Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davriy sutkali uyqu
Uyqu turlari. Uyquning bir necha turi bor: 1) davriy sutkalik uyqu; 2)
davriy mavsumiy uyqu(hayvonlarning qishki yoki yozgi uyqusi); 3) turli ximiyaviy yoki fizik agentlar ta`sirida kelib chiqadigan narkotik uyqu;4) gipnotik uyqu; 5) patologik uyqu. Uyquning dastlabkl ikki turi fiziologik uyqu turlari, qolgan uch turi esa organizmga maxsus nofiziologik ta`sirlar oqibati hisoblanadi. Masalan, narkotik uyqu efir yoki xloroform bug‗larini nafasga olish, organizmga alkogol morfin va boshqa ko`pgina zaxarlarni kiritish, elektr toki bilan uzluksiz ta`sir etish (elektronarkoz) va boshqa ko`pgina ta`sirlar natijasida yuzaga chiqishi mumkin. Patologik uyqu etiologiyasi va belgilari jihatidan bir necha tur xillarga ajratilishi mumkin. Miya anemiyasida, ya`ni uning qon ta`minoti etarli bo`lmaganda, miya kesilganda, katta yarim sharlarda o‗sma paydo bo`lganda yoki miya stvolining ba`zi qismlari zararlanganda patologik uyqu ro‗y beradi. Ko`pincha patologik uyqu uzoq vaqt - ko`p kunlar, haftalar, oylar va hatto yillar mobaynida ko‗zatilishi mumkin. Patologik uyqu vaqtida muskullar tonusi pasayishi, shuningdek ko‗tarilishi mumkin. Gipnotik uyqu katta diqqatga sazovor bo`lib, vaziyatning gipnozlovchi, uxlatuvchi ta`sirida va uyquga extiyoj borligini ishontiradigan gipnozchining harakatlari ta`sirida vujudga kelishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida kishi tevarak- atrofdagi olam bilan qisman aloqa qilib, sensomotor faoliyat saqlangani holda miya po‗stlog‗ining ixtiyoriy aktivligi yukmishi mumkin. Gipnotik uyquvaqtida 326 muskullar sistemasining nerv markazlari haddan tashqari susayish, tormozlanish holatida, shuningdek qo‗zg‗alish holatida bo`la oladi. Davriy sutkali uyqu. Voyaga etgan odamda uyquning monofazali tipi (sutkasiga bir marta) yoki kamdan-kam hollarda difazali (sutkasiga ikki marta) tipi ko‗zatiladi; bolada uyquning polifazali tipi uchraydi. Yangi tug‗ilgan bolaning sutkalik uyqusi hammasi bo`lib 21 soatgacha boradi; bola olti oylikdan bir yoshigacha sutkada. 14 soatcha, 4 yoshida 12 soat, 10 yoshida 10 soat uxlaydi. Voyaga etgan kishi bir sutkada o`rta hisob bilan 7-8 soat uxlaydi. Keksalik davri yaqinlashgan sayin uyqu birmuncha kamayadi. Uzoq vaqt - 3-5 sutka mobaynida tamomila uyqudan qolish tufayli uyquga extiyoj tug‗iladi, bu uyqu istagini ixtiyoriy ravishda qaytarib bo`lmaydi: faqat o‗tkinchi kuchli ta`sirotlar, masalan, igna sanchish yoki elektr tokini ta`sir ettirish yo`li bilangina uyqu kelishiga to‗sqinlik qilishi mumkin. Odam 60-80 soat uyqudan qolganda psixik reaktsiyalar tezligi kamayadi, aqliy ishdan tez charchaydi va bu ishni aniq bajara olmaydi. Surunkali uyqusizlikda vegetativ funktsiyalar aytarli o`zgarmaydi, gavda temperaturasi faqat ozgina kamayadi va tomir urishi biroz sekinlashadi. 40-80 soat uyqudan qolishda fiziologik yoki ob‘ektiv psixologik metodlar bilan qayd qilinadgan ozgina o`zgarishlarga qaramay, sub`ektiv sezgilar juda og‗ir bo‗lishidir. Organizmning uyqu vaqtidagi reaktsiyalarini va uyg‗onish uchun qo‗llaniladigan ta`sirotning kuch bo‗sag‗asini tekshirib, uyg‗onish turli paytlaridagi chuqurligini tasavvur qilish mumkin Uyqu chuqurligi dastlabki 2-3 soatda maksimal darajada bo`lib keyin sekin-asta kamayadi. Ba`zi kishilarda uyquning 6-7 soatida uyqu chuqurligi yana kuchayadi. Turli ta`sirotlarga javoban ro‗y beruvchi reaktsiyalarni va uyqu chuqurligini ko‗zatish shuni ko`rsatdiki, normal davriy uyqu vaqtida muayyan ta`sirotlarga javoban ro‗y beruvchi reaktsiyalar va po‗stloq, faoliyatining ba`zi turlari saqlanishi mumkin. Bu xodisa juz`iy siyraklik deb ataladi. Organizm reaktivligi qaysi ta`sirotlarga javoban saqlansa va qaysi ta`sirotlar uyg‗onishni tez vujudga keltirsa, muayyan individium uchun qanday bo`lmasin maxsus diqqatga sazovor signallar o`shа tasurotga kiradi. Uyqu vaqtida miya po‗stlog‗ining juz`iy siyraklik misollarini bola salgina ingrashi bilan uyg‗onadigan, ammo kuchliroq boshqa tovushlarga parvo qilmaydigan onada, telefon jiringlashi bilan o‗ygonadigan navbatchida, signal trubasida "tuplaning" kuyi chalinganda uning tovushini eshitish bilanoq sakrab turuvchi harbiy xizmatchida ko‗zatish mumkin. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling