Va oliy nerv faoliyati
Ter bezlari va qon tomirlarining innervatsiyalanish xususiyatlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Ter bezlari va qon tomirlarining innervatsiyalanish xususiyatlari
Ter bezlari faqat simpatik nerv tolalaridan innervasiyalangan. Aksari postganglionar simpatik tolalar oxirlarining xususiyati shuki, ter bezlarida noradrenalin emas, balki asetilxolin hosil bo‗ladi. Shu sababli ter bezlari xujayralarining asetilxolinga reaksiya ko‗rsatish qobiliyatini yo‗q qila oladigan atropin kiritilsa, tashqi muxit temperaturasi yuksak bo‗lganda ter ajralishi taqqa to‗xtaydi. Odam gavdasining ba‘zi joylarida, masalan, qo‗l kaftlarida ter ajralishi uchun teri ostiga asetilxolin kiritishgina emas, balki adrenalin kiritish ham ter ajralishiga sabab bo‗la oladi. Aftidan, ter ajralishining ikki turi — temperatura va emotsional turlari bor (odam qattiq qo‗rqqanda sovuq ter bosishi). Temperatura ko‗tarilganda ter chiqartiruvchi impulslar ter bezlariga simpatik nervlarning xolinergik oxirlari orqali, emotsional ter chiqartiruvchi impulslar esa simpatik nervlarning adrenergik oxirlari orqali o‗tadi. Arteriyalar va arteriolalarda asosan tomir toraytiruvchi simpatik nervlarning tolalari bor. Organizmning faqat chekli qismlarida, masalan so‗lak bezlarida, tilda, jinsiy olatning g‗orsimon tanalarida qo‗shaloq (tomir toraytiruvchi va 280 kengaytiruvchi) innervatsiya bor. Organizmning shu qismlaridagi tomirlar tomir toraytiruvchi simpatik nervlardangina emas, tomir kengaytiruvchi parasimpatik nervlardan ham innervatsiya oladi. Skelet muskullaridagi arteriyalar innervatsiyasida ba‘zi bir o‗ziga xos xususiyatlar bor, bu arteriyalar tomir toraytiruvchi adrenergik simpatik tolalar va tomir kengaytiruvchi xolinergik simpatik tolalar bilan ta‘minlangan (xolinergik simpatik tolalar muskullar ishlagan vaqtda tomirlarni kengaytirsa kerak). O‗tgan asrning 70-yillaridayoq Shtriker tajribalarida olingan va bosqa tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlangan natijalar fiziologiyaga doir adabiyotda bir talay munozaraga sabab bo‗ldi. O‗sha tajribalarda orqa miyaning keyingi ildizlarini qirqib qo‗yib, periferik uchlariga ta‘sir etilganda (afferent tolalar o‗sha ildizlardan o‗tadi) gavdaning tegishli segmentidagi tomirlar kengayishi kuzatilgan. Shunga asoslanib, orqa ildizlarning tolalari periferiyadan markaziy nerv sistemasiga impulslar o‗tkazish bilan birga markaziy nerv sistemasidan periferiyaga ham impulslar o‗tkazadi, degan fikr bildirildi. Shu efferent impulslar maxsus nerv tolalari orqali o‗tadimi yoki afferent nerv impulslarini o‗tkazuvchi tolalar orqali o‗tadimi, bu to‗g‗rida yakdil fikr yo‗q. V. Beylis va L. A. Orbeli nazariyasiga muvofiq, orqa ildizlarning bir xildagi tolalari impulslarni ikki tomonlama o‗tkazaveradi. Har bir tolaning bir shoxchasi retseptorga, ikkinchi shoxchasi qon tomiriga boradi. Tanalari orqa miya tugunlarida yotgan reseptor neyronlar ikki yoqlama funksiyani o‗taydi: ular afferent impulslarni orqa miyaga o‗tkazib, retseptor neyronlar funksiyasini bajaradi, impulslarni teskari antidrom yo‗nalishda tomirlarga o‗tkazib, tomir kengaytiruvchi nervlar funksiyasini o‗taydi. Boshqa hamma nerv tolalari kabi, afferent tolalar ham ikki tomonlama o‗tkazuvchan bo‗lgani uchun impulslar ikki tomonlama o‗ta oladi. Ikkinchi nazariyaga muvofiq, retseptor nerv oxirlarida asetilxolin va gistamin hosil bo‗lib, to‗qimalarga diffuziyalanib o‗tganligi va yaqin oradagi tomirlarni kengaytirganligi tufayli, orqa ildizlar ta‘sirlanganda teri tomirlari kengayadi. Odamdagi tomir reaksiyalarini tekshirish uchun klinikada bir necha sinov(proba) usuli qo‗llaniladi. Shulardan biri — dermografiya degani shundan iboratki, o‗tmas buyum bilan teriga chiziq tortib, mexanik ta‘sir ko‗rsatiladi. Ko‗pgina sog‗lom kishilar shu usul bilan tekshirilganda arteriolalar refleks yo`li bilan torayadi, natijada terining ta‘sirlanayotgan qismi qisqa vaqt rangsizlanib turadi (oq dermografizm). Sezuvchanlik kattaroq bo‗lsa, terining kengaygan tomirlari qizil yo‗l bo‗lib ko‗rinadi, bu yo‗l toraygan tomirlarning rangsiz yo‗llari bilan o‗ralgan bo‗ladi (qizil dermografizm), sezuvchanlik juda yuqori bo‗lsa, teri bo‗rtadi, ya‘ni shishadi. Gistamin va adrenalin probalari (ya‘ni gistamin yoki adrenalinning kuchsiz eritmasini teri ichiga kiritish usuli) ham qo‗llaniladi. Bu xolda terining eritma 281 kiritilgan joyida qizil (gistamin) yoki rangsiz (adrenalin) dog‗ paydo bo‗ladi, shu dog‗ning kattaligiga va qancha turishiga qarab teri tomirlarining reaktivligi xaqida fikr yuritishadi. Reaktivlik juda yuqori bo‗lsa, terining gistamin kiritilgan joyi qizarish bilan birga shishadi ham. Skelet muskullari, markaziy nerv sistemasi va reseptorlarning simpatik innervasiyasi juda kamaygach, oldingi ildizlarga ritmik ta‘sir davom ettirilishi bilan birga, simpatik zanjirga boruvchi preganglionar simpatik tolalarning boldir muskuliga simpatik innervatsiya beradigan qismi qisqa vaqt ta‘sirlangan. Anchagina uzoq bir necha o‗n sekund vaqtdan keyin harakatlantiruvchi ildizlarning ritmik ta‘sirlanishiga javoban muskulning qisqarishlar amplitudasi sekin-asta osha boshlagan va ba‘zan boshlang‗ich amplitudasiga yetgan. Shu tajribalarga suyanib, simpatik nervlarning muskul tolalariga bevosita ta‘sir etishi emas, balki muskuldagi qon tomirlariga ta‘sir etishi, ya‘ni muskulga kislorod va oziq moddalar ko‗proq kelishi natijasida muskulning ish qobiliyati tiklanadi, deb faraz qilindi. Ammo muskul tomirlariga suyuq vazelin to‗ldirib qilingan tajribalar bu e‘tirozni rad etdi: charchagan muskulning simpatik nervlari ta‘sirlanganda uning ish qobiliyati baribir tiklanaverdi.Simpatik nerv sistemasi sezgi organlariga va markaziy nerv sistemasiga ham ta‘sir etaveradi. Masalan, L. A. Orbeli hamkorlarining kuzatishlariga qaraganda xayvonlarning teri retseptorlari qo‗zg‗aluvchanligini simpatik nerv sistemasi o‗zgartiradi. Odamning bo‗yin simpatik tugunlari olib tashlangach vestibulyar apparat bilan ko‗ruv apparatining qo‗zg‗aluvchanligi pasayadi; ayni vaqtda qorong‗i adaptatsiyasi keskin darajada kamayadi; teri ostiga adrenalin yuborish teskari ta‘sir ko‗rsatadi (Ye. B. Babskiy). Simpatik yo‗llar orqali o‗tadigan impulslar markaziy nerv sistemasiga, jumladan, uzunchoq miya bilan o‗rta miyaning reflektor funksiyasiga ham ta‘sir etishi eksperimental tadqiqotlarda aniqlandi. E. A. Asratyan, S. I. Galperin va B. V. Pavlovning ma‘lumotlariga qaraganda, it bo‗ynining yuqori simpatik tugunlari olib tashlangach shartli reflektor faoliyat buziladi, bu esa qisman tomirlar tonusining o‗zgarishiga, qisman bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗idagi nerv xujayralariga simpatik nervlarning ta‘sir etmay qolishiga bog‗liq bo‗lsa kerak. Simpatik nervga bo‗yindan ta‘sir etilganda katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi neyronlarning elektr aktivligi o‗zgarishi va xronaksiyaning ortishi ham katta yarim sharlar po‗stlog‗iga simpatik nerv sistemasining ta‘sir etishini ko‗rsatadigan dalildir. L. A. Orbelining simpatik nerv sistemasi adaptatsion-trofik funksiyani o‗taydi, degan nazariyasi ana shu faktlarning yig‗indisiga asoslanadi. Bu nazariyaga muvofiq, simpatik nerv sistemasi modda almashinuvini, gavdadagi barcha organ va to‗qimalar trofikasini va qo‗zg‗aluvchanligini boshqaradi. Adaptasion-trofik 282 funksiyaning biologik ahamiyati shuki, u organizmning faoliyatga muayyan ravishda sozlanishini ta‘minlaydi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling