Va oliy nerv faoliyati
Shartli reflektor faoliyatining patologik buzilishi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Shartli reflektor faoliyatining patologik buzilishi. I. P. Pavlov shartli
reflektor faoliyatning asosiy qonuniyatlarini aniqlab, bu faoliyatning buzilishini ham urgandi. Oliy nerv faoliyatining eksperimental patologiyasi asoslari shu tariqa yaratilgan, bu esa psixiatriya va klinik nevrologiya uchun ayniqsa muhimdir.Ko`pgina zaharlardan birdaniga yoki surunkasiga zaharlanish, yuqumli kasalliklar, turli organlar funktsiyasining buzilishi, jumladan, qon aylanishi, nafas, ovqat xazm qilish,chiqarish organlari faoliyatining buzilishi, o‗qituvchi ta`sirotlar, endokrin bezlar faoliyatining o‗zgarishlari va shungа o‗xshashlar oliy nerv faoliyatining patologiyasiga sabab bo`la oladi. Eksperimental nevrozlar degan patologik holatlar alohida diqqatga sazovor. Ular katta yarim sharlar po‗stlog‗ining patologik holati bo`lib, nerv sistemasi yoki organizmning boshqa organlari shikastlanmasdan turib vujudga kelishi mumkin. Eksperimental nevroz oliy nerv faoliyatining funktsional buzilishidan iborat. Bosh miya faoliyati qiyinlashganda, nerv protsesslarini o‗ta zuriqtiradigan sharoitda eksperimental nevroz ro‗y berishi mumkin. Masalan, juda kuchli shartli va shartsiz ta`sirotlar qo‗llanilganda, murakkab va nozik differentsirovkalar hosil qilinganda (bir-biriga yakdi ikki tonii yoki bir-biriga uxshaydigan ikki shaklni differentsiallash), tormozlovchi signallar uzoq (bir necha minut) qo‗llanilganda va tormozlovchi ta`sirotdan shartli ta`sirotga tez utilganda ko`pincha eksperimental nevrozlar ko‗zatilgan. Oliy nerv faoliyatining patologik holati ko`pincha hayotga xavf tugdiruvchi vaziyat ro‗y berishi natijasida kelib chiqqan. A. D. Speranskiy kuzatgan eksperimental nevroz shu jihatdan ibratlidir. Leningraddagi katta toshqin vaqtida suvdan zarar ko‗rgan itda normal shartli reflektor faoliyat buzilgan: shartli reflekslarni tekshirish tajribasi vaqtida it ovqat yemay quygan va barcha shartli reflekslari yo‗qolib ketgan .Oliy nerv faoliyati faqat 2 oydan keyin birmuncha 320 normal holatga kelgan. Ammo, tajriba xonasiga suv oqimini quyish bilanoq shartli reflekslar yana buzilavergan. Jildirayotgan suvning tovushi va poldagi xalqobni ko‗rish toshqin vaqtida hayvonga ta`sir etgan shartsiz ta`sirovchilarning shartli segnallari bo`lib qolgan va shu sababli patologik holatning takrorlanishiga sabab bo`lgan. Eksperimental nevrozlar yo tormozlanishning susayishida, yo qo‗zg‗alishning susayishida yoki ikkala protsess harakatchanligining o`zgarishida namoyon bo`ladi. Tormozlanish protsessining kuchi kamayganda ta`sirotlarni differentsiallash buziladi, shartli reflekslar sunadi va kechikadi; qo‗zg‗alish protsessi susayganda esa shartli reflekslar miqdori kamayadi. Nerv protsesslari harakatchanligining o`zgarishi ularning yo inertligi (faoliyatsizligi) da, yoki haddan tashqari harakatchanligida, anchagina irradiatsiyaga moyilligida namoyon bo`ladi. Eksperimental nevrozlarda shartli signallar kuchi bilan shartli refleks miqdori o`rtasidagi nisbatlar ko`pincha harakterli ravishda o`zgaradi. Nevroz holati avj olaboshlaganda teng keluvchi faza ko‗zatiladi: turli kuchdagi ta`sirlovchilar taxminan teng reflektor javobni yuzaga chiqara boshlaydi. Bu fazadan keyin paradoksal faza keladi, unda shartli signal kuchi bilan shartli refleks miqdori o`rtasidagi normal nisbat buziladi: kuchli shartli signallar kuchsiz effektni, kuchsiz shartli signallar esa kuchli effektni yuzaga chiqaradi. Nevroz holati yanada avj olganda kuchli, shuningdek kuchsiz shartli signallarning effektlari juda ham susayadi (narkotik faza).Nihoyat, muayyan hollarda ultraparadoksal fazani ko‗zatish mumkin. Bu fazaning harakterli belgisi shuki, ijobiy shartli signallar tormozlovchi effekt beradi, tormozlovchi shartli signallar esa, aksincha, ijobiy shartli reaktsiyaga sabab bo`ladi. Baravarlovchi, paradoksal va ultraparadoksal fazalar ko`p kunlar va hatto haftalar davom etishi mumkin. Ba`zan nevroz holati barqaror bo`lganda shartli signallar kuchi bilan shartli refleks miqdori o`rtasidagi anormal nisbatlar surunkali (xronik) tus oladi. Siyraklik holatidan uyquga o‗tishda eksperimental nevroz bo`lmaganda ham ba`zan shunga o‗xshash hodisalar uchraydi. Ayni vaqtda itlar ustidagi tajribalarda ko`pincha shunday holatlar ko‗zatiladiki, ovqatlanish shartli refleksining sekretor komponenti saqlangani holda harakat komponenti tormozlanadi: shartli signalning ta`siriga javoban so‗lak chiqadi-yu, hayvonga hatto ovqat berilgandan keyin ham, u ovqat idishi sari harakatlanmaydi. Murakkab reaktsiyadagi ayrim komponentlarning shunday ajralib qolishi gipnozda ham qayd qilinadi. I. P. Pavlov gipnozga butun miya po‗stlog‗ini emas, balki uning katta bo`lagini o‗z ichiga olgan sun`iy (partsial) uyqu deb qaragan edi. Yuqorida sanab o‗tilgan fazalar N. E. Vvedenskiy kashf etgan parabioz fazalariga o‗xshash ekanligi e`tiborni jalb etadi. Ammo, bu o‗xshashlik faqat yuzaki o‗xshashlikmi yoki shartli tormozlanish bilan N. E. Vvedenskiy tasvir etgan 321 parabiotik tormozlanishning tabiati asos e`tibori bilan birligidan kelib chiqadimi, bu masala hali ravshan emas. Nevroz holatlari yo butun yarim sharlar po‗stlog‗ini yoki uning o‗ta zuriqqan va funktsional jihatdan susaygan ayrim qismlarini uz ichiga olishi mumkin. Miya po‗stlog‗idagi ayrim qismlarning funktsiyasi buzilgan taqdirda oliy nerv faoliyatining o‗zgarishlari ko‗ruv yoki eshituv, yoki terining muayyan retseptorlariga ta`sir etilgandagina aniqlanishi mumkin. M. K. Petrovaning ko‗zatishlariga qaraganda, chuqur nevroz holatlari somatik buzilishlarga, masalan, terining ekzematoz zararlanishiga, ba`zi umumiy kasalliklarning yomonlashuviga vа zuriqishiga sabab bo‗lishi mumkin. Oliy nerv faoliyatining buzilishi bir necha kun va haftalardan ko`p yillargacha ko‗zatilishi mumkin. Miya po‗stlog‗idagi patologik holatning chuqurligi va qanchadavom etishi uning sababiga va hayvonning individual xususiyatlariga - nerv sistemasining tipiga bog‗liq. Nerv protseeslarining o‗ta zuriqishi sababli hayvonda kelib chiqqan patologik holatlarni bartaraf qilish uchun dam beriladi, ya`ni shartli refleks tajribalari bir necha hafta yoki oylab to‗xtatib quyiladi va tajriba sharoiti yengillashtiriladi (buning uchun nevroz holatini vujudga keltirgan ta`sirotlar qo‗llanilmay turadi). Shartli reflektor faoliyatning buzilishini tuzatmoq uchun brom va kofein tuzlari dori moddalar sifatida ishlatilib, yaxshi natijalar olinadi. Natriy bromid tormozlanish protsesslarini, kofein esa qo‗zg‗alish protsesslarini kuchaytiradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling