Mavzu: Boshqaruv jarayoni (mahsus bilimlarni jalb etuvchi) inson faoliyatining eng murakkab aqliy shakli sifatida


Download 122 Kb.
bet6/6
Sana08.05.2023
Hajmi122 Kb.
#1446689
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза

Qonuniylik va intizom. Qonuniylik ijtimoiy boshqaruv prinsipi sifatida boshqaruv sub’ektlari va ob’ektlarining davlat organlari chiqargan qonunlar va qonun osti normativ hujjatlariga qat’iy va og‘ishmay rioya etishlari hamda ularni bajarishlarini bildiradi. Qonuniylik har bir Boshqaruv sub’ekti va ob’ektining belgilangan doirada, ya’ni o‘z vakolatlari doirasida faoliyat ko‘rsatishga majburligini bildiradi. Qonuniylik prinsipi bilan intizom chambarchas bog‘liq.
Ijtimoiy boshqaruv prinsipi sifatida intizomning mohiyatini boshqarish tizimiga yuklatilgan hamda boshqaruv sub’ektlari (davlat va jamoat organlari hamda tashkilotlari)ning vakolatlarida belgilangan, norma va qoidalarda mavjud bo‘lgan majburiyatlarni bajarish, shuningdek Boshqaruv sub’ektlari chiqargan individual ko‘rsatmalar (hujjatlar)ni ushbu hujjatlar qaratilgan idoralarning ijro etishi tashkil qiladi.
Intizom davlat hamda jamoat intizomiga, ya’ni jamoat tashkilotlari (idoralari)ning intizomiga bo‘linadi. Davlat intizomi -lavozim bo‘yicha majburiyatlarni hamda vakolatli davlat organlari belgilagan majburiyatlarni vijdonan bajarish. Jamoat intizomi -jamoat tashkilotlar haqidagi ustav va nizomlarda belgilangan norma va qoidalarni bajarish, shuningdek jamoat tashkilotlari a’zolarining ushbu tashkilotlar bergan individual ko‘rsatmalarni ijro etishidir. Davlat va jamoat intizomi bir-biriga ta’sir qiladi. Bu hol jamoat tashkilotlarining a’zolari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ekanligi, binobarin, ular nafaqat u yoki bu jamoat tashkilotining intizomiga, balki davlat intizomiga ham rioya qilishlari shart ekanligi bilan izohlanadi.
Qonuniylikka, davlat va jamoat intizomiga rioya qilish Boshqaruv samaradorligining asosiy shartidir. Qonuniylik va intizomning buzilishi davlat va jamiyatga zarar keltiradi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarida qonuniylik va intizomga rioya qilish juda muhimdir, chunki u:
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;
yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalarini yong‘inni o‘chirish texnikasi va boshqa texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;
yong‘inlarni o‘chirishni, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshiradi;
barcha turdagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarining yong‘inlarni o‘chirishga shayligi holati va yong‘inlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
yong‘in nazoratini amalga oshiradi;
yong‘in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud bo‘lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa ob’ektlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini ko‘rib chiqadi;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
yong‘in xavfsizligi sohasida yong‘inga qarshi targ‘ibotni, o‘qitishni va axborot bilan ta’minlashni amalga oshiradi;
yong‘in xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan ta’minlanishini muvofiqlashtiradi;
yong‘in xavfsizligi sohasida litsenziyalash va sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
yong‘inlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi;
davlat va xo‘jalik Boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda yong‘inlarning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari sohasidagi Boshqaruv sub’ektlari nafaqat o‘zlariga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar va xizmatlarni boshqarish bo‘yicha, balki Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalariga kirmaydigan jismoniy va yuridik shaxslarga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha ham keng vakolatlarga egadirlar. Shu munosabat bilan qonuniylik va intizomni buzish, noqonuniy Boshqaruv hujjat chiqarish yoki xizmat vazifalarini vijdonan bajarmaslik, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari tizimiga ham, fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ham moddiy hamda ma’naviy zarar yetkazishi mumkin.
Hokimiyatni, xizmat mavqeini suiste’mol qilish hamda boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etish Boshqaruv sub’ektining qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi. Boshqaruv qarorlarining bajarilmasligi Boshqaruv ob’ektining intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.


Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling