Mavzu: O’zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlanadi
Download 2.93 Mb.
|
o\'zbekiston mustaqilligining 32 yilligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- UCHINCHI RENESSANS POYDEVORIDA TURGAN O‘ZBEKISTON
- E’tiboringiz uchun raxmat
IKKINCHI RENESSANS:
TIBBIYOT RIVOJIGA KATTA AHAMIYAT BERILGAN Ikkinchi Renessans, ya’ni Temuriylar davrida ham tibbiyot rivojiga katta ahamiyat berilgan. Masalan, Samarqandda «Dorush-shifo» («Shifo maskani») nomli yirik kasalxona bo‘lib, unga o‘z zamonasining taniqli tabiblari – Mir Sayid Sharif Sheroziy rahbarlik qilgan. Shu davr Samarqandda boshqa mashhur tabiblar, shu jumladan, Mansur ibn Muhammad, Mavlono Fayzulloh Tabriziy va Hisobiddin Ibrohim Kirmoniylar yashab o‘z faoliyatini olib borgan. Shifoxonalarda ishlovchi tabiblarga yaxshi maosh to‘langan, hukmdorlarni maxsus farmonlari bilan ularning maoshi olimlar, munajjimlar, tarixnavislar va muhandislarning maoshlariga tenglashtirilgan. UCHINCHI RENESSANS POYDEVORIDA TURGAN O‘ZBEKISTON O‘zbekiston Respublikasida aholi salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi mustaqillikning birinchi kunlaridanoq davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta’minlandi, BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishildi. Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasida mamlakatimiz erishgan yutuqlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baho berildi. Masalan, aholining umr ko‘rishi 4,6 yoshga - 1995-yildagi 69,1 yoshdan 2020-yilda 73,7 yoshga oshdi. Onalar o‘limi ko‘rsatkichi 3,1 baravarga kamayib, 100 ming nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 21 ta holatni tashkil etdi, chaqaloqlar o‘limi esa 3,1 baravarga kamayib, 1000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 11,5 ta holatni tashkil etdi. Bolalarda eng ko‘p uchraydigan kasalliklarga qarshi emlash va profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish darajasi 96 - 98 foizda qat’iy saqlanib turibdi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks profilaktika, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarining joriy etilishi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (o‘lat, vabo), poliomiyelit, difteriya, chaqaloqlar qoqsholi, mahalliy kelib chiqqan bezgak, qizamiq va qizilcha yuzaga kelishidan to‘liq himoya qilish imkonini berdi. E’tiboringiz uchun raxmat: Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling