markazlaridan 
tushuvchi yo‗llar orqali impulslar olib va ularni ishlovchi organlarga o‗tkazib 
turadi, shu tariqa o‗tkazish ijro etish vazifasini bajaradi. 
Orqa miyaning oldingi va yon ustunlari orqali o‗tuvchi kortiko spinal yoki 
piramida yo‗llar orqali orqa miyaga katta yarimsharlar po‗stlog‗idagi yirik 
pyramidal hujayralarning bevosita o‗zidan impulslar kelib turadi. Piramidal 
yo‗llarning tolalari oraliq va motor neyronlarda sinapslar hosil qiladi (faqat odam 
bilan maymunlarda piramidal neyronlar motoneyronlarga bevosita bog‗langan). 
Kortikospinal yo‗llar tarkibida bir millionga yaqin nerv tolasi bor, ulardan 3% ga 
yaqini yo‗g‗on (diametri 16 mk), Aa tipga kiruvchi tolalar bo‗lib, qo‗zg‗alishni 
katta (120- 140 m/ssk gacha) tezlik bilan o‗tkazadi. Bu tolalar katta yarim sharlar 
po‗stlog‗idagi yirik piramidal hujayralarning o‗siqlaridir. Qolgan tolalar diametri 4 
mk ga yaqin bo‗lib, qo‗zg‗alishni kamroq tezlik bilan o‗tkazadi. Bu tolalardan 
talayginasi impulslarni vegetativ nerv sistemasining spinal neyronlariga yetkazib 
beradi. 
Yot ustunlarning kortikospinal yo‗llari uzunchoq miyaning pastdagi uchdan 
bir qismi ro‗parasida kesishadi. Oldingi ustunlarning kortikospinal yo‗llari (to‗g‗ri 
piramidal yo‗llar deb ataladi) uzunchoq miyadа kesishmaydi; ular qaysi segmentda 
tugasa o‗sha segment yaqinida qarama-qarshi tomonga o‗tadi. Kortikospinal 
yo‗llar shu tariqa kesishgani uchun bir yarim sharning motor markazlari 
zararlanganda gavdaning qarama-qarshi tomonidagi muskullar falaj bo‗ladi. 
Piramidal neyronlar yoki kortikospinal yo‗lning o‗sha neyronlardan 
boshlanuvchi nerv tolalari shikastlangandan bir necha vaqt o‗tgach ba`zi patologik 
reflekslar kelib chiqadi. Piramidal yo‗llar zararlanishining tipik simptomi shundan 
iboratki, soxtalangan Babinskiy refleksi (oyoq kafti terisining refleksi) yuzaga 
chiqadi. Bu refleks shundan iboratki, oyoq kaftining terisiga shtrix bilan ta`sir
etilsa, bosh barmoq yozilib, qolgan barmoqlar yilpig‗ich shaklida yoyilib ketadi


207 
yangi tug‗ilgan bolalarda piramidal yo‗llar hali rivojlanib ulgurmagani uchun 
ularda ham shunday refleks yuzaga chiqadi. Voyaga yetgan sog‗lom kishilarning 
oyoq kaft terisiga shtrix bilan ta`sir etish barmoqlarning refleks yo‗li bilan 
bukilishiga sabab bo‗ladi. 
Kortikospinal yo‗lning tolalaridan hosil bo‗lgan sinapslarda quzg‗aluvchi, 
shuningdek tormozlovchi possinaptik potentsiallar vujudga kelishi natijasida 
motoneyronlar qo‗zg‗alishi yoki tormozlanishi mumkin. Piramidal hujayralarning 
kortikospinal yo‗llarni hosil qiluvchi aksonlaridan kollaterallar chiqadi, 
bukollaterallar targ‗il tana, gipotalamus yadrolarida, qizil yadroda, miyachada, 
miya stvolining retikulyar formatsiyasida tugaydi. Yuqorida sanab o‗tilgan barcha 
yadrolardan impulslar ekstrakortikospinal yoki ekstrapiramidal yo‗llar degan 
tushuvchi yo‗llar orqali orqa miyaning kiritma neyronlariga keladi. Bu tushuncha 
yo‗llardan eng asosiylari retikulospinal, rubrospinal tektospinal va vestibo‗lospinal 
traktlardir.
Rubrospinal trakt (Monakov tutami) orqali miyachadan to‗rt tepalikdan va 
po‗stloq osti markazlaridan orqa miyaga impulslar keladi. Shu yo‗lda o‗tuvchi 
impulslar harakatlar koordinatsiyasida va muskullar tonusining boshqarishida 
ahamiyatli. Vestibo‗lospinal trakt uzunchoq miyadagi vestibulyar yadrolardan orqa 
miyaning oldingi shox hujayralariga boradi. Ana shu yo‗ldan keluvchi impulslar 
gavda vaziyatining tonik reflekslarini yuzaga chiqaradi. Retikulospinal yo‗llar 
retikulyar formasiyaning aktivlashtiruvchi va tormozlovchi ta`sirlanish orqa miya 
neyronlariga o‗tkazadi. Ular motor neyronlarga ham, oraliq neyronlarga ham ta`sir 
ko‗rsatadi. Yuqorida aytilgan barcha tushuvchi uzun yo‗llar (orqa miyaning oq 
moddaepda) dan tashqari yuqoriroqdagi segmentlarni pastroqdagi segmentlarga 
bog‗lovchi kalta yo‗llar ham bor. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling