Mavzu: Boshqaruv jarayoni (mahsus bilimlarni jalb etuvchi) inson faoliyatining eng murakkab aqliy shakli sifatida
Boshqaruv jarayoni uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi
Download 122 Kb.
|
1-маъруза
Boshqaruv jarayoni uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi:
mazmuniy, tashkiliy, texnologik. Boshqaruv jarayonining mazmuni uning maqsadlari, vazifalari, funksiyalari, prinsiplari va qo‘llaniladigan usullari bilan bog‘liq. Boshqaruv prinsiplari. Ijtimoiy boshqaruv prinsiplari deganda, boshqaruvda rioya etiladigan g‘oyalar, asosiy qoidalar tushuniladi. Prinsiplar ijtimoiy rivojlanish qonunlarining ob’ektivligini, ijtimoiy boshqaruv amaliyotining o‘ziga xos jihatlarini sintez qiladi va aks ettiradi. Ular Boshqaruvning butun tizimiga - maqsadlari, usullari, tuzilishi, kadrlar va jarayoniga - ta’sir ko‘rsatadi. Ularda Boshqaruv tizimini tashkil etishga hamda boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish usullariga qo‘yiladigan asosiy talablar, ijtimoiy boshqaruv sub’ektlari va ob’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning maqsadli xususiyati o‘z aksini topadi. Binobarin, boshqaruv prinsiplari odamlarning ob’ektiv ravishda amal qiluvchi qonunlar va qonuniyatlarni, ularga xos bo‘lgan va ular faoliyatining umumiy asosiga aylanadigan umumiy jihatlarni umumlashtirish natijasidir. Biroq odamlarning prinsiplarni ishlab chiqishlari ushbu prinsiplarning sof sub’ektiv xususiyatga egaligini bildirmaydi. Boshqaruv prinsiplari hodisalarning hamda ob’ektiv qonunlar va qonuniyatlarga bo‘ysunuvchi, ya’ni ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lgan real Boshqaruv jarayonlarining mohiyatini aks ettiradi. Ijtimoiy boshqaruv prinsiplari muayyan tizimni tashkil qiladi. Ushbu tizimda ular u yoki bu tariqa o‘zaro bog‘liq bo‘ladilar. Shu bois boshqaruvning samaradorligiga prinsiplarning butun tizimini va ularning har birini alohida va izchil qo‘llash orqali erishiladi. Shu bilan birga, u yoki bu prinsipni tizimdan ajratish har bir prinsipning o‘rnini aniq belgilash imkonini beradi, bu esa ularning amalda qo‘llanilishini osonlilashtiradi. Ijtimoiy boshqaruv prinsiplari tizimida Boshqaruvning umumiy (asosiy, bosh, fundamental) prinsiplari ajratiladi. Ular umumiyxususiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy boshqaruvda, boshqaruv sohasining darajasi va xususiyati qandayligidan qat’i nazar, amalga oshadi. Boshqaruvning umumiy prinsiplariga ob’ektivlik, muayyanlik, samaradorlik, markazlashuv va nomarkazlashuvning uyg‘unlashtirilishi, qonuniylik va intizom kabilar kiradi. Ushbu prinsiplarning tutgan muhim o‘rni ular Boshqaruvning asosiy qoidalari ekanligi bilan bog‘liq. Davlatimizdagi Boshqaruvning barcha turlari, sohalari va tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan mazkur prinsiplar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi (ichki ishlar organlari sohasidagi) Boshqaruv uchun ham majburiydir. Umumiy prinsiplar bilan bir qatorda, faqat alohida Boshqaruv tizimlari, sohalari, tarmoqlari yoki funksiyalariga taalluqli bo‘lgan prinsiplar ham amal qiladi. Kadrlar funksiyasiga taalluqli bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish prinsiplari bunday prinsiplarning misoli bo‘lib xizmat qilishi mumkin (umuman ijtimoiy boshqaruv uchun umumiy ahamiyatga ega bo‘lmagan prinsiplar ushbu bobda ko‘rib chiqilmaydi. Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling