Va oliy nerv faoliyati


Katta yarim sharlar po‘stlog‘i bilan retikulyar formatsiya o‘rtasidagi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Katta yarim sharlar po‘stlog‘i bilan retikulyar formatsiya o‘rtasidagi 
ikki tomonlama bog‘lanishlar. Yariм sharlar po‗stlog‗i bilan miya stvolining 
retikulyar formatsiyasi o‗rtasida murakkab o‗zaro ta`sir mavjud: retikulyar 
formatsiya katta yarim sharlar po‗stlog‗ining tonusini oshiradi, katta yarim sharlar 
po‗stlog‗i esa retikulyar formatsiyaga tushuvchi qo‗zg‗atuvchi va tormozlovchi 
impulslar yuborib, retikulyar formatsiyaning qo‗zg‗aluvchanligini oshiradi yoki 
kamaytira oladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i retikulyar strukturalarga ko‗pincha 
tormozlovchi ta`sir ko‗rsatadi. Retikulyar formatsiya yarim sharlar po‗stlog‗iga 
aktivlashtiruvchi ta`sirini kuchaytirib, yarim sharlar po‗stlog‗ining qarama-qarshi
tormozlovchi ta`sir etadigan mexanizmini ishga soladi, bu mexanizm 
kortikoretikulyar qaytar a‘loqa vositasida retikulyar formatsiyani tormozlab turadi. 
Miya mexanizmlarining aktivligi shunday o‗z-o‗zidan boshqarilishi tufayli doimo 
bir darajada turadi. 
Yarim sharlar po‗stlog‗i bilan retikulyar formatsiya o‗rtasida impulslarning 
aylanib yurishi tufayli miyaning tetik holati muttasil bir xilda turadi. Farmakologik 
preparatlar yuborish yo‗li bilan o‗sha halqasimon o‗zaro ta`sir buzilganda 
ko‗tariluvchi - aktivlashtiruvchi ta`sirlar to‗xtab, miya narkotik uyqu holatiga 
o‗tadi. 
Harakat aktlarini katta yarim sharlar po‘stlog‘ida idora qilinishi. 
Odam va yuksak darajadagi hayvonlar bosh miyasining katta yarim sharlar 
po‗stlog‗i butun organizmdagi barcha harakat aktlarini boshqarib turadi. Voyaga 
yetgan sut emizuvchi hayvonlarning aksarisida harakatlar (masalan, yurish, 
yugurish) yarim sharlar po‗stlog‗ining ishtirokidan tashqari yuzaga chiqа oladi va 
yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangandan keyin saqlanib qoladi, Maymunlarda va 
ayniqsa odamda harakatlar katta yarim sharlar po‗stlog‗ining muqarrar ishtirokida 
yuzaga chiqadi. Funktsiyalarning kortikalizatsiya fenomeni shunda namoyon 
bo‗ladi. Odam katta yarim sharlar po‗stlog‗ining motor zonasi hatto ozgina 


261 
zararlanganda (masalan, trombozda yoki qon qo‗yilganda) ham gavdaning qarama-
qarshi tomonida to‗la harakat falaji kelib chiqadi. 
Harakat aktlarini katta yarim sharlar po‗stlog‗i shuning uchun kontrol qila 
oladiki, po‗stloqning motor, premotor va boshqa zonalaridagi neyronlar orqa 
miyaga (uning oraliq va motor neyronlariga) ham ekstrakortikospinal sistemaning 
yadrolariga (targ‗il tana, qizil yadro, qora substantsiya va hokazo) ham efferent 
impulslar yuboradi. Har bir muayyan paytda gavda retseptorlari - ko‗ruv, 
vestibulyar, bo‗g‗im-muskul, taktil (tuyish) retseptorlaridan katta yarim sharlar 
po‗stlog‗iga afferent impulslar kelib, bajarilayotgan harakatning borishi 
(yo‗nalishi, kuchi, amplitudasi va shunga o‗xshashlar) va uning natijalari haqida 
axborot yetkazib berishi kortikal kontrolning muqarrar zarur shartidir. 
Shunday qilib, yarim sharlar po‗stlog‗i bilan harakat apparati o‗rtasida 
doiraviy o‗zaro ta`sir mavjud: yarim sharlar po‗stlog‗i harakatni yuzaga 
chiqaruvchi afferent impulslarni yuboradi va harakat natijasida kelib chiqadigan 
qaytar afferent impulslarni olib turadi. Shu tariqa harakat uning yuzaga chiqadigan 
sharoitiga (o‗zgaruvchan sharoitga) aniq moslanadi va harakat reaktsiyasi 
olinadigan natijalarga qarab yo‗l-yo‗lakay qayta quriladi. Katta yarim sharlar 
po‗stlog‗i boshqaradigan harakat reaktsiyalarning harakterli xususiyati shuki, ular 
individual hayot tajribasi natijasida, mashq qilish protsessida vujudga keladi. 
Muayyan harakatlar yig‗indisini ko‗p marta takrorlash, ya`ni mashq qilish ularning 
avtomatlashuviga sabab bo‗ladi, shunga ko‗ra harakatlar aniqroq zarur darajada 
chaqqon, kuch va amplitudasi shu harakat aktini bajarishda hal qilinadigan 
vazifaga muvofiq bo‗lib qoladi. Ortiqcha harakatlar mashq qilish protsessida 
barham topadi. 
Odamning yurishi, yugurishi, tikka turishi va mehnat protsessida bajaradigan 
ko‗p harakatlari avtomatlashgan harakat aktlari hisoblanadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling