Va oliy nerv faoliyati
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ini ishlashidagi tizimlilik
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miya po‘stlog‘ining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga shartli refleks yo`li bilan kuchishi.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ini ishlashidagi tizimlilik. Miya
po‗stlog‗idagi sintetik faoliyatning murakkab formalari dinamik stereotip, yoki sistemalilik tushunchalari bilan ifodalanadigan hodisalarda yaqqol kurinadi. It ustidagi tajribada kuch jihatdan har xil shartli reflekslarni vujudga keltiradigan har xil shartli ta`sirlovchilar kun sayin qat`iyan muayyan tartibda qo‗llanilsa, hayvonning katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ta`sirotlarning butun shu sistemasiga ko`rsatiladigan reaktsiyalarning muayyan stereotipi vujudga keladi. Qandaydir tajribada shartli ta`sirlovchilardan faqat birontasini takror ta`sir ettirib, bunga ishonish mumkin. Shartli ta`sirlovchi kuchli, kuchsiz yoki tormozlovchi ta`sirlovchi o‗rnida qullanilishiga qarab, effekti kuch jihatidan har xil bo`ladi (64-rasm). Miya po‗stlog‗i signalga muayyan andoza bilan, hosilbo`lgan dinamik stereotipga yarasha reaktsiya ko`rsatadi. Shartli signal yakka ta`sirlovchi sifatida emas, balki muayyan signallar sistemasining avvalgi va keyingi ta`sirotlar bilan bog‗langan bir elementi sifatida idrok etiladi. 1 -Metronom 2 - qo‗ng‗iroq 3- yorug‗‘lik 4- metranom deffek 5-Ton 75-rasm. Stereotip bilan qilingan tajribada (chapda) va faqat bitta ta`sirlovchini qo‘llanib qilingan tajribada (ungda) shartli reflekslarning miqdorlari. Faqat bir ta`sirlovchi-yorug‘lik qullanilganda shartli reflektor faoliyatning stereotipiyasi mustaxkam bo`lib vujudga keladi (E. A. Asratyandan). Ustunchalar balandligi shartli refleks miqdoriga mos keladi. Miya po‘stlog‘ining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga shartli refleks yo`li bilan kuchishi. Organizm yashaydigan tabiiy sharoitda ta`sirotlarni miya po‗stlog‗ida analiz va sintez qilish protsesslarida miya po‗stlog‗ining bir 315 faoliyatdan ikkinchi faoliyatga shartli refleks yuli bilan ko`chishi muxim rol o`ynashini E.A. Asratyan aniqladi. Buning mohiyati shundan iboratki, shartli ta`sirlovchining effekti shu ta`sirlovchi qo‗llanilayotgan sharoitga muayyan darajada bog‗liq bo`lib qolishi mumkin. Masalan tovush chiqaruvchi biron agent, masalan, minutiga 120 marta tebranadigan metronomni jaranglatish bilan birga ertalab hayvonga ovqat berilsa kunduzi esa oyog‗iga elektr toki bilan ta`sir etilsa, bunday ta`sirlovchi shartsiz ta`sirot bilan bir necha marta mustahkamlangan, kun vaqtiga (ertalabki yoki kundo`ziga) qarab har xil signal ahamiyatini kasb etadi - ertalab ovqatlanish shartli reaktsiyasini, kundo`zi esa, himoyalanish reaktsiyasini vujudga keltiradi. Kun vaqti shartli reaktsiya harakterini belgilab beruvchi, miya po‗stlog‗ini bir faoliyatidan ikkinchi faoliyatga kuchiruvchi omil bo`lib chiqadi. Eksperiment sharoiti yoki eksperimentatorning o`ziga aloqador to‗rli- tuman ta`sirlovchilar shunday kuchiruvchi omillar (pereklyuchetellar) bo`la olishi tajribalardan ma`lum.O‗chirgich-yoqgichlar qanday bo‗lmasin ruyrost effektni yuzaga chiqarmaydi, ular miya po‗stlog‗ining holati faqat spetsifik ravishdа o`zgartiradi: ba`zi vaqtincha aloqalarni tormozlaydi va boshqa vaqtincha aloqalarning qo‗zg‗aluvchanligini oshiradi. Tadqiqotning to‗rli sharoitida bir ta`sirlovchining o`zi (masalan, gudok tovushi) goh shartli signal bo`lib, goh tormozlovchi signal bo`lib ta`sir etishi mumkin. Miya po‗stlog‗i bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga kucha olgani uchun organizm muttasil o`zgaruvchi tashqi muhitga mukammalroq moslashadi.Odamning oliy nerv faoliyatida miya po‗stlog‗ining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga kuchishi ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Odam uyida, ishxonasida, mehmondorchilikda, teatrda, yo‗lda va boshqa joylarda ekanligiga qarab, bir xil ta`sirlovchilarga (bir so`zning o`ziga, bir narsaning o`ziga) turlicha reaktsiya ko`rsatish misollari kundalik hayotda son-sanoqsiz. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling