Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ nervlar ta’sirlanish effektining innervatsiyalanadigan organ
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vegetativ nervlar ta’sirlanish effektining innervatsiyalanadigan organ
xolatiga bog‘liq ekanligi. Vegetativ nerv sistemasining ishtirokida yuzaga chiqadigan reaksiyalar nerv markazlarining tonusiga, shuningdek periferik organlarning xolatiga qo‗zg‗aluvchanligiga va modda almashinuviga qarab ancha o‗zgarishi mumkin. Nervlarga ta‘sir etish intensivligi va ta‘sir etish effektining harakteri shu paytdagi va ilgari qo‗llanilgan ta‘sirotlarning kuchiga va qancha davom etishiga qarab butunlay boshqacha bo‗lishi mumkin. Simpatik va Xomilali bachadon ning silliq muskullari Qovuq silliq muskul --------- qisqaradi Qisqaradi, bushashadi 279 parasimpatik nervlarning ta‘sir ko‗rsatish harakteri hamda ular o‗rtasidagi antagonizm, shu tariqa, mutlaqo doimiy va o‗zgarmas bir narsa emas. Turli ta‘sirotlarga javoban reaksiya o‗zgaruvchanligini XVIII asr oxiridayoq A. Gumbold ko‗rsatib o‗tgan edi: «Har qanday agent o‗zi ta‘sir etayotgan organning qanday xolatda ekanligiga qarab, susaytiruvchi yoki qo‗zg‗atuvchi ta‘sir ko‗rsatadi». Organizm, uning organlari va to‗qimalarining reaksiya ko‗rsatish harakteri va intensivligini belgilab beradigan funksional xolati ularning reaktivligi deb ataladi. Sayyor (adashgan) nerv ta‘sirlangan paytda me‘da va ingichka ichak muskullari tonusining qanday ekanligiga qarab, shu organlar harakatining har xil harakterda o‗zgarishi organ reaktivligining ahamiyatiga misol bo‗la oladi. Odatdagi sharoitda sayyor nerv me‘da va ingichka ichak harakatini qo‗zg‗aydi. Me‘da va ichak muskullari tonusi keskin darajada oshgan paytda shu nerv ta‘sirlansa, bu organlarning avtomatik qisqarishlari kuchayish u yoqda tursin, balki susayadi (tormozlanadi). Yurak reaktivligiga kaliy va kalsiy ionlarining ta‘siri misol bo‗la oladi: kaliy ionlari ortiqcha bo‗lganda yurakning simpatik nervlariga ta‘sir etish yurak faoliyatini kuchaytirmaydi, balki susaytiradi, kalsiy ionlari oshganda sayyor nervning ta‘sirlanishi yurak faoliyatini susaytirmay, balki kuchaytiradi. Vegetativ nerv ta‘sirlanish effektining shunday o‗zgarishi «funksional soxtalik» yoki «paradoksal ta‘sir» deb ataladi. Bu xodisalarning sababi xali yetarlicha o‗rganilgan emas. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling