Va oliy nerv faoliyati


Vaqtga doir shartli reflekslar


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vaqtga doir shartli reflekslar. Vaqtga doir maxsus shartli reflekslar 
mavjudligini I. P. Pavlov isbot etib berdi. Itga har10 daqiqada ovqat berib turilsa, 
shartli refleks vujudga keladi. Bu refleks shundan iboratki, itga avvalgi safar ovqat 
berilgach 10 daqiqagacha oxiriga sulagi oqa boshlaydi va ovqat idishi sari 
harakatlanish reaksiyasi ro‗y beradi. Itlarda muayyan vaqt oralig‗iga doir oyoq 
bukish - himoyalanish shartli refleksini xuddi shu yo‗l bilan vujudga keltirish 
mumkin. Buning uchun tajriba vaqtida itning oyog‗iga muttasil bir xil vaqtdan 
keyin, masalan, har minutda elektr toki bilan ta`sir etish zarur. 


304 
Uzoqroq vaqtga doir shartli reflekslarni ham vujudga keltirsa bo`ladi. 
Masalan, itga har kuni muayyan soatda ovqat berilsa, o`sha soatga yaqin hali ovqat 
berilmaganidan turib, me`da shirasi chiqa boshlaydi. 
Mehnat va turmush rejimi doimo birday turganda - muayyan soatlarda 
ishlaganda, muayyan vaqtda ovqatlanganda, har kuni ma`lum vaqtda yotib 
uxlaganda - vaqtga doir harxil shartli reflekslar odamda ham ko‗zatiladi. Uzoqroq 
vaqtga doir shartli reflekslarni vujudga keltirish mexanizmlari har xil. Minutlar 
hisobidagi qisqa vaqtda nerv markazlarining xolatiga qo‗zg‗aluvchanligining 
o`zgarishiga, muayyan darajasiga, avvalgi ta`sirot iziga doir shartli reflekslar hosil 
bo`ladi. Uzoqroq vaqtga doir shartli reflekslarni butun organizm holatiga, xususan, 
modda almashinuvi, xazm organlari faoliyatining holati va intensevligiga doir 
reaktsiyalar deb tushunish mumkin. 
Shartli refleks miqdori shartsiz va shartli ta`sirotlar kuchiga bog‘liq, 
ekanligi. Birday sharoitda hayvondagi shartli refleks miqdori uning vujudga 
kelishi uchun asos bo`lgan shartsiz refleks kuchiga, shuningdek shartli ta`sirot 
kuchiga bog‗liq Masalan, tovush bilan ta`sir etib turib, itning oyoq terisiga juda 
kuchsiz elektr toki bilan ham ta`sir etilsa, vujudga keltirilayotgan shartli refleks 
zaif, omonat bo`lib chiqadi. Bordi-yu, shartsiz ta`sirot kuchi oshirilsa, kuchliroq va 
barqaror ximoyalanish refleksi vujudga keladi. 
Shartli refleks miqdori shartsiz ta`sirot kuchiga bog‗liq ekanligini tekshirib, 
shartsiz stimulning absolyut kuchi emas, balki shu stimul tufayli yuzaga 
chiqadigan qo‗zg‗alish intensivligi hal qiluvchi rol' uynashi aniqlandi. Masalan, 
tajribadan oldin tuyg‗izilgan itda ovqatlanish shartsiz reflekslari susaygan bo`lib, 
shartli refleks miqdori shunga yarasha kamayadi. 
Shartsiz ta`sirot kuchi doimo bir xilda turganda shartli refleks miqdori signal 
ta`sirotning jismoniy kuchiga bog‗liq. Bu kuch qancha.ortiq bo`lsa, shartli refleks 
o`shancha kuchli bo`ladi. 
I. P. Pavlov shu ma`lumotlarga asoslanib, kuch nisbatlari qonunini ta`riflab 
berdi. Bu qonun shartli refleks miqdori shartli ta`sirot kuchiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
bog‗liq ekanligini ko`rsatadi. 
Ammo, "kuch qonun" faqat muayyan doirada amal qiladi –har qanday shartli 
ta`sirot uchun kuch chegarasi bor, bu chegaradan utgach ta`sirotni kuchaytirish 
shartli reaksiyaning susayishiga sabab bo`ladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling