Mavzu: Boshqaruv jarayoni (mahsus bilimlarni jalb etuvchi) inson faoliyatining eng murakkab aqliy shakli sifatida


Download 122 Kb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi122 Kb.
#1446689
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза




Mavzu: Boshqaruv jarayoni (mahsus bilimlarni jalb etuvchi) inson faoliyatining eng murakkab aqliy shakli sifatida.

Mashg‘ulot turi Ma’ruza ; ajratilgan vaqt_____2______soat.


Mashg‘ulotning maqsadi: Tinglovchi va kursantlarga бошқарув жараёнида ижтимоий тизимлар ва амал қилиш муҳити ўртасида ахборот алмашуви юз беради. Муҳит ҳамда бошқарув ижтимоий тизимларининг ўзидаги доимий ўзгаришлар бошқарув тизимларини бошқариладиган объектларга узлуксиз равишда у ёки бу тарзда таъсир кўрсатишга ундайди. Бошқарув жараёнининг узлуксизлиги унинг даврий хусусиятга эга бўлишига, яъни бошқариш таъсирларининг доимий равишда қайта бошланишига, бошқарув циклининг барча босқичлари такрорланишига олиб келиши to‘g‘risida tushunchalar berish.


O‘quv savollari:


1. Qonuniylik va intizom. Boshqaruv jarayoni.
2. Ijtimoiy boshqaruvning umumiy prinsiplari.
3. Boshqaruv qarorining maqbul(optimal)ligi.


BOSHQARUV JARAYONINING MAZMUNI VA BOSHQARUV PRINSIPLARI


Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarining maqsadlari, ular bilan bog‘liq vazifalar va funksiyalar Boshqaruv jarayonida amalga oshadi.
Boshqaruv jarayoni Boshqaruv sub’ektining Boshqaruv usul va vositalarini boshqarish maqsadlariga erishishga qaratilgan tegishli tartib va operatsiyalar orqali amalga oshirishidir. Uning mazmuni quyidagilar orqali ochib beriladi:

  • Boshqaruv jarayonining tartibi (protseduralari);

  • operatsiyalar va ularning bosqichlar bo‘yicha taqsimlanishi;

  • operatsiyalarni amalga oshirish vositalari;

  • operatsiyalarni amalga oshirish usullari.

Boshqaruv jarayonida ijtimoiy tizimlar va amal qilish muhiti o‘rtasida axborot almashuvi yuz beradi. Muhit hamda boshqaruv ijtimoiy tizimlarining o‘zidagi doimiy o‘zgarishlar boshqaruv tizimlarini boshqariladigan ob’ektlarga uzluksiz ravishda u yoki bu tarzda ta’sir ko‘rsatishga undaydi. Boshqaruv jarayonining uzluksizligi uning davriy xususiyatga ega bo‘lishiga, ya’ni boshqarish ta’sirlarining doimiy ravishda qayta boshlanishiga, boshqaruv siklining barcha bosqichlari takrorlanishiga olib keladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarining biror maqsadga erishishi yoki muayyan vazifani hal qilishi doimo yangi vaziyatni keltirib chiqaradi, ya’ni tegishli boshqarish ta’sirlari ko‘rsatilishini talab etadi. Davriylik boshqaruv jarayonining ob’ektiv xususiyatidir, chunki sub’ekt va ob’ekt o‘rtasidagi axborot almashuvi “buyruq –javob” sxemasi bo‘yicha amalga oshadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish, aholi punktlarida, boshqa hududlar va ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini talab darajasida saqlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari tomonidan yong‘in nazoratini tashkil etish va amalga oshirishvazifasi nafaqat uzluksiz bajariladi, balki uning uzoq vaqt hal qilib borilishini taqozo etadi. Shunday qilib, uzluksizlik va davriylik Boshqaruvning asosiy xususiyatlaridir.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling