Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ nervlarning ikki neyronli strukturasi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ nervlarning ikki neyronli strukturasi. Barcha simpatik va 
parasimpatik nerv yo‗llarining periferik qismi ketma-ket yotgan ikki neyrondan 
iborat. Birinchi neyronning xujayra tanasi markaziy nerv sistemasida bo‗ladi, 
aksoni periferiyaga borib, biron nerv tugunida tugaydi. Ikkinchi neyronning 
xujayra tanasi shu tugunda bo‗ladi, unda birinchi neyronning aksoni sinaptik 
oxirlarni hosil qiladi. Ikkinchi neyronning aksoni periferiyaga borib, tegishli 
organni innervatsiyalaydi. Birinchi neyron tolalari preganglionar tolalar deb, 
ikkinchi neyron tolalari esa postganglionar tolalar deb ataladi. 
Vegetativ nerv sistemasining birinchi neyroni qayerda tugashi va ikkinchi 
neyron qayerdan boshlanishi ikkita metod — morfologik va farmakologik metod 
bilan aniqlanadi. 
Morfologik metod shunga asoslanganki, aksonlarning o‗z xujayra tanalaridan 
ajratilgan periferik qismlari va oxirlari 6—14 kundan keyin o‗z xususiyatini 
yo‗qotadi. (ayniydi-degenerasiya). Preganglionar tola qirqib qo‗yilsa, degenertsiya 
faqat qirqish joyidan preganglionar neyron bilan postganglionar neyronni bir-biriga 
tutashtiruvchi sinapslargacha tarqaladi, xolos. Bordi-yu, postganglionar tola qirqib 
qo‗yilsa, nerv tolalari vegetativ nervlarning muskul yoki bezdagi oxirgi 
tarmoqlarigacha ayniydi. Shunday qilib, nerv tolalarining aynishiga qarab, bu 
tolalarning tamom bo‗lgan joyi aniq tasavvur qilinadi va uzilganligi aniqlanadi. 
J. Lengli taklif etgan farmakologik metod shundan iboratki, xayvonning son 
tomiriga nikotin eritmasi yuboriladi yoki tekshirilayotgan vegetativ yo‗lning biron 
qismiga shu eritma surtiladi. Nikotin ta‘sir eta boshlagan paytda vegetativ nerv 


270 
yo‗llarining neyronlararo sinapslarini qo‗zg‗atadi, so‗ngra esa falaj qilib qo‗yadi. 
Nerv gangliysi nikotindan zararlanishi sababli, shu gangliyda uziladigan 
preganglionar tolaning ta‘sirlanishi undan innervatsiyalanadigan periferik organga 
ta‘sir o‗tkazmay qo‗yadi. Nikotindan zaharlanmagan boshqa biron gangliyda 
uzilgan va nikotin surtilgan nerv uzelida uzilmay o‗tadigan preganglionar tolaga 
ta‘sir etish natijasida ta‘sirlanuvchi nerv uchun odatdagi effekt kelib chiqadi.
Vegetativ nerv tolalarining uzilgan joylari morfologik va farmakologik 
metodlarni tatbiq etib muntazam tekshirishda aniqlangan. Vegetativ nervlar 
markaziy nerv sistemasidan chiqqan yo‗lda nerv tolasi hamisha faqat bir joydan 
uziladi, ya‘ni periferik neyronlar o‗rtasida faqat bitta sinaps bo‗ladi. Vegetativ nerv 
sistemasining nerv tolasi bir necha periferik nerv gangliysidan ketma-ket o‗tsa, bir 
gangliydan boshqa hamma gangliylarda uzilmasdan o‗tadi, bir gangliyda esa 
preganglionar tola tugab, postganglionar tola boshlanadi. 
Ko‗pincha 
birinchi 
parasimpatik 
neyronning 
aksoni 
undan 
innervasiyalanadigan organga uzilmay boradi, ikkinchi neyron esa butunlay 
innervasiyalanadigan organda bo‗ladi. Yurakning parasimpatik innervasiyasi misol 
bo‗la oladi: birinchi neyron aksoni sayyor nerv yadrosidan (ya‘ni uzunchoq 
miyadan) boshlanib, yurakka boradi va uning devoridagi ikkinchi neyron tanasida 
tugaydi. Periferik nerv stvolining yo`lida ketma-ket bog‗langan ikki neyron borligi 
vegetativ nervlarning somatik nervlardan farq qiladigan tipik belgisidir. Somatik 
nerv tolalari markaziy nerv sistemasidan chiqishda periferiyadagi biron joyda ham 
uzilmay, ko‗ndalang-targ‗il muskul xujayralarida tugaydi va sarkolemma ostida
oxirgi tarmoqlarni hosil qiladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling