Mavzu: O’zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlanadi


Download 2.93 Mb.
bet1/3
Sana29.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1733037
  1   2   3
Bog'liq
o\'zbekiston mustaqilligining 32 yilligi

Mavzu:O’zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlanadi

zkdjn

ADS


REJA:
  • Mustaqillikning e'lon qilingan sanasi va sabablari.
  • Mustaqillikning katta o'rinlarga erishish tarixi.
  • Mustaqillikdan keyingi o'zgarishlar va rivojlanishlar.
  • Mustaqillikning tibbiyot sohasidagi ro’li.

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi. Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

1. Mustaqillikning e'lon qilingan sanasi va sabablari.

O'zbekiston mustaqilligi 1- sentyabr 1991-yilda e'lon qilindi. Mustaqilligga olib kelgan asosiy sabablarni quyidagicha ta'riflash mumkin:

  • 1. Sovet Ittifoqi bajarilgan ishlar natijida yuzaga kelgan harakatlar: O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi, Sovet Ittifoqidagi 1991-yil ma’lumotlariga asosan, O'zbekistonning o'zaro munosabatlarida o'zining davlat mustaqilligini ta'kidlab o'tadi.

2.Kommunist Partiyasining yoqotilishi va politik tizimning o'zgarishi: Sovet Ittifoqi bo'ylab 1991-yilda kommunist partiyalarining iqtidorlarini yo'qotish natijasida, idora muhitlari va politik rejimlar o'zgarishga uchradilar. Bu da O'zbekistonning mustaqilligini e'lon qilish uchun bir imkoniyat yaratti.

2.Kommunist Partiyasining yoqotilishi va politik tizimning o'zgarishi: Sovet Ittifoqi bo'ylab 1991-yilda kommunist partiyalarining iqtidorlarini yo'qotish natijasida, idora muhitlari va politik rejimlar o'zgarishga uchradilar. Bu da O'zbekistonning mustaqilligini e'lon qilish uchun bir imkoniyat yaratti.

3. Dengiz muammoi va Qirg'izistonning mustaqilligi: O'zbekiston va Qirg'izistonning muammoi oliy Kengashlar Majlisi tomonidan hal etilmaganini to'g'risida bir qaror qabul qilishga urindi. Bu qaror ulkan tahdidlar bilan bog'liq edi va har ikki mamlakatni o'zaro munosabatlarida o'zgarishlar paydo bo'lganlarini ko'rsatdi.


4. Xalqning mustaqillik istaganning o'sishining ta'siri: O'zbekiston jumhuriyatidagi ishtirok etish davrida xalqning mustaqillik istagi o'sib bordi. Ushbu istaklar hukumat va siyosiy partiyalar tomonidan estaklashdi va Oliy Kengash tomonidan mustaqilligning e'lon qilishiga qaror qabul qilindi.
5. Xalqaro taraqqiyotga yo'naltirilishi va garovlilik: Mustaqilligi e'lon qilish O'zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va madaniy yo'nalishni o'zgartirishga yo'naltirishga imkon yaratdi. Erkinlik O'zbekistonning xalqaro hamkorliklarni rivojlantirishi va mamlakatning mustahkamlanishiga xizmat qilishga imkoniyat ochdi.
Shu sabablardan kelib chiqqan holda, 1 sentyabr 1991-yil O'zbekiston mustaqilligini e'lon qildi. Bu saviyada mamlakat o'z o'ziga qarshi harakatlarini o'zgartirishga imkon berdi va mustaqil davlatning yuzaga kelishida katta ahamiyatga ega bo'ldi.
  • Mustaqillikning katta o'rinlarga erishish tarixi.

I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. Unda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonoti va Respublika davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi hamda 1 sentyabr – Mustaqillik kuni milliy bayram deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O`zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko`rsatib berdi.
Mustaqil demokratik respublikasining tashkil topishi jahanshumul tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ruyobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O`zbekistonning boy imkoniyatlarini xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanishga keng imkoniyatlar ochildi. Eng asosiy natijalardan yana biri – xalqning tarixiy, ma`naviy qadriyatlarini tiklash imkoni yaratildi. O`zbekistonda mustaqillik sharoitida siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi.
1991 yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov va mustaqillik g`oyasini butun xalqning muhokamasidan o`tkazish to’g`risida qaror qabul qildi. 29-dekabr kuni muqobillik asosida o`tkazilgan saylovda Islom Abdug`aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizidan ko`prog`i o`z ovozini berdi. Har bir mustaqillikka erishgan davlat o`z ramzlariga ega bo`lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O`zbekiston Dalvat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tog`laridagi an`analarni davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o`ziga xosligini Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O`zbekiston Respublikasining Dalvat gerbi to`g`risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O`zbekiston Respublikasining madhiyasi to`g`risidagi qonun qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo`lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g`oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko`p o`tmay, iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga tayandi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va odatli qonunshunoslik an`analari ham chuqur o`rganildi. 1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo`limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti: Xalq hokimiyati: Fuqarolar huquq va erkinliklirni ta`minlash: qonuniylik: hokimiyatni ajratish: mahalliy o`z-o`zini boshqarish: sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya, 6 bo`lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasi fuqorolarning inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning stategik dasturidir. Uning qabul qilinishi g`oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqilik Konstitutsiyasi barcha qonunlarining va boshqa davlat va jamoat tashkilotlarini huquqiy xujjatlarining asosi bo’lib xizmat qiladi.
O`zbekiston mustaqillik tomon yo`l tutar ekan birinchi kunlardan boshlab, uning tepasida Islom Abdug`aniyevich Karimov turibdi. Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatlarda o`rnatilgan ijtimoiy — siyosiy, iqtisodiy barqarorlik tarixiy, diniy, qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoishitalikni, mustaqil O`zbekiston Respublikasining xalqaro jamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog`laydi. 1996 yili Venada (Avstriya) XX asr xalqlar dohiylari nomida bosib chiqarilgan kitoblarining bir jildi O`zbekiston Prezidentiga bag`ishlang`an. Kitob mualliflaridan biri, Garvard Universitetining professori Donald S.Karlaysh … Islom Karimov kommunizmdan keyingi O`rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir, deb tan beradi. Islom Karimovning har bir asari, ma`ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi. Istiqlolning boshlang`ich bosqichida yorug`likka chiqqan O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo’li O`zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li va boshqa bir qancha asarlarida bayon etilgan.
3. Mustaqillikdan keyingi o'zgarishlar va rivojlanishlar.
O`zbеkiston Rеspublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma`naviy mеrosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga еtkazish borasida kеng ko`lamda faoliyat olib borilmoqda.Rеspublika Prеzidеnti I.A. Karimov ta`kidlab o`tganidеk, ma`naviyatning mohiyati shunchalik kеngki, uni o`lchab ham, poyoniga еtkazib ham bo`lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir.Jamiyatimiz hayotida ma`naviy kamolotni tеzlashtirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, milliy qadriyatlarni o`rganish mustaqillikni mustahkamlashning asosiy vazifalaridan biridir.
Hayotimizda ma`naviy kamolotni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha еtib kеlgan boy madaniy mеroslarini o`rganish ham katta o`rin egallaydi. Shu sababli O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan mеroslarini o`rganish va tarqib etish uchun kеng yo`llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshladi.
Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablaqlar ajratildi. O`zbеkistondagi barcha davlat tеatrlari, madaniyat uylari, san`at oliy o`quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o`choqlariga aylanib qoldi. Tеatr sahnalarida yangi zamonaviy spеktakllar qo`yila boshlandi. MDO` dagi davlatlar ilan ijodiy hamkorlik yo`lga qo`yildi, turli xalqaro anjumanlar o`tkazildi.Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshishga chеk qo`yildi. Bahovuddin Naqshband, Fеruz, Xo`ja Ahror, Cho`lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi.1991 yili buyuk alloma, qazal mulkining sultoni Alishеr Navoiy yubilеyini o`tkazish katta voqеa bo`ldi. Bu tantanaga baqishlanib Rеspublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994 yil Mirzo Uluqbеk tavallud topgan kunining 600 yilligi kеng ko`lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNЕSKO ning Parijdagi qarorgohida yubilеyga baqishlangan haftalik va unga ko`rgazma ochildi.Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Tеmurning 660 yilligi bo`lib o`tdi. YuNЕSKO tomonidan 1996 yil «Amir Tеmur yili» dеb e`lon qilindi. Shu yili YuNЕSKO ning Parijdagi qarorgohida «Tеmuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuida anjuman va unga baqishlangan ko`rgazma ochildi.Mamlakatimizda «Tеmuriylar tarixi davlat» muzеyi, Amir Tеmur nomi bеrilgan boqlar, ko`chalar barpo etildi.
Rеspublikamizda bizgacha еtib kеlgan boy mеroslarni o`rganish, milliy o`zlikni anglash, ma`naviy qadriyatlarni rivojlantirishga katta e`tibor bеrilmoqda va ularga nisbatan xalqimizning chuqur hurmat va ehtiromi ko`rsatilmoqda. So`nggi yillarda tashkil etilgan «Oltin mеros» jamqarmasi, Abdulla qodiriy nomidagi «Mеros» nashriyotlari kеng miqyosda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib bormoqda.
Islom olamining allomalari Iso at-Tеrmiziyning 1200 yilligi, Mahmudaz Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroninng 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi kеng ko`lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alishеr Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga baqishlanib kеchalar o`tkazildi, Jaloliddin Mangubеrdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostonini yaratilishining 1000 yilligiga baqishlangan turli kеchalar, bahslar tashkil etildi.
4. Mustaqillikning tibbiyot sohasidagi ro’li.
Tibbiyot sohasidagi islohotlar aholining hayotdan roziligi, el-yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilsin
El-yurtimiz azaldan shifokorlarni inson salomatligini asrashdek ezgu va savobli ishga butun borlig‘ini bag‘ishlagan fidoyi zotlar, deb biladi va hamisha qadrlaydi. Chunki odamlar sizlarga o‘zlarining eng bebaho boyliklarini – hayotlarini ishonib topshiradi. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sinoning: “Inson dardiga darmon bo‘lmoq – olijanoblikning eng yuksak namunasidir”, degan so‘zlari ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Tub islohotlarimizning dastlabki kunlaridan boshlab biz xalqimiz sog‘lig‘ini mustahkamlashga eng ustuvor vazifa deb qarab kelmoqdamiz. O‘tgan besh yilda bu borada katta ishlarni amalga oshirdik, ilg‘or xorijiy yutuqlarni o‘rganib, yetarli tajriba to‘pladik. Kelgusi besh yilda ham aholimizni sifatli va malakali tibbiy xizmat bilan ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirishni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim yo‘nalishi sifatida belgilab oldik.
Bugun sohadagi yutuqni – yutuq, kamchilikni – kamchilik deb aytib, tizimdagi “kasalliklar”ga to‘g‘ri diagnoz qo‘yib, ularning davosini topishga harakat qilishimiz zarur.
Tibbiyot shunday sohaki, unga daxldor bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q. Hammamiz ham issiq jonmiz, tibbiyot muassasalariga kunda-kunora murojaat qilmagan kishini topish qiyin.
Barchamizga ayonki, odam sog‘lom bo‘lmasa, unga ish ham, moddiy ne’matlar ham, hayot quvonchlari ham tatimaydi. Shu bois o‘z fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish, kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirish – xalqparvar davlatning eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Albatta, kasallikni kechikib davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan har tomonlama afzaldir. Imom Moturidiy hazratlarining: “Tiriklik qadriga sog‘liq paytingda yetgil”, degan so‘zlarida chuqur ma’no bor. Yurtimizda har kuni yangi farzandlar tug‘ilmoqda. Aholimiz soni hozirgi vaqtda 35 milliondan oshdi. Bu o‘z navbatida, xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratishni, avvalo, tibbiyot sohasida olib borayotgan ishlarimizni mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etadi.
Bu borada o‘tgan davrda ko‘p ishlarni amalga oshirib, salmoqli natijalarga erishdik. Lekin hali qator muammolar, kamchilik va nuqsonlar o‘z yechimini kutib turibdi. Shu sababli sohadagi vaziyatni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolarni tizimli hal qilish vaqti-soati keldi, deb o‘ylayman.
Sizlar bilan mana shunday yangicha shaklda tibbiyot sohasidagi muammo va kamchiliklar, ustuvor vazifalar haqida batafsil fikrlashib oldik. Ko‘pgina masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy yechimlarni topdik. Ularni bajarish uchun, hech shubhasiz, shifokorlarning o‘z ustida ishlashi, ish uslubi va dunyoqarashini o‘zgartirishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirib borishi, mas’uliyati va javobgarligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Oldimizda turgan bunday ulkan va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda loqaydlik, beparvolik va sustkashlikka yo‘l qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q. Chunki gap inson hayoti, inson salomatligini asrashdek hal qiluvchi masala ustida bormoqda. Ishonamanki, O‘zbekiston tibbiyot xodimlari bunga albatta qodir. Sizlar pandemiya davridagi og‘ir sharoitda xalqimiz sog‘lig‘ini asrab qolish uchun chinakam qahramonlik va jasorat ko‘rsatganingiz buning yaqqol isbotidir. Buni nafaqat xalqimiz, balki jahon hamjamiyati ham e’tirof etmoqda.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling