Mavzu: Boshqaruv jarayoni (mahsus bilimlarni jalb etuvchi) inson faoliyatining eng murakkab aqliy shakli sifatida
Download 122 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markazlashuv va nomarkazlashuvning uyg‘unlashtirilishi
Qarorning maqbul(optimal)ligi fan yutuqlaridan iloji boricha to‘liq foydalanishni, reallikni, xolislikni, tegishli resurslar bilan ta’minlanganlikni, turli qarorlarning muvofiqlashuvini, komplekslilik, jadallik, ijobiy amaliy tajribani hisobga olish va qo‘llashni taqozo etadi.
Boshqaruvni maqbullashtirish vositalari orasida Boshqaruv ta’siri ko‘rsatishning rag‘batlantirish, moddiy manfaatdorlik, ijrochilarga oqilona tashabbus ko‘rsatish va mustaqillik uchun imkon berish, o‘z ishining natijalari uchun javobgarlik belgilash kabilarning samarali usullarini tanlash katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, samaradorlik ijtimoiy boshqaruvning muhim prinsipi bo‘lib, boshqaruv tizimining maqbul (optimal) tarzda amal qilishini ta’minlaydi, boshqaruv sub’ekti oldida turgan vazifalarning bajarilishiga, boshqaruv maqsadlariga erishilishiga ko‘maklashadi. Markazlashuv va nomarkazlashuvning uyg‘unlashtirilishi. Ushbu prinsip, O‘zbekistondek davlatda katta ahamiyatga ega. Respublika Boshqaruv sub’ektlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar Boshqaruv sub’ektlari o‘rtasida vakolatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, mazkur sub’ektlar o‘rtasida tuzilgan vakolatlar taqsimotiga oid shartnomalar va boshqa hujjatlar asosida ajratiladi. Bundan tashqari, qonun hujjatlarida o‘z vakolatlari doirasida mustaqil amal qiladigan mahalliy o‘zini o‘zi boshkarish ham tan olinadi va kafolatlanadi. Bu bilan davlat hamda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish manfaatlarining uyg‘unlashuviga erishiladi. Boshqaruvning ushbu prinsipiga rioya qilmaslik, bir tomondan, respublika Boshqaruv sub’ektlarining tegishli soha yoki Boshqaruv tarmog‘idagi ishlarning ahvoli uchun mas’uliyati pasayishiga, boshqa tomondan esa, boshqaruvning operativ funksiyalarini amalga oshiruvchi quyi Boshqaruv sub’ektlarining mustaqilligining cheklanishiga, ularning har bir ishiga aralashishlarga olib keladi. Respublika Boshqaruv sub’ektlari tegishli ijtimoiy sohalarni rivojlantirishning ustun yo‘nalishlarini belgilaydilar, kompleks dasturlar ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadilar, u yoki bu Boshqaruv sohasida amal qiladigan qoidalar, standartlar va boshqa normativlarni ishlab chiqishda ishtirok etadilar, soha yoki Boshqaruv tarmog‘ini kadrlar bilan ta’minlashga oid respublika hamda hududlararo dasturlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar. Yagona markazda Boshqaruvga oid ko‘plab muammolarni samarali hal qilish, boshqa quyi turuvchi sub’ektlarning sharoitlari va xususiyatlarini, har bir mehnat jamoasi mehnatining natijalarini inobatga olish mumkin emas. Bunga Boshqaruvning operativ funksiyalarini markaz ixtiyoridan chiqarish, quyi turuvchi Boshqaruv sub’ektlariga kundalik joriy ishlar va boshqaruv masalalarini hal qilishda mustaqillik berish orqali erishiladi. Markazlashuv va nomarkazlashuvning uyg‘unlashtirilishi prinsipi Boshqaruvda yakka boshchilik va hay’at bo‘lib boshchilik qilishning uyg‘unlashishida ham o‘z ifodasini topadi. Rahbar Boshqaruv qarorini ishlab chiqishda mutaxassislarning fikrlarini inobatga olishi, ularning ye’tiborini qarorning bir qancha variantlarini ishlab chiqishga qaratishi, qarorlarning loyihalarini yekspertiza yo‘li bilan baholashi lozim. Bu esa, jamoaning qo‘llab-quvvatlashini sezadigan rahbarning obro‘sini nafaqat tushirmaydi, balki ko‘taradi, jamoada ish uchun mas’uliyatni, o‘zaro talabchanlikni oshiradi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarida Boshqaruv yakka boshchilik asosida amalga oshiriladi. Rahbar (boshliq) o‘zi boshchilik qilayotgan xizmat (bo‘lim, bo‘linma) faoliyati uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, biroq, bu hol Boshqaruvga oid eng muhim masalalarni birgalikda muhokama qilish zarurligini istisno yetmaydi. Ushbu masalalar yil yakunlari bo‘yicha tegishli muhokamalar kollegial shaklida o‘tkazilib, yangi marralar belgilab olinadi va kelgusi yil rejalarida bu maqsadlar belgilab olinadi. Maskur maqsadlarning amalga oshirilishi markaziy Boshqaruv bo‘g‘ini tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling