Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ gangliylar (tugunlar) klassifikasiyasi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ gangliylar (tugunlar) klassifikasiyasi. Vegetativ gangliylar 
(tugunlar) ixtisoslashishiga qarab umurtqa (vertebral), umurtqadan oldingi 
(prevertebral) va organ ichidagi (intramural) gangliylar degan uchta gruppaga 
ajratilishi mumkin. 
Vertebral gangliylar simpatik nerv sistemasiga mansub bo‗lib, umurtqa 
pog‗onasining ikki tomonida yotadi va ikkita chegara stvolni hosil qiladi (ularni 
simpatik zanjirlar deb ham yuritishadi). Vertebral gangliylar orqa miyaga tolalar 
bilan bog‗langan, bu tolalar birlashtiruvchi oq va kulrang tarmoqarni hosil qiladi. 
Postganglionar simpatik neyronlarning tolalari tugunlardan yo mustaqil nerv 
yo‗llari orqali, yoki simpatik nervlar tarkibida periferik organlarga boradi. Keyingi 
xolda chegara stvollarning tugunlaridan birlashtiruvchi ingichka kulrang 
tarmoqchalar (communicantis grisei) shaklida somatik nervlarga boradi 
Aksari simpatik preganglionar nerv tolalari chegara stvol tugunlarida uziladi; 
bu tolalarning ozgina bir qismi chegara stvolda uzilmay o‗tib, prevertebral
gangliylarda uziladi. 


271 
Prevertebral gangliylar umurtqa poronasidan chegara stvol gangliylariga
nisbatan uzoqroq masofada joylashadi, shu bilan birga o‗zidan innervasiya 
oluvchi organlardan ham bir qadar uzoq turadi. Prevertebral gangliylarga 
kipriksimon tugun, bo‗yinning yuqori va o‗rta simpatik tugunlari, quyoshsimon 
chigal, ichaktutqichning yuqori va pastki tugunlari kiradi. Chegara stvol 
tugunlarida uzilmay kelgan simpatik preganglionar tolalar kipriksimon tugundan 
boshqa hamma tugunlarda uziladi. Ko‗z muskullarini innervasiyalaydigan 
parasimpatik preganglionar tolalar esa kipriksimon tugunda uziladi. 
Organ ichidagi gangliylargaichki organlardagi chigallar kiradi, nerv 
xujayralariga boy bo‗lgan chigallar (intramural chigallar) ko‗pgina ichki 
organlarning, masalan, yurak bronxlar, qizilo‗ngachning o‗rtadagi uchdan bir qismi
bilan pastdagi uchdan bir qismi, me‘da, ichak o‗t pufagi, qovuq (siydik pufagi)ning 
muskulli devorlarida, shuningdek ichki va tashqi sekretsiya bezlarida bor. 
B.L.Lavrentyev va boshqa tadqiqotchilarning gistologik tekshirishlariga qaraganda 
parasimpatik tolalar o‗sha nerv chigallarining hujayralarida uziladi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling