Mavzu: Boshqaruv jarayoni (mahsus bilimlarni jalb etuvchi) inson faoliyatining eng murakkab aqliy shakli sifatida


Boshqaruv jarayoni (mahsus bilimlarni jalb etuvchi) inson faoliyatining eng murakkab aqliy shakli sifatida


Download 122 Kb.
bet3/6
Sana08.05.2023
Hajmi122 Kb.
#1446689
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза

Boshqaruv jarayoni (mahsus bilimlarni jalb etuvchi) inson faoliyatining eng murakkab aqliy shakli sifatida

Endi ijtimoiy boshqaruvning umumiy prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.


Ob’ektivlik. Ijtimoiy jarayonlar jamiyat rivojining ob’ektiv qonunlariga muvofiq kechadi. Shu bois Boshqaruv sub’ektidan ob’ektiv qonuniyatlarni bilish va ulardan mohirona foydalanish, jamiyatning real imkoniyatlarini, haqiqiy ahvolini inobatga olish talab qilinadi. Ushbu talablar ob’ektivlik prinsipining mohiyatini tashkil qiladi. Odamlar ob’ektiv qonunlarni bilib olib, ulardan ongli ravishda foydalangan, eng dolzarb manfaatlarga xizmat qilishga ularni majbur yetgan taqdirdagina Boshqaruv natija berishi mumkin. Demak, qonunlarni bilish ilmiy Boshqaruvning zaruriy sharti.
Ob’ektivlik prinsipi ishlarning haqiqiy ahvolini tahlil qilish va hisobga olishni, ijtimoiy muhitda mavjud bo‘lgan qiyinchiliklar va ziddiyatlarni inobatga olishni talab etadi. Bundan tashqari, jamiyatning tabiiy muxit bilan o‘zaro munosabatiga oid qonuniyatlarni ham inobatga olish muhim. Zero, tabiat ijtimoiy jarayonlarga tasodifiylik elementlarini beradi, ular ko‘p hollarda ijtimoiy jarayonlarning borishiga noqulay ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy boshqaruvda ob’ektivlik prinsipi jamiyat rivojlanishidagi ob’ektiv shart-sharoitlar, qonuniyatlarni inobatga olmaydigan sub’ektivizm bilan sig‘ishmaydi. Sub’ektiv omil real sharoitlar hisobga olingan taqdirdagina muhim o‘rin tutishi mumkin. Ijtimoiy boshqaruvdagi sub’ektivizm irodaviy, volyuntaristik (ob’ektiv qonuniyatlarni hisobga olmaydigan) karorlar qabul qilinishiga, binobarin, ularning bajarilmasligi muqarrar bo‘lishiga olib keladi. U kuch va vositalarning foydasiz sarflanishiga, boshqaruv jarayonlarining izdan chiqishiga, boshqaruv sub’ektiga bo‘lgan ishonchning zavol topishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, jamiyatning ob’ektiv qonuniyatlari o‘z-o‘zicha, ya’ni odamlarning ongli faoliyatisiz Boshqaruvning samaradorligini ta’minlamaydi. Qonunlardan foydalanish odamlarning faoliyatini ushbu qonunlarning talablariga muvofiqlashtirish, kashf etilganqonundan Boshqaruv maqsadlarida foydalanish kabilardan iboratdir. Aytilganlardan jamiyat qonunlaridan foydalanish ob’ektiv qonuniyatlar hamda odamlarning sub’ektiv harakatlari o‘rtasidagi aloqadorlik ekanligi kelib chiqadi.
Shunday qilib, ob’ektivlik prinsipining mazmunini ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, boshqaruv sub’ektining optimal Boshqaruvni ta’minlash maqsadida jamiyat qonunlaridan foydalanish yo‘llari va usullarini (sub’ektiv omilni) belgilashi tashkil etadi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling