Va oliy nerv faoliyati
Oliy nerv faoliyati xaqidagi ta`limot va psixologiya
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Oliy nerv faoliyati xaqidagi ta`limot va psixologiya. I. P. Pavlov 1902 yilda
oliy nerv faoliyatni tajribada tekshira boshlaganda shu faoliyatning qonuniyatlari hayvonlarda (Pavlov tajribalarida - itlarda) aniqlangach, odamning oliy nerv faoliya-tini tushunish uchun o`sha qonuniyatlardan foydalanishni maqsad qilib olgan edi. I. P. Pavlov 1903 yildayoq Madriddagi xalqaro meditsina kongressida shartli reflekslarga bag‗ishlab qilgan birinchi dokladi-da o`sha vaqtda g‗oyat uzoq tuyilgan shu maqsad to‗g‗risida gapirgan edi: "Olingan ob`ektiv ma`'lumotlarni fan tashqi belgilarning o‗xshashligi yoki ahamiyatiga asoslanib, sub`ektiv olamga ham ertami-kechmi olib utadi ..., degan edi. Ayni vaqtda I. P. Pavlov odam psixik faoliyatining g‗ayri tabiiy tabiati haqidagi idealistik tasavvurni dadil rad etdi. "Nato‗ralist uchun, - degan edi, u, - hamma gap metodda, qaqshamas darajada mustahkam haqiqatni topish imkoniyatlaridadi'r. Uning o`zi uchun majburiy bo`lgan faqat shu nuqtai nazardan jon nato‗ralistik printsip sifatida nato‗ralistga kerak bo‗lish u yoqda to‗rsin, uning dadil va chuqur analizini behuda cheklab, uning ishiga xatto zararli ta`sir ko`rsatgan bo‗lur edi. Voqelikni aks ettirish formalari taraqqiyotning turli bosqichlarida to‗rlichadir. Sezgilar, idroklar, tasavvurlarda uz ifodasini topadigan konkret-xissiy in`ikos soddaroqdir. Tashqi olamning abstrakt - umumlashtirilgan in`ikosi beqiyos murakkab bo`lib, tafakkurda, ya`ni odam miyasining abstraktlovchi ishi asosida vujudga keladigan tushuncha, muhokama, xulosalarda uz ifodasini topadi. Oliy nerv faoliyatni urganish tashqiolamning miyada aks etishga yordam beradgan ko`pgina fiziologik mexanizmlarni bilib olish imkoniyatini tug‗diradi. 343 Tashqi olam va organizmning holati birinchi signal sistemasi tufayli konkret- hissiy in`ikos etadi, sezgilar, idroklar tassavvurlar hosil bo`ladi. Nerv sistemasi bo`lgan hayvonlarda retseptorlarning qo‗zg‗alishi, nerv markazlariga nerv impul'slarining utishi va nerv markazlarning qo‗zg‗alishi sezgilarning fiziologik negizi hisoblanadi. Ayni vaqtda organizm retseptorlariga ta`sir etuvchi buyum xodisalarning ayrim xossalari to‗g‗risida signallar olib to‗radi. Nerv sistemasining rivojlanish protsessida sezgilarning mexanizmi murakkablashadi, shu bilan birga sezgilarning o`zi murakkab hamda nozik va aniq bo`lib qoladi. Voqealikni aks ettirishning boshqa hamma formalari, jumladan idrok va tasavvurlar sezgilar asosida kelib chiqadi. Sezgilarga qarama-qarshi o`laroq, idrok butun buyumni xossalar-ning Yig‗indisi sifatida aks ettirishdan iborat. Narsa yaxlit, bir butun va shu bilan birga bir qadar bo‗lingan xolda idrok etiladi. Bu kat-ta yarim sharlar pustlog‗‘ining analitik-sintetik faoliyatiga muqarrar bog‗liq. Buyum va xodisalarning turli xossalari idrok etilganda miya pustlog‗‘ining ko`p nuqtalari bir yo‗la qo‗zg‗aladi. SHuning natijasida ana shu nuqtalar o`rtasida vaqtincha aloqa vujudga keladi. Vaqtincha aloqalar hosil qilish imkoniyati nerv sistemasining evolyutsion taraqqiyot protsessida kelib chiqqan bo`lib, tashqi olamni aks ettirishning sifat jihatidan yangi formasini nishonlaydi. Vaqtincha aloqa - eng muhim fiziologik hodisa, shu bilan birga psixik xodisa hamdir, psixologiyada assotsiatsiya deb ataladigan xodisaning uzginasidir. Bir buyum yoki xodisaning o`zidan ko`p marta signallar olish asosida vaqtincha aloqalar vujudga keladi, shuning natijasida butun buyum yoki hodisaning o`ziga qanday reaktsiya ko`rsatilsa, o`shanday reaktsiya kelib chiqi-shi uchun buyum yoki xodisaning xossalaridan bir qismini sezish kifoya. Bu, miya po‗stlog‗ida qo‗zg‗alishning yoyilish (generalizatsiya) oqibatidir. Keyingi idroklar protsessida buyumning ayrim xossalari differentsiallanadi - bir- biridan ajratiladi. Murakkab idroklar shu paytda organizmga ta`sir etib to‗rgan kompleks ta`sirotlarning analiz va sintez qilinishiga bog‗liq,. Voqealikni konkret-xissiy aks ettirishning mukammalroq formasi tasavvurlardir. Bu holda ilgari organizmga ta`sir etgan buyum va xodisalarning konkret obrazlari vujudga keladi. Tasavvur - buyum yoki xodisani fazo-vaqt bog‗lanishida ta`riflab, obrazli aks ettirish demakdir. Tasavvurning kelishi - ilgari ta`sir etgan signallardan yarim sharlar po‗stlog‗ida qolgan izlarni analiz va sintez qilish natijasidir. Tasavvurlarning shakllanishi uchun fiziologik analiz va sintezning yuksak kurinishlari zarur. Voqealikni aks ettirishning bu formasi sistemalilik asosida, boshqacha aytganda, dinamik stereotipiya asosida vujudga keladi Tasavvurlar assotsiatsiyalarga va ularning zanjirlariga, ya`ni murakkabroq vaqtincha aloqalarga asos-lanadi. 344 Shuni aytib o‗tmoq kerakki, konkret-hissiy in`ikosga taalluqli ba`zi protsesslar odamdan kura hayvonlarda yaxshiroq rivojlangan bo‗lishi mumkin ... Ayrim ta`sirotlar - tovush, hidta`sirotlari hayvonlarda odamdagidan mukammalroq analiz qilinadi. hayvonlar, masalan, it bu ta`sirotlarni odamdan kura yaxshiroq differentsiallay-di, ya`ni bir-biridan ajratadi. Shu bilan birga ta`sirotlarni analiz va sintez qilishning yuksak formalari - kompleks ta`sirotlarni analiz va sintez qilish odamdan kura itda kamroq rivojlanganligini A. G. Ivanov-Smolenskiy va L. G. Voronin ko`rsatib berdilar. Hayvonlarda, hatto yuksak darajada-gi hayvonlarda konkret xissiy, obrazli inikosning faqat turli formalari bor. hayvon bevosita voqealikdan yiroqlasha olmaydi; abstraktsiya qila olmaydi. Buyum va xodisalarning moxiyati xaqida tushunchasi bo`lmaydi. I. P. Pavlov maymunlarda shartli reflokslar hosil qilish tajribalarining ko`p variantlariga asoslanib, ba‘zi qulay sharoitda shimpanze ko‗ruv obrazlarini analiz qila oladi, bu - maymunlardagi elementar tafakkurning nihoyasidir, deb hisoblanadi. I. P. Pavlovning shimpanze ustida qilgan klassik tajribasi yuksak darajadagi maymunlarda tafakkurning chegaralanganligiga misol bo`la oladi. Maymun xonaga yashikda banan quyildi. Yashik teshigining oldiga ut yoqib quyildi. Maymun bananni olish uchun krujkaga yonidagi bakdan suv tuldirib, utga sepishi kerak edi. Bu ish maymunga bir necha marta ko`rsatilgach, u ana shu malakani tez egalladi. Bu tajriba keyinchalik xovuz o`rtasida to‗rgan xolda ham takrorlandi. Suvli bak shu solga emas, qushni solga quyildi. Maymun utni uchirib, bananni olish uchun ne mashaqqatlar bilan qushni solga utib, undagi bakdan suv oldi. Sol atrofidagi suvdan foydalanish garchi osonroq bo`lsa ham, maymuning tasavvurida utni uchirish faqat bakdan suv olishga bog‗lik edi. Maymunda suv va uning xossalari xaqida tushuncha yo‗q. Maymun abstrakt va umumlashtirilgan tafakkurga qodir emas. Uning tafakkuri boshqa sut emizuvchi hayvonlarga nisbatan garchi mukammalroq bo`lsada, faqat obrazli tafakkurdir, bu tafakkur tevarak-atrofdagi olamning ayrim, yakka buyum va xodisalari xaqidagi tasavvurlar bilan chegaralangan. Odam psixikasi hayvonlarning primitiv psixikasidan asosan shu bilan farq qiladiki, odam uylab topilgan, aytilgan yoki yozilgan so`zlar bilan ifodalanuvchi abstrakt (mavhum) tushunchalar bilan fikrlay oladi. Ikkinchi signal sistemasining rivojlanishi tashqi olamni ''Obstrakt-umumlashtirib aks ettirishga imkon berdi. In`ikosning bu-formasi odamga tabiat hodisalarini bilish va ulardan foydalanishda hayvonlarga nisbatan juda katta fazilatlar beradi. Odamning voqealikni abstrakt- umumlashtirib aks ettirishining moddiy negizi - ikkinchi signal sistemasi odamni I. P. Pavlov ta`biri bilan aytganda, "voqealik egasi" qilib qo‗yadi.Oliy nerv 345 faoliyatining asosiy fiziologik qonuniyatlarini aniqlash tufayli fiziologik va psixologik tadqiqotlarni birlashtirish haqida masala qo‗yish mumkin bo‗ldi.Ikki signal sistemasi to‗g‗risidagi ta`limot voqealikning odam ongida aks etish fiziologik asoslarini ochib beradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling