Va oliy nerv faoliyati


Sezgilar va idroklarning tug‘riligi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Sezgilar va idroklarning tug‘riligi. Sezgi organlari tashqi olamning ob`ektiv 
realligini 
to‗g‗ri 
aks 
ettiruvchi 
axborotni 
markaziy 
nerv 
sistemasiga 
etkazgandagina inson tashqi muhit bilan adekvat o`zaro ta`sir etishi va tashqi 
muhitga yarasha faoliyat ko`rsatishi mumkin. Bu axborotning to‗g‗riligi, sezgi va 
idroklarning to‗griligi problemasi materialistik dunyoqarash bilan idealistik 
dunyoqarash o`rtasidagi keskin kurash ob`ekti bo`lib keldi. Bu problemani 
yechishga fiziologiya ma`lumotlari ham jalb qilindi. 
Sezgi organlari spetsifik energiyasi qonuni va fiziologik idealizm. 
Retseptorlarga adekvat ta`sirlovchilar, shuningdek noadekvat ta'sirlovchilar ta`sir 
etsa, xuddi shu retseptorning qo‗zg‗alishiga xos sezgi kelib chiqishini o‗tgan 
asrning boshlarida I. Myo‗ller aniqlagan. Ko‗zga urish yoki elektr toki bilan ta`sir 
etish natijasida yorug‗likning yalt etish (chaqnash) sezgisi kelib chiqadi, tilga 
elektr toki bilan ta`sir etilsa, nordon maza seziladi, sovuqsezuvchi nuqtalar hatto 
isiqdan ta`sirlanganda faqat sovuq seziladi va hokazo. I. Myo‗ller shu faktlarga 
asoslanib, sezgi organlarnning spetsifik energiyasi qonuni degan qonunni ta`riflab 
berdi. Bu qonunga kura harqanday adekvat, shuningdek noadekvat ta`sirotga 
javoban sezgi organi faqat uning o`ziga xos sezgilarni beradi". Bu da`vo noadekvat 
ta`sirlovchilarning adekvat ta`sirlovchilardek sifat jihatdan to‗rli-tuman va nozik 
sezgilarni vujudga keltirmasligini nazarga olmaydi. 
I. Myo‗ller o‗zi aniqlagan faktlarga idealistik ta`bir berdi. U sezgi organlari 
tashqi olamni bilishimizga yordam berolmaydi deb da`vo qildi, chunki har qanday 
ta`sirot odam organizmida ta`sirotni idrok etuvchi organga xos bo`lgan va 
ta`sirlovchi-ning xossalariga bog‗liq bo`lmagan protsesslarni yuzaga chiqaradi, 
deydi u. 


340 
Myo‗llerning fikricha, "reaktsiya harakteri aslida ta`srlovchiga emas, balki 
xayvon organizmiga jo bo`lgan energiyaga bog‗liq". Shu sababli biz biror narsani 
sezayot organimizda faqat o`zimizni sezamiz va sezgilarga asoslanib, tashqi 
olamning xossalari to‗g‗risida qanday bo`lmasin xulosa chiqarishgа mutloqo 
haqqimiz yuq. "Yorug‗lik, qorong‗ulik tovushlar, issiq,, sovuq, har xil hidlar va 
ta`mlar, xullas, besh sezgi a`zolari-miz bilan sezadiganimiz hamma narsa
- konkret narsalarning haqiqiy xossalari emas, balki sezgilarimnzning 
sifatlaridir", - Dendi Myo‗ller va tashqi olamni bilish mumkinligini va idroklarimiz 
tugriligini shu tariqa inkor etadi. 
Boshqa ba`zi fiziologlar Myo‗llerning shu qarashlarini quvvatlagan edilar, bu 
qarashlar L. Feyerbax tomonidan "fiziologik idealizm" deb atalgan filosofik 
oqimning pando bo‗lishiga olib keldi.Bu oqimning namoyandalari soxta 
gnoseologik pozitsiyalarda turib o‗zlarining idealistik tasavvurlarini fiziologik
faktlar bilan asoslashga urindilar. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling