Va oliy nerv faoliyati


Odam miya po‘stlog‘ining premotor zona


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Odam miya po‘stlog‘ining premotor zonasidagi kichik bo‗laklar 
neyroxirurgiya operatsiyalarida olib tashlansa, qo‗lning nozik harakatlari 
saqlangani holda harakat ko‗nikmalari buziladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi 
premotor zonaning ba`zi qismlari olib tashlansa, voyaga yetgan sog‗lom odamga 
xos bo‗lmagan reflekslar kelib chiqadi. Masalan, miya po‗stlog‗ining premotor 
zonasidan qo‗l harakatlarini boshqaruvchi bo‗lagi olib tashlangach, zo‗r berib 
changallash refleksi ro‗y beradi: yengilgina taktil ta`sirot (kaftga tegish) natijasida 
harakat kelib chiqadi. Bu harakat yangi tug‗ilgan bolalarda piramidal yo‗l 
funktsional jihatdan yetilguncha o‗tadigan davrdagi changallash refleksini eslatadi. 
Voyaga etgan kishilar miya po‗stlog‗ining motor yoki premotor zonasida 
oyoq muskullarining vakilligi joylashgan sohaga olib tashlansa , Babinskiy 
refleksi paydo bo‗ladi. Qo‘shimcha motor soha. Qo‗shimcha motor soha katta 
yarim sharlarning medial sohasida bo‗lib, diametri 1-2 sm dan oshmaydi. 
Gavdaning hamma qismidagi muskullar vakilligi shu zonada ekanligi uning turli 
qismlariga ta`sir etib ko‗p aniqlanadi. Qo‗shimcha motor sohada ta‘sir etilganda 
poza o‗zgaradi, ayni vaqtda oyoq va tananing ikki tomonlama harakatlari ro‗y 
beradi. Ko‗pincha shu sohaga stimul berilganda har xil vegetativ reaktsiyalar kelib 
chiqadi , qorachiqlar kengligi o‗zgaradi, yurak urishi tezlashadi va xokazo. 
Qo‗shimchа motor zona odam pozasini boshqarishda yordamchi rol o‗ynaydi, deb 
faraz qilishadi (odam pozasini motor va premotor zonalar boshqaradi). 
Miya po‘stlog‘ining ko‘z harakatlarini boshqaradigan qismlari. 19- va 8-
maydonlarning 
turli 
nuqtalariga 
ta`sir 
etilganda 
ikkala 
ko‗zning 
koordinatsiyalangan harakatlari ro‗y beradi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining ensa 
bo‗lagidagi 19-maydondan boshlanuvchi yo‗llar miya stvoliga to‗ppa-to‗g‗ri 
borib, ko‗zning qaralayotgan narsaga tiqilishini ta`minlashi ko‗rsatib berildi. Ensa 
bo‗lagidagi 19-maydonga qarama-qarshi o‗laroq, peshona bo‗lagidagi 8-maydon 
ko‗zning ixtiyoriy harakatlariga a‘loqador. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling