Va oliy nerv faoliyati
Ikkinchi signal sistemasining funktsiyalarida miya po‘stlog‘idagi turli
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Ikkinchi signal sistemasining funktsiyalarida miya po‘stlog‘idagi turli
zonalarning ahamiyati. "Dinamikani strukto‗raga tug‗ri keltirish", boshqacha aytganda, markaziy nerv sistemasi faoliyatining muayyan kurinishlarida har xil. nerv strukturalarining ahamiyatini aniqlash fiziologiyaning muxim vazifalaridan biri deb hisoblagan edi I. P. Pavlov. Bu vazifani hal etish ikkinchi signal sistemasiga kelganda g‗oyatda muhim vazifadir. Bu masalada bir necha nuqtai nazar bor. Bir chekka nuqtai nazar - psixomorfologik oqim tarafdorla'rining faraz qilishicha, odam intellekti bilan bog‗langan oliy nerv funktsiyalarining turli kurinishlari miyaning muayyan qismlarida joylashgan. Masalan, ba`zi avtorlar yaqindagina bosh miya po‗stlog‗ining "funktsional kartalari"ni to`zishgan va psixik faoliyatining "aktiv tafakkur", "son tasavvurlari" kabi kurinishlarini va hatto"shaxsiy, sotsial va diniy "Men" larini miya po‗stlog‗ining turli qismlariga joylashtirishgan edi. Ikkinchi chekka nuqtai nazar oliy nerv faoliyatining eng murakkab kurinishlarini va ikkinchi signal snstemasining funktsiyalarini muayyan nerv strukturalariga bog‗lash mutlaqo mumkin emas deydi. Bu tasavvurga kura, xulq- atvorning harqanday murakkab aktida umuman butun miya po‗stlog‗i qatnashadi. Ikkala nuqtai nazar xatodir. Avvalo, ikkinchi signal sistemasining funktsiyalarida bosh miya chap va ung yarim sharlarining ahamiyati birday emasligini ko`rsatib o‗tmoq kerak. Aksari kishilar (unаqаyлар)dа bosh miyaning chap yarim shari ustun turadi va muayyan qismlari shikastlanganda, jaroxatlanganda, qon quyilganda yoki o‗smadan zararlanganda nutq funktsiyalari, tanib olish va maqsadga muvoffiq ish kurish funktsiyalari, ya`ni odamga xos, ikkinchi signal sistemasi bilan bog‗langan funktsiyalar buziladi. Chapaqaylar miyasining ung yarim shari chap yarim sharidan ustun bo`ladi, ularning ung yarim shari shikastlanganda yuqoridagi kabi hodisalar ko‗zatiladi. Bu faktlar ikki yoqlama diqqatga sazovordir; birinchidan, ular ikkinchi signal sistemasining funktsiyalarida bir yarim sharning ahamiyati kattaroq ekanligini ko`rsatadi; ikkinchidan, ular bir yarim sharning ko`proq ahamiyatga ega ekanligi mehnat faoliyatida katta rol o‗ynaydigan qulga qandaydir bog‗liq ekanligini ko`rsatadi. Ikkinchi signal sistemasi normal ishlashi uchun miya po‗stlog‗ining keng zonalari kerak.Ammo, ikkinchi signal sistemasining faoliyatida miyaning ba`zi 335 qismlari kattaroq rol o‗ynashi shubhasiz. Nutq so`zlarning ma`nosini tushunish, ularni aytish, buyumlarni tanib, maqsadga muvoffiq ish kurish, ish natijasini oldindan bilish bilan bog‗langan murakkab funktsiyalar yuzaga chiqishi uchun dinamik jihatdan vujudga keluvchi murakkab nerv strukturalari, ya`ni miya pustlog‗ining birgalashib ishlovchi ko`p apparatlari kerak Ana shu apparatlar juda ko`p neyronlar va ularning zanjirlaridan iborat "burjlarni", ya`ni funktsional sistemalarni hosil qiladi. Miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ida faqat birinchi yoki faqat ikkinchi signal sistemalariga taalluqli nerv elementlari anatomiya nuqtai nazariyadan bir-biridan chegaralanmaganligini nazarda tutmoq kerak. Odamda buyumni tanib olish, maqsadga muvofiq ish kurish va nutq funktsiyalari ko`proq buziladi, ularni anatomiya-klinika nuqtai nazardan ko‗zatish ikkinchi signal sistemasi nerv strukturalarining lokalizatsiyasini aniqlashda asosiy metod hisoblanadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling