Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Uyqu nazariyalari. I. P. Pavlov Uyquning muntazam nazariyasini 
ishlabchiqdi. Bu nazariyaga muvofiq uyqu va ichki tormozlanish - ikkalasi bir 
protsessdir. Pavlov ta`limotiga ko‗ra, uyqu katta yarim sharlar po‗stlog‗ini 


327 
egallagan va po‗stloq, ostidagi tugunlarga, oraliq miyaga, o`rta miyaga tushgan, 
keng tarqalgan, irradiatsiyalangan tormozlanishdir. 
Har xil shartli tormozlovchi ta`sirotlar takror qo‗llanilganda it mudrab qolib, 
bir qancha hollarda chuqur uyquga ketishini, ayni vaqtda muskullar to‗la 
bo`shashuvini ko`rsatib bergan tajribalar shunday xulosaga olib keldi. 
Fiziologik 
uyqu 
vaqtida 
va 
shartli 
tormozlanishda 
elektroentsefalogrammaning o‗zgarishlarini taqqoslab ko‗rish bu protsesslarning 
tabiati bir degan taxminning to‗g‗riligini tasdiqladi.Fiziologik uyquda ham, shartli 
tormozlanishda ham miya po‗stlog‗ining ishlash ritmi ancha susayadi. Tafovut 
faqat shundaki, shartli tormozlanishda miya po‗stlog‗ining shu shartli refleksni 
yuzaga chiqarishga bevosita aloqador bo`lgan muayyan sohalaridagi ritmlar 
susayadi, uyqu vaqtida esa sust to‗lqinlar aktivligi butun yarim sharlar po‗stlog‗ini 
egallaydi. 
Uyqu nerv hujayralarini toliqtiruvchi ta`sirlardan saqlab, muhim muxofaza 
rolini o‗ynaydi. Miya po‗stlog‗ining nerv hujayralarida shunday muxofazaga 
zarurat kelib chiqishining sababi shuki, ular uzluksiz ravishda aktivlik xolatida 
bo`lib, ayni vaqtda energiyaga boy fosforli birikmalar, oqsillar va aminokislotalar 
parchalanadi. 
harakat 
aktivligi 
natijasida 
ionlar 
muvozanati 
o`zgaradi 
(protoplazmada ionlari tuplanib, ionlari yo‗qoladi), buning oqibatida tinchlik 
potentsiali, qo‗zg‗aluvchanlik darajasi, sinaptik potentsiallar amplitudasi, harakat 
potentsiallari va shunga o‗xshashlar o`zgaradi. 
Davriy uyqu ya`ni katta yarim sharlar po‗stlog‗i va uning ostidagi oliy nerv 
markazlarining sidirg‗a torzmozlanishi ularning kelgusi faoliyati tiklanishini 
ta`minlaydi.Hayvonlar va odamda tormozlovchi shartli signallar ta`sirida kelib 
chiqadigan uyquni I. P. Pavlov aktiv uyqu deb atadi, uni katta yarim sharlar 
po‗stlog‗iga afferent impulslar kelmay quyishi yoki juda kam kelishi natijasida 
kelib chiqadigan passiv uyquga qarshi qo‗ydi. 
Siyraklik holatining davom etishida afferent impulsatsiyaning ahamiyatini I. 
M. Sechenovning o`ziyoq, to‗la ko‗rsatgan. U sezgi organlarining ko`p qismi 
zararlangan bemorlarda uzoq uyquning boshlanishini ko`rsatuvchi misollarni 
klinik praktikadan keltirib, hozirgina aytilgan faktni asoslab bergan. Masalan, 
Shtryumpel klinikasida bir bemorning hamma sezgi organlaridan faqat bir ko`zi 
bilan bir qulog‗i ishlardi. Ko`zi ko‗rib, qulog‗i eshitib turganda bemor uxlamasdi. 
Ammo vrachlar bemorning tashqi olam bilan aloqa qiladigan birdan-bir yo`li - bir 
ko`zi bilan bir qulog‗ini yopib qo‗yishgan hamono u uxlab qolar edi. S. P. Botkin 
klinikasida ko‗zatilgan bir bemorning hamma sezgi organlaridan faqat bir qo‗lining 
tuyg‗u retseptorlari va muskul sezgisi retseptorlari ishlardi. Shu bemor sutkaning 
aksari vaqtida uxlab yotar va qo‗liga tegilgandagina uyg‗onib ketar edi. 


328 
Uchta asosiy analizator: ko‗ruv, eshituv va hid biluv analizatorlarining 
periferik bo‗limlari operatsiya qilinib yemirilsa, hayvonlar ham uxlab qolishi 
keyinchalik ko`rsatib berildi. V. S. Galkin itning ko‗ruv va hidlov nervlarini 
qirqib qo‗ydi.Ichki quloqning ikkala chig‗anog‗ini yemirib tashladi. It shunday 
operatsiadan keyin sutkasiga 23 soatdan ortiq uxlab yotdi. Qorni ochganda yoki 
to‗g‗ri ichak bilan qovuq retseptorlaridan impulslar kelgandagina qisqa vaqt 
uyg‗onib turdi. 
Ba`zi tadqiqotchilar va fizologlar tomonidan ilgari surilgan uyqu markazi 
nazariyasi I. P. Pavlov nazariyasiga qarshi quyildi. Mushuk miyasidagi stvol 
qismining oldingi bo‗limlariga elektr toki bilan ta`sir etib, muayyan nuqtalarning 
ta'sirlanishi natijasida uyqu kelishini aniqlagan V. Gessning ko‗zatishlari uyqu 
markazi nazariyasining asosiy dalilidir. V. Gess kalla suyagini teshib, katta yarim 
sharlar orqali oraliq miyaning orqadagi qismiga ingichka elektrodlar kiritgan. 
Ko`pgina tajribalarda elektr toki bilan ta`sir etish natijasida mushuk uxlab qoladi. 
Uyqu normal uyqudan hech bir farq qilmas edi. Hayvon bir necha minut 
aylanib yurib, yotgani joy tanlar va normal mushuk singari xurillab turib, uxlab 
qolar edi. Ta`sirot to‗xtagach, uyqu yana bir necha vaqt davom etardi. Yot kuchli 
ta`sirotlar uyquni buza olar va oraliq miyaga quyilgan elektrodlar orqali 
o‗tkazilgan elektr toki yana uyqu keltirar edi. 
Gessning ma`lumotlari nevropatologlarning ko‗zatishlariga va letargik 
entsefalitdan o‗lgan kishilarning bosh miyasini gistologik metodlar bilan tekshirish 
natijalariga to‗la mos tushar edi. Uyqu buzilishi, ya`ni ko`p kunlik patologik uyqu 
yoki patologik siyraklik letargik uyqu kasalligiga harakterlidir. Bosh miya 
zararlanishning gistologik manzarasini tekshirgan Ekonomo patologik uyqu bilan 
davom etuvchi entsefalitda miya III qornichasining orqa devorida va Silviy suv 
yo`lining devorlarida, ya`ni oraliq miya bilan o`rta miya chegarasidagi sohada ro‗y 
bergan o`zgarishlarni aniqlagan. Ekonomoning fikricha, uyquni boshqaruvchi 
markaz xuddi shu sohada joylashgan.Uyqu markazidan oldingi tomondagi sohani 
Ekonomo siyraklik markazi deb hisoblagan. Bu markaz zararlanganda patologik 
siyraklik holati ro‗y beradi. 
Retikulyar formatsiyaning funktsional ahamiyati oydinlashtirilgach va katta 
yarim sharlar po‗stlog‗i bilan retikulyar formatsiya o`rtasidagi o`zaro ta`sir 
aniqlangach yuqorida aytilgan faktlarning hammasi yangicha izohlandi. O`rta 
miyaning retikulyar formatsiyasi va talamusning nospetsnfik yadrolari orqali katta 
yarim sharlar po‗stlog‗iga keladigan afferent impulslar po‗stloq neyronlarini 
aktivlashtiradi va miya po‗stlog‗ida aktiv siyraklik holatini saqlab qoladi.
Retikulyar formatsiyani yemirish yoki ba`zi narkotik moddalar, masalan, 
barbito‗ratlar bilan ta`sir etib, retikulyar formatsiyani zaharlab quyish natijasida 
afferent impulslar kelmay qolish sababli chuqur uyqu kelib chiqadi. Miya 


329 
stvolining retikulyar formatsiyasini esa, uz navbatida, katta yarim sharlar po‗stlog‗i 
uzluksiz tonus holatiga keltiradi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i bilan retikulyar formatsiya o`rtasida doiraviy 
bog‗lanish borligi, aftidan, normal uyquning kelib chiqish mexanizmida muhim rol 
o‗ynaydi.Darhaqiqat, katta yarim sharlar po‗stlog‗ining retikulyar formatsiyani 
tonus holatiga keltiruvchi qismlarida tormozlanish protsessining avj olishi tufayli 
retikulyar formatsiyaning ko‗tariluvchi aktivlashtiruvchi ta`siri susayishi 
mumkin.Buning natijasida esa butun miya po‗stlog‗ining aktivligi kamayadi. 
Shunday qilib, miya po‗stlog‗ining cheklangan bir sohasida kelib chiqqan 
tormozlanish protsessi butun katta yarim sharlar po‗stlog‗ida tormozlanish holatini 
vujudga keltira oladi. 
Odamning normal fiziologik uyqusi hamisha yarim sharlar po‗stlog‗ida 
tormozlanish protsessining ro‗y berishiga bog‗liq Po‗stloq hujayralarining uzoq 
ishlab charchashi, shuningdek tevarak-atrofdagi sharoitning bir xilligi, ya`ni bir xil 
ta`sirlovchilarning uzoq vaqt monoton ta`sir etishi miya po‗stlog‗ining 
tormozlanishiga sabab bo`la oladi. Odam o‗rniga yotganda harakat aktivligining 
kamayishi ham uyquning kelib chiqishida muhim rol o‗ynaydi. Odam o‗rniga 
yotganda retikulyar formatsiyani va miya po‗stlog‗ini aktivlashtiruvchi afferent 
impulsatsiya kamayadi. 
Talamusning ba`zi bir nospetsifik yadrolaridagi neyronlarning maxsus 
gruppalari uyquning kelib chiqishida muhim rol uynashi so‗nggi yillarda ko`rsatib 
berildi.Bu neyronlarning qo‗zg‗alishi sababli po‗stloq ritmlari susayib (sinxron 
bo`lib) qoladi, ritmlarning susayishi esa siyraklik holatidan uyquga o‗tish uchun 
harakterlidir. Talamus retikulyar formatsiyasining ana shu neyronlari o`rta 
miyaning ko‗tariluvchi aktivlashtiruvchi retikulyar formatsiyasi bilan antagonistik 
munosabatda bo‗ladi, chunki o`rta miyaning retikulyar formatsiyasi po‗stloq 
ritmlarini desinxronizatsiya qilib,uyg‗onishga sabab bo`ladi. Gess tajribalarida 
talamus retikulyar formatsiyasining yuqorida aytilgan neyronlari quzg‗alganligi 
oqibatida hayvonlar uxlab qolardi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling