O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy-uslubiy
kengaishi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Mas’ul muharrir:
K.T.Azimov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
professori.
Taqrizchilar:
B.S.Salixov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
«Orkestr cholg‘ulari» kafedrasi mudiri, professor,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
B.J.Matyoqubov, «Orkestr cholg‘ulari» kafedrasi
professori, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma musiqa yo‘nalishdagi
akademik litseylar va
kollejlar uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo‘llanmada damli cholg‘ular
orkestri
mashg‘ulotlarini tashkil qilish va ansambl ijrochiligini
bosqichma-bosqich
rivojlantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berilgan.
Shuningdek, qo‘llanmadan
oliy o‘quv yurtlari talabalari pedagogik amaliyot
fanidan foydalanishlari
mumkin.