Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 
Eshituv 
ressepsiyasining 
vakilligi
Eshituv 
analizatorining 
miya 
po‗stlog‗idagi uchlari birinchi chakkа pushtasida va Geshlning ko‗ndalang chakka 
pushtasida joylashgan. Afferent impulslar bu zonaga ichki tizzasimon tanalarning 
hujayralaridan (eshituv yo‗lining uchinchi neyronlari) keladi va ichki quloq 
chig‗anog‗ining eshituv retseptorlaridan axborot tashib turadi. Har hil 
balandlikdagi tonlar eshitilganda chig‗anoq retseptorlarlarida vujudga keluvchi 
impulslar eshituv zonasidagi hujayralarning turli gruppalariga keladi. 
Ta`m bilish resseptsiyasining vakilligi. Ta`m bilish analizatorining miya 
po‗stlog‗idagi uchlari, Penfildning ma`lumotlariga qaraganda, odamning chakka 
bo‗lagida. Silviy egati bilan sirkulyar egat yaqinidа, miya po‗stlog‗ining ta`sirlanib 
so‗lak ajrattiradigan qismiga yonma-yon joylashgan. Afferent impulslar ta`m bilish 
zonasiga talamusning orqadagi pastki yadrosidan keladi. 
Hid biluv resseptsiyasining vakilligi. Hid sezuvchanlikning yo‗llari 
ko‗ruv do‗mboqlarining yadrolari orqali o‗tmaydigan yagona afferent yo‗llardir. 
Ularning birinchi neyronlari - xid biluv hujayralari burun shilliq pardasida, 
ikkinchi neyronlari esa xid biluv piyozida joylashgan. 
Ikkinchi neyronlarning o‗siqlari xid biluv traktini hosil qiladi. bu trakt 
noksimon bo‗lakning oldingi qismidagi hujayralarga yetib oladi (A. Brodal), xid 
biluv analizatorining miya po‗stlog‗idagi uchi shu yerda bo‗ladi. 
Odam miya po‘stlog‘idagi sensor zonalarni ta`sirlash va yemirish 
effektlari. Odam miya po‗stlog‗idagi sensor zonalarning lokalizatsiyasi asosan 


254 
miya operatsiyalari vaqtida po‗stloqning turli nuqtalariga elektr toki bilan ta`sir 
etib o‗rganilgan. Operatsiyalar mahalliy anesteziya bilan qilingani uchun, qanday 
sezgilar kelib chiqayotganini bemor aniq aytib bera oladi. Penfild va boshqalarning 
o‗tkazgan mukammal tekshirishlari bu sezgilarning hamisha elementar harakterda 
bo‗lishini ko‗rsatadi. Masalan, odamning ko‗ruv zonasi ta`sirlanganda yorug‗lik 
qorong‗ulik va turli ranglarning sezgilari kelib chiqadi. Bu soxa ta`sirlanganda 
xech qanday murakkab ko‗ruv gallyusinatsiyalari ko‗zatilmaydi.
Miya po‗stlog‗ining eshituv zonasi ta`sirlanganda har hil tovushlar sezgisi 
kelib chiqadi, bu tovushlar baland va past, qattiq va sekin bo‗lishi mumkin, ammo 
elektr bilan ta`sir etishda bemor xech qachon nutq tovushlarini idrok qilmaydi. 
Somatosensor zona ta`sirlanganda tegish, sanchish, et uvishish sezgilari, ba`zan 
sust temperatura yoki og‗riq sezgisi kelib chiqadi. Ro‗y-rost og‗riq sezgilari 
deyarli xech qachon kuzatilmaydi.
Hid biluv yoki ta`m bilish zonalari ta`sirlanganda har hil hid yoki ta`m 
(ko‗pincha nohush) sezgilari kelib chiqadi. Odam miya po‗stlog‗ining sensor 
zonalari yemirilganda gavdaning zararlanish ochagiga qarama-qarshi tomonida 
sezuvchanlikning shu turi aksari qattiq buziladi. Ko‗ruv zonalari ikki tomonlama 
zararlanganda kishi ko‗r bo‗ladi, eshituv zonalari olib tashlanganda esa quloq kar 
bo‗lib qoladi. Odam miyasiga qon quyilganda, o‗sma paydo bo‗lganda, 
jarohatlanganda sensor zonalarning funktsiyalari hayvonlardagiga nisbatan ko‗proq 
buzilib, xadeganda tiklanmaydi. 
I. P. Pavlov katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli qismlarini olib tashlab, 
itlar ustida qilgan tajribalariga asoslanib, har bir analizatorning po‗stloqdagi uchida 
markaziy qism yoki yadroni va tarqoq elementlarni ajratish kerak deb xulosa 
chiqargan edi. Keng sohada joylashgan va analizator yadrosidagi kabi 
retseptorlardan impulslar oladigan nerv hujayralarini I. P. Pavlov tarqoq elementlar 
deb atagan edi. Analizator yadrosi yemirilganda funktsiyalar tarqoq elementlar 
borligi tufayli tarmoqlanadi. Analizatorlarning miya po‗stlog‗idagi uchlarida nerv 
hujayralari sensor zonalarda ko‗proq to‗plangani uchun bo‗lsa kerak odamda 
funktsiyalar tarmoqlanishi ham kamroq bo‗ladi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining assosiativ zonalari yuzaga chiqarilgan 
potentsiallarni qayd qilish shuni ko‗rsatdiki, afferent impulslar talamus 
yadraloridan sensor zonalargagina emas, balki shu bilan bir vaqtda yondosh 
sohalarga ham kiradi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining shu soxalari assotsiativ 
zonalar deb ataladi (ular yuqorida ko‗zdan kechirilgan birlamchi sensor zonalardan 
farq qilinib, ikkilamchi sensor zonalar deb ham ataladi). 
Assotsiativ zonalar sensor zonalarning chekkasi bo‗ylab joylashadi va ulardan 
hamma tomonga 1-5 sm chamasida yoyiladi. Assotsiativ zonalardagi 
hujayralarning muhim xususiyati shuki, ular turli retseptorlarning periferik 


255 
ta`sirotlariga reaktsiya ko‗rsata oladi. Masalan, mushukning ikkilamchi eshituv 
zonasida shunday qismlar topilganki, ularda tovush ta`sir etgandagina emas, 
yorug‗lik ta`sir etganda yoki teriga elektr toki ta`sir etganda ham yuzaga 
chiqarilgan potentsiallar paydo bo‗ladi. Har xil retseptorlar sistemalaridan impuls 
olib keluvchi afferent yo‗llar ikkilamchi sensor zonalarning po‗stloqdagi 
hujayralarida qon konvergensiyalanishi shundan guvohlik beradi.
Assotsiativ zonalarni olib tashlash natijasida sezuvchanlikning shu turi 
yo‗qolmaydi, lekin ayni vaqtda ko‗pincha ta`sirotning ahamiyatini to‗g‗ri baholash 
qobiliyati buziladi. Masalan, odamda ikkilamchi ko‗ruv zonasi hisoblanadigan 18-
va 19-maydonlar (Brodman bo‗yicha) yemirilganda bemor hech qachon ko‗r bo‗lib 
qolmaydi, ammo ko‗rgan narsasini baholash qobiliyatidan mahrum bo‗lib qoladi. 
Shu jumladan, bemor o‗qiyotganda so‗zlarning ma`nosiga tushunmaydi. 
Yarim sharlar po‗stlog‗ining chakka sohasidagi ikkilamchi eshituv zonasi 
yemirilsa, bemor ko‗pincha eshitgan so‗zlarining ma`nosini tushunmaydigan bo‗lib 
qoladi. Bu faktlarning hammasi shuni ko‗rsatadiki, katta yarim sharlar po‗stlog‗ida 
ta`sirotlarni analiz va sintez qilish protsesslarida assosiativ zonalar muhim rol 
o‗ynaydi. Evolutsion taraqqiyot protsessidа katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi 
assotsiativ zonalarning egallagan maydoni tobora ortib borganligi va odamda eng 
katta miqdorga yetganligi ham shundan guvohlik beradi. Odamda assotsiativ 
zonalarning sensor zonalardan farq qiladigan muhim xususiyati shuki, ular 
yemirilganda muayyan funktsiyalar faqat qisqa vaqt buziladi. Yarim sharlar 
po‗stlog‗ining qolgan qismlari keyinchalik yemirilgan assotsiativ zonalar 
funktsiyasini o‗z zimmasiga oladi va shikastlanish kompensatsiyalanadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling