Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida miyachaning ahamiyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida po‘stloq ostidagi tuzilmalarning roli
Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida miyachaning ahamiyati.
Vegetativ nerv sistemasiga va undan innervasiyalanadigan organlarga miyacha ham ta‘sir etadi. Miyacha olib tashlangach yoki ta‘sirlangach ichki organlarning turli funksiyalari buzilishi, ko‗krak faoliyatining va tomirlar tonusining o‗zgarishi shundan guvoxlik beradi. Miyacha olib tashlangada vegetativ nerv sistemasinnng xolatidagi o‗zgarishlar L. A. Orbely laboratoriyasida ayniqsa mukammal tekshirilgan. Bu laboratoriyada miyacha olib tashlangach xazm yo`lining motor faoliyati, jumladan periodik faoliyati, me‘da va ichak bezlarining sekretor funksiyasi susayishi, shuningdek simpatik nerv sistemasining xolati o‗zgarganligidan guvoxlik beruvchi boshqa bir qancha effektlar paydo bo‗lishi ko‗rsatib berildi. Shunga asoslanib, L. A. Orbeli ixtiyoriy va reflektor harakatlarni uyg‗unlashtirishdagina emas, vegetativ funksiyalarni uyg‗unlashtirishda ham miyacha qatnashadi, deb hisobladi. Vegetativ nerv sistemasidan innervatsiya- lanadigan organlarga miyacha retikulyar formasiya va gipotalamus orqali ta‘sir ko‗rsatadi. Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida po‘stloq ostidagi tuzilmalarning roli. Po‗stloq ostidagi yadrolar, jumladan targ‗il tana organizmning murakkab shartsiz reflektor reaksiyalarida qatnashadi, bu reaksiyalarda vegetativ va somatik komponentlar hamisha mavjud bo‗ladi. Po‗stloq ostidagi yadrolar qo‗zg‗alganda vegetativ reaksiyalar ro‗y berishi mumkin, chunki bu yadrolar miya stvolining retikulyar formatsiyasiga va gipotalamusga bevosita bog‗liq. Bu fakt targ‗il tananing vegetativ nerv sistemasiga ta‘sir etishini ko‗rsatadigan dalildir. Gipotalamusning simpatik yadrolariga ham, parasimpatik yadrolariga ham ta‘sir etadigan neyronlar gruppasi targ‗il tanada bo‗lsa kerak. It miyasi yarim sharlari po‗stlog‗ining ba‘zi qismlariga ta‘sir etilsa, nafas, yurak urishi, tomirlar tonusining o‗zgarishini V. Ya Danilevskiy 1874- yilda ko‗rsatib bergan edi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli qismlariga ta‘sir etilganda ko‗gina vegetativ funksiyalar o‗zgarishini keyinchalik V. M. Bexterev, N. A. Mislavskiy, J. Fulton va boshqa tadqiqotchilar fiziologlar va neyroxirurglar kuzatishgan. J. Fultonning fikricha, vegetativ funksiyalarning boshqarilishida yarim sharlar po‗stlog‗ining peshona bo‗laklari ayniqsa katta rol o‗ynaydi. Peshona bo‗laklariga ta‘sir etilganda nafas, ovqat xazm qilish, qon aylanishi, jinsiy funksiya 292 o‗zgaradi, shuning uchun vegetativ nerv sistemasining oliy markazlari katta yarim sharlar po‗stlog‗ining oldingi bo‗limlarida deb hisoblashadi. Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida katta yarim sharlar po‗stlog‗ining rolini tushunmoq uchun elektrofiziologik tadqiqot usullari hamda shartli reflekslar metodining ishlab chiqilishi va qo‗llanilishi tufayli g‗oyat qimmatli natijalar olindi. Yuzaga chiqarilgan potensiallarni tadbiq qilish tajribalari afferent impulslar ichki organlarning reseptorlaridan katta sharlar po‗stlog‗iga birinchi va ikkinchi somatosensor zonalar orqali kelishini ko‗rsatdi (V. N. Chernigovskiy, R. A. Durinyan). Odam miyasi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ayrim nuqtalariga Roland egatining orqasiga yoki Silviy egatining yaqinidan ta‘sir etilsa, ichki organlar bilan bog‗langan ba‘zi sezgilar kelib chiqadi, masalan, ko‗ngil ayniydi va defekatsiyaga intilish paydo bo‗ladi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining boshqa bir qancha nuqtalariga asosan peshona bo‗lagi bilan tepa bo‗lakka ta‘sir etilsa, vegetativ reaksiyalar ro‗y beradi: yurak faoliyati, arterial bosim miqdori va nafas ritmi o‗zgaradi, so‗lak oqadi, ichak harakatga keladi, kishi qusadi. Ko‗p tadqiqotchilarning fikricha, limbik sistema, yoki visseral miya degan sistemaning tarkibiga kiruvchi nerv tuzilmalari, gippokamp, belbog‗ pushta, bodomsimon yadrolar ichki organlar faoliyatining boshqarilishida muxim rol o‗ynaydi. I. P. Pavlov maktabi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ichki organlar funksiyasini boshqarishda qatnashadigan neyronlariga interoretseptiv analizatorning po‗stloqdagi uchlari deb qaraydi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining shu effektor ta‘sir ko‗rsatish yo‗llari yaqinda elektrofiziologik va morfologik tadqiqotlarda aniqlandi. Xayvonlar va odamning katta yarim sharlar po‗stlog‗ida miya stvolining retikulyar formasiyasiga tushuvchi yo‗llar orqali bog‗langan bir qancha zonalar borligi aniqlandi. Bu zonalar sensomotor po‗stloqda, peshonaning yuz harakatlantiruvchi maydonchasida, belbor pushtada, chakkaning yuqori pushtasida va ensa atrofidagi soxada joylashgan. Impulslar yarim sharlar po‗stlog‗ining shu zonalaridan pastga tushuvchi yo‗llar orqali retikulyar formasiyaga kiradi, undan esa gipotalamusga va gipofizga o‗tadi. Vegetativ funksiyalarning bosh miya po‗stlog‗i tomonidan boshqarilish mexanizmlarida peshona bo‗lagidan va po‗stloqning belbor pushtasidan gipotalamusga boruvchi to‗g‗ri yo‗llar ham muxim rol o‗ynaydi. Vegetativ funksiyalarni katta yarim sharlar po‗stlog‗i kontrol qilishiga imkon beradigan tolalardan bir qismi piramidal yo‗llar orqali o‗tadi. Bu tolalar qirqib qo‗yilganda gavda temperaturasi pasayadi, miya po‗stlog‗ining ba‘zi qismlari ta‘sirlanganda arterial bosim o‗zgarishlari yo‗qoladi yoki kamayadi. Vegetativ nerv sistemasidan innervatsiyalanadigan organlar funksiyasining boshqarilishida bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ining ahamiyati va katta 293 yarim sharlar po‗stlog‗idan periferik organlarga impulslar o‗tkazishda vegetativ nerv sistemasining roli tajribada ichki organlar faoliyatining o‗zgarishiga doir shartli reflekslar hosil qilishda yaqqol ko‗rinadi. Ko‗pgina tadqiqotlarga qaraganda, xayvonlar va odamda vegetativ nervlardan innervatsiyalanadigan barcha organlar faoliyatini shartli refleks metodi bilan o‗zgartish mumkin. Odamni gipnoz qilib ishontirish ustidagi tajribalar ham ko‗pgina ichki organlarga bosh miya po‗stlog‗ining ta‘sir etishini ko‗rsatuvchi dalillar beradi. Ishontirish yo`li bilan yurak urishini tezlatish yoki siyraklatish, tomirlarni kengaytirish yoki toraytirish, buyraklarning siydik ajratishini kuchaytirish, ter chiqartirish modda almashinuvi protsesslarining intensivligini 20—30% o‗zgartish mumkin. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta‘siri shu qadar ravshan ko‗rindiki, odam yurak urishini ixtiyoriy ravishda tezlata oldi, gavdasi sovuganda kuzatilgani kabi sochini tikka silay oldi, terisini burishtira oldi, qorachiqlarning diametrini ixtiyoriy ravishda o‗zgartira oldi (qorachiqlar diametri ko‗z rangdor pardasining silliq muskullari tonusiga bogliq). Bunday xodisalar ma‘lum. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling