Va oliy nerv faoliyati
Shartli reflekslarning kechikishi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki tormozlanishning ahamiyati.
Shartli reflekslarning kechikishi. Shartli signal ta`sir eta boshlagan
shartsiz ta`sirlovchi (masalan, ovqat) qisqa vaqt oralig‗ida (1-5 soniyadan keyin) berilsa, shartli reflektor reaktsiya (masalan, so‗lak ajralishn) darxol yuzaga chiqadi. Shartli signal ta`sir eta boshlagach shartsiz ta`sirot bilan mustahkamlash sekin-asta 2-3 minut kechiktirilsa, shartli reflektor reaktsiya tobora ko`proq kechikа boshlaydi. Natijada shartli refleks 1-2 minutgacha kechikadi, shu tariqa bu refleks 311 shartli signalning ta`sir etib bo‗lishiga yaqin, shartsiz ta`sirotdan biroz ilgari namoyon bo`ladi (63-rasm). Shartli refleksning kechikishi ham ichki tormozlanish mexanizmiga asoslangan.Ichki tormozlanishning kelib chiqish sababi shuki, shartli signalning ta`siri dastlabki minutlarda shartsiz ta`sirot bilan mustahkamlanmaydi. Shuning uchun ta`sirlovchi dastlabki minutlarda tormozlovchi signal ahamiyatiga va shundan keyingina ijobiy signal ahamiyatiga ega bo`ladi. Ichki tormozlanishning ahamiyati. Ichki tormozlanishning kashf etilishi barcha shartli signallarni ikki kategoriyaga: shartli reaktsiyani вужудgа keltiruvchi, ijobiy shartli signallar va shartli tormozlanishni vujudga keltiruvchi, salbiy shartli signallarga ajratish imkonini berdi. Organizmning moslanish faoliyatida shartli tormozlanishning ahamiyati juda katta.Ichki tormozlanish kelib chiqmagan taqdirda, shartsiz ta`sirlovchilar bilan mustahkamlanmay qo‗yilgan yoki hech qachon mustahkamlanmagan, ammo mustahkamlanuvchi ta`sirlovchilarga uxshaydigan har xil ta`sirotlarga javoban organizm bir talay ortiqcha, biologik jihatdan nomaqbo‗l reaktsiyalarni yuzaga chiqargаn bo‗lur edi. 74-rasm. Kechiquvchi refleks hosil qilishning turli boskichlarida himoyalanish shartli harakat refleksining kimogrammalari (I. S. Beritovdan). Chap tomondagi kimogramma kechiquvchi refleksni hosil kila boshlashda olingan; shartli ta`sirot berila boshlagach 3-4 sekunddan keyin kechiquvchi refleks vujudga keladi. Ung tomondagi kimogramma shunga o‘xshash tajribalarning I-kunida olingan. Kechiquvchi refleks yakkol kurinadi it oyoq harakatlarining yozuvi; 2 - shartsiz ta`sirot belgisi; 3 - shartli ta`sirot belgisi;4 - vaqt belgisi. 312 Tormozlanish tufayli organizm reaktsiyalari tashqi sharoitga ancha yaxshiroq mos keladi, organizm muhitga mukammalroq moslashadi. Yagona nerv jarayonining namoyon bo`ladigan ikki formasi - qo‗zg‗alish va tormozlanishning birgaligi va o`zaro ta`sir etishi organizmning harxil murakkab vaziyatda yo‗l topa bilishi (orientirovka) ga imkon beradi, ta`sirotlarni analiz va sintez qilishshartlari hisoblanadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling