Amaliy mashgʻulot
12-MAVZU: BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1: Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.
Bank –
Bank balansi –
Ipoteka banklari –
Investitsion banklar –
Ixtisoslashgan banklar –
Jamg‘arma banklari –
Universal banklar -
Topshiriq №2: Savollarga javob bering.
1. Pul xo‘jaligining yuzaga kelishi va pullarni saqlash uchun maxsus muassasalarning zarurligi deganda …?
2. Pul xo‘jaligining nomarkazlashuvi va uning shakllarini kengayishi bu - ?
3. Dastlabki banklarning paydo bo‘lishi va ularning operatsiyalari bu -?
4. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari bu-?
5. Universal tijorat banklari deganda … ?
6. Ixtisoslashtirilgan banklar deganda … ?
7. Ulgurji banklar deganda … ?
8. Chakana banklar deganda … ?
9. Investitsion banklar deganda … ?
10. Bank tizimi va uning elementlari bu - ?
11. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi bu - ?
Topshiriq №3: Testlar
1. O’zbekistonlik iqtisodchilar prof. A.Omonov va prof. T.Qoralievlar tomonidan banklarning dastlabki ko‘rinishlari nechanchi asrda Angliyada vujudga kelganligi ta’kidlanadi?
a) XV
b) XI
c) XVI
d) XIII
2. Qayerda XVI asrga kelib jirobanklar vujudga keldi?
a) Parij va Florensiya
b) Florensiya va Berlin
c) Venetsiya va Afina
d) Florensiya va Venetsiya
3. O’zbekistonlik iqtisodchilar prof. A.Omonov va prof.T.Qoralievlar tomonidan birinchi Markaziy bank Stokgolmda qachon paydo bo’lgan?
a) 1650
b) 1660
c) 1655
d) 1694
4. Mulkiy jihatdan banklarning qanday turlari mavjud?
a) xususiy bank, qo’shma bank, ixtisoslashgan bank
b) aksiyadorlik bank, qo’shma bank, universal bank
c) universal bank, investitsion bank
d) davlat bank, aksiyadorlik bank, xususiy bank, qo‘shma bank
5. Mamlakatimizdagi qaysi banklar davlat banklari hisoblanadi?
a) Xalq bank, Milliy bank, O’zsanoatqurilish bank
b) Xalq bank, Milliy bank, Asaka bank
c) Asaka bank, Qishloq qurilish, Agro bank
d) Asaka bank, Orient Finans, Agro bank
6. Banklarning bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan qanday turlari mavjud?
a) ochiq va yopiq
b) yuridik va jismoniy
c) emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg‘arma
d) davlat, xalqaro
7. Investitsion banklar – bu?
a) asosiy faoliyati depozit jalb qilish
b) asosiy faoliyati kredit berish
c) asosiy faoliyati valyuta sotish va sotib olish
d) asosiy faoliyati qimmatli qog‘ozlar
Do'stlaringiz bilan baham: |