Va oliy nerv faoliyati


Shartsiz va shartli reflekslar klassifikatsiyasi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Shartsiz va shartli reflekslar klassifikatsiyasi. Shartsiz reflekslar va ular 
asosida vujudga kelgan shartli reflekslarning hammasini funktsional ahamiyatiga 
qarab bir qancha guruxlarga ajratish rasm bo`lgan. Eng asosiy guruxlar
ovqatlanish, himoyalanish, jinsiy, statokine-tik va lokomotor, orientirovka, 
gomeostazni chaqiruvchi va boshqa ba`zi guruxlardir. Ovqatlanish 
reflekslariga ovqat yutish, chaynash, emish, so‗lak ajratish, me`da va me`da 
osti bezi sekretsiyasi va boshqa reflektor aktlar kiradi. Shikast etkazuvchi 
yoki og‗rituvchi ta`sirotlarni bartaraf qiladigan reaksiyalar himoyalanish reflekslari 
hisoblanadi. Jinsiy aktni yuzaga chiqarishga aloqador reflekslarning hammasi
jinsiy reflekslar guruxiga kiradi; naslni boqish va parvarish qilishga aloqador ota- 
onalik reflekslarini ham o`sha gruppaga qushsa bo`ladi. Gavdaning muayyan 
vaziyatini va fazodagi harakatini saqlaydigan reflektor reaksiyalar stotokinetik va 
lokomotor reflekslar hisoblanadi. Gomeostazni saqlovchi reflekslarga termo- 
regulyatsiya, nafas, yurak reflekslari, arterial bosimni bir darajada saqlashga 
yordam beradigan tomir reflekslari va boshqa ba`zi reflekslar kiradi. 
Shartsiz reflekslar orasida sinash (orientirovka) refleksi aloxida o`rin tutadi. 
Bu yangilikka taalluqli refleksdir. Tevarak-atrofdagi muhitning yetarlicha tez 
o`zgarishiga javoban kelib chiqadigan bu refleks yangi tovushga xushyor bo`lib 
quloq solish, hidlab kurish, ko‗z va boshni ba`zan esa butun gavdani yorug‗ 
tushayotgan tomonga qaratish va shungа o‗xshashlardan iborat. Sinash refleksining 
yuzaga chiqishi ta`sirotning yaxshiroq sezilishini ta`minlaydi va moslanishda 
muhim rol' uynaydi.I.P.Pavlov sinash reaktsiyasiga "bu nima?" refleksi deb obrazli 
nom bergan edi.Bu reaktsiya tug‗ma bo`lib, hayvonlarning katta yarim sharlar 
po‗stlog‗i to`la olib tashlanganda yo‗qolmaydi; katta yarim sharlar yetilmagan 
bolalarda - anentsefallarda ham ko‗zatiladi. Sinash refleksining boshqa shartli 
reflekslardan farqi shuki, bir ta`sirot takror qo‗llanaversa, tezroq sunib qoladi. 
Sinash refleksining bu xususiyati unga yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`sir etishnga 
bog‗liq 
Reflektor reaktsiyalarning yuqorida keltirilgan klassifikatsiyasi turli 
instinktlarning klassifikatsiyasiga juda uxshaydi. Instinktlar ham ovqatlanish. 
jinsiy, ota-onalik ximoyalanish instinktlariga bo‗linadi. Bu tushunarli ham, chunki 
I. P. Pavlovning fikricha, instinktlar - murakkab shartsiz reflekslardir. 
Instinktlarning farq qiladigan xususiyatlari shuki, reaktsiyalar uzluksiz harakterda 
bo`lib (bir refleksning oxiri ikkinchisining qo‗zgatuvchisi bo`lib xizmat qiladi), 
gormonal va metabolik faktorlarga bog‗liq. Masalan, jinsiy instinkt bilan ota-
onalik instinktining kelib chiqishi jinsiy bezlar faoliyatidagi siklik o`zgarishlarga, 
ovqatlanish instinkti esa modda almashinuvining ovqat yo‗q vaqtdagi 
o`zgarishlariga bog‗liq Instinktiv reaktsiyalarning xususiyatlaridan yana biri shuki, 
ular dominantaning ko`p xossalari bilan harakterlanadi. 


298 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling