Va oliy nerv faoliyati


Birinchi hamda ikkinchi signal sistemalari bilan po‘stloq, osti


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Birinchi hamda ikkinchi signal sistemalari bilan po‘stloq, osti 
to`zilmalarining o`zaro munosabati. Odam xulq atvorining harbir aktida 
neyronlararo aloqalarning uch gruppasi:1) shartsiz reflektor aloqalar; 2) birinchi 
signal sistemasining vaqtincha aloqalari; 3) ikkinchi signalsistemasining 
vaqtincha aloqalari ishtirok etadi. Shu aloqalarning hammasi shakllanadigan nerv 
strukturalari doimo o`zaro ta`sir etuvchi uchta instantsiyani tashkil etadi. 
Odamning xulq-atvori ikkala signal sistemasi hamda po‗stloq osti to`zilmalarining
birgalashib ishlash natijasi ekanligi xulq-atvorning fiziologik mexanizmlarini 
analiz qilishda ma`lum bo`ladi.
Ikkinchi signal sistemasi, I. P. Pavlov so`zlari bilan aytganda - "odam 
xulq-atvorining oliy regulyatori" birinchi signal sistemasidan ustun bo`lib, uni bir 
qadar bosib to‗radi. Shu bilan birga birinchi signal sistemasi ikkinchi signal 
sistemasining faoliyatini bir qadar kontrol qiladi. 
Ikkinchi signal sistemasining vujudga kelishi birinchi signal sistemasini sifat 
jihatidan o`zgartiradi. Ikkinchi signal sistemasining sotsial taqozasi borligi birinchi 
signal sistemasiga ham ta`sir etadi: odamda birinchi signal sistemasining 
reaktsiyalari ham sotsial muhitga anchagina bog‗liq. 
Birinchi va ikkinchi signal sistemalarining faoliyati praktikada tekshiriladi. 
Shartli reflektor reaksiyalar organizm yashab turgan tashqi sharoitga muvoffiq 
bo`lmasa, bu hol reaktsiyalarning qayta qurilishiga sabab bo`ladi, vaqtincha 
aloqalar o`zgaradi, muayyan shartli reflekslar tormozlanadi. Ikkinchi signal 
sistemasining funktsiyala-rida praktika kontroli ayniqsa muhim. So`z ish bilan 
mustahkamlanishi lozim, degan ma`lum ibora shundan kelib chiqqan. 
Ikkala signal sistemasining faoliyati, umuman miya yarim sharlari 
po‗stlog‗ining faoliyati po‗stloq, ostidagi to`zilmalar bilan murakkab munosabatda 
bo`ladi. Odam o`zining shartsiz reflektor reaktsiyalarini ixtiyoriy ravishda 
tormozlay oladi, uz instinktlari va emotsiyalarining ko`pgina kurinishlarini tuxtatib 
to‗ra oladi. Odam og‗rituvchi ta`sirotlarga javoban kelibchiqadigan ximoyalanish 
reflekslarini, ovqatlanish va jinsiy reflekslarni tuxtatib tura oladi. Shu bilan birga 
po‗stloq ostidagi yadrolar, miya stvolining yadrolari va retikulyar formatsiya miya 


338 
pustlog‗ining normal tonusini saqlab turadigan impulslarning manbalari 
hisoblanadi. 
Miya po‗stlog‗i bilan po‗stloq osti to‗qilmalarining o`zaro munosabatini 
noto‗g‗ri tushunish ba`zi olimlarning odam tafakkurlarida guyo miya po‗stlog‗i 
emas, balki guyo po‗stloq osti to`zilmalari etakchi rol o‗ynaydi, ya`ni odamning 
ongli faoliyat organi emas, balki instinktiv faoliyat markazlari etakchi rolo‗ynaydi, 
degan butunlay noto‗g‗ri xulosalarga olib keldi. 
Odamning psixik xayotida ongsiz instinktiv mayllar guyo etakchi rol 
o‗ynaydi, degan noto‗g‗ri tasavvurni asrimizning boshlarida avstriyalik psixiatr Z. 
Freyd bayon qilgan edi. Uning fikricha, ongsiz biologik mayllar (shu jumladan 
Freyd alohida ahamiyat bergan jinsiy instinkt) odam psixikasini anchagina belgilab 
beradi. Freydning fikricha, ana shu mayllar sotsial axloq talablariga zid bo`lib, ular 
bilan murosa qilolmaydi. Jamiyat a`zosi bo`lgan odam sotsial axloq talablariga 
buysunishga majbur.
Jinsiy instiiktni tuxtatib turish zarurati, Freydning fikricha, "sublimatsiyaga" 
olib keladi, ya`ni odam jamiyat manfaatlariga mos keluvchi aktivlikning boshqa 
formalariga: ishlab chiqarishdagi mexnatga, badiiy va ilmiy ijodiyotga, ijtimoiy 
faoliyatga o‗tadi. Freyd bu tasavvurlarga biologik tomon bilan sotsial tomon 
o`rtasidagi konflikt ideyasini asos qilib oladi. Shunga tayanib, Freyd kishilarda 
normal xulq-atvorning turli o`zgarishlarini izohlab berdi. Freydning xatosi shuki, u 
tabiiy, tug‗ma instinktlarning rolini haddan tashqari oshirib yuboradi, odamning 
ijtimoiy tarbiyasi bilan vujudga keladigan ongli tafakkurning ahamiyatiga etarli 
baho bermaydi, sotsial tomon bilan biologik tomonni noto‗g‗ri qarshi quyadi.
Patologik shaxslarda ongli tomon bilan instinktiv tomonning normal birligi 
(ong birlamchi ekanligiga asoslangan birlik) buzilganligi odam xulq-atvorini 
izohlashga asos qilib qushilishi mumkin emas. Freyd ta`limoti odam xulq-
atvorining ongli instinktiv komponentlari o`rtasidagi munosabatlarni fiziologik 
norma asosida emas, balki patologiya asosida ta`birlashga behuda urinishdir. 
Ikkinchi signal sistemasi etakchi rol o‗ynagani holda birinchi va ikkinchi signal 
sistemalari o`zaro bog‗liq degan Pavlov kontseptsiyasi, miya po‗stlog‗i etakchi rol 
o‗ynagani xolda miya po‗stlog‗i bilan po‗stloq, osti to`zilmalarining o`zaro ta`siri 
qatsidagi kontseptsiya Freydning tasavvurlari ilmiy jihatdan asossiz ekanligini 
ko`rsatib, ularni rad etadi. 
Po‗stloq osti to`zilmalarining rolini oshirib yuborishning yana bir formasi U. 
Penfildning "markaziy - entsefalik nazariyasidir. Miya stvolining retikulyar 
formatsiyasi ba`zi farmakologik preparatlar bilan zaharlab quyilsa, bu formatsiya 
miya po‗stlog‗iga aktivlashtiruvchi ta`sir etmay qo‗yadi va ong (xush) yo‗qolib, 
mudroq bosadi va uyqu keladi. Shunga asoslanib, Penfild bosh miyada tafakkur va 
ong har xil lokalizatsiyaga ega: tafakkur katta yarim sharlar pustlog‗‘ining 


339 
funktsiyasi, ong esa bosh miya stvolidagi "markaziy - entsefalik sistemaning 
funktsiyasidir, deb xulosa chiqaradi. Penfild uz nazariyasining asossiz ekanligiga 
ishonib, undan voz kechgan bo`lsa-da, bu nazariyaning baribir uz tarafdorlari bor.
Bu "nazariya"ning xatosi, birinchidan, shundan iboratki, u ongni tafakkurdan 
sun‘iy ravishda ajratib qo‗yadi. Ikkinchidan, retikulyar formatsiyadan miya 
po‗stlog‗iga aktivlashtiruvchi impulslar kelmaganda ong (xush) ning yo‗qolishi 
uning retikulyar formatsiya funktsiyasi ekanligidan mutloqo guvohlik bermaydi. 
Uyqu arteriyalari qisilganda ham bosh miya pustlog‗‘ining qonga yolchimay 
qolishi natijasida ong (xush) yo‗qoladi, ammo shunga asoslanib, ong 
uyquarteriyalariga bog‗liq, yoki qonda joylashgan, deb xulosa chiqarish hech 
mumkin emas. Ong, tafakkur katta yarim sharlar pustlog‗ining funktsiyalaridir, bu 
funktsiyalar yuzaga chiqishi uchun miya po‗stlog‗i, po‗stloq, osti to`zilmalari va 
retseptor apparatlarning jami yig‗indisi normal munosabatda bo‗lishi kerak bu esa 
organizm bilan tashqi muhitning adekvat o`zaro ta`sir etishini ta`minlaydi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling