Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Orkestr haqida umumiy tushunchalar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
8 Orkestr haqida umumiy tushunchalar Orkestr ko‘p sonli musiqachilar jamoasidan tashkil topgan va dirijyor tomonidan boshqariladigan turli musiqa cholg‘ulari hamda maxsus yozilgan musiqa asarlarini ijro etadigan murakkab organizmdir. Orkestrlar tuzilishi va bajaradigan funksiyalari hamda janr yo‘nalishlaridan kelib chiqish jihatidan bir necha xillarga bo‘linadi: Simfonik orkestr, Torli orkestr, Kamer orkestr, Damli cholg‘ular orkestri, Estrada-simfonik orkestri, Xalq cholg‘ulari orkestri, Jaz-orkestr, shuningdek neopolitan orkestri (gitaralar va mandolinalardan tashkil topgan), bayanchilar orkestri (bayan, akkordion, garmon va konsertinlardan tashkil topgan). Orkestr yunonchadan «Orshềstra» – qadimgi yunon teatrlari sahnasi oldidagi joy ma’nosini anglatadi. XVII asr boshlarida teatr va konsert orkestrlari tarkibi fleytalar, goboylar, trubalar, skripkalar, arfa va boshqa qadimgi musiqa cholg‘ularidan tashkil topgan edi. Keyinchalik orkestrning tarkiblarini boshqa musiqa cholg‘ulari bilan birgalikda damli cholg‘ular ham to‘ldira boshladilar. XVII asrning oxirlarida fagotlar va trombonlardan orkestr ijrochiligida foydalanila boshlandi. XVIII asrda esa orkestrlar tarkibiga klarnet va valtornalar kirib keldi. Ijrochilikning eng yuksak, yuqori cho‘qqisi biz bilamizki, bu orkestr ijrochiligidir. Orkestrda ijro etish omillarini, tamoyillarini o‘quvchilarda birinchi mashqlardan boshlab shakllantirish zarur. Birinchi mashg‘ulotlardan boshlab o‘quvchi orkestrda hammaning mehnati bir maqsadga yo‘naltirilganligini, musiqachilar bir tanu bir jon bo‘lib, dirijyor tomonidan qo‘yilayotgan talablarga bir xil javobgarliklarini anglashlari muhim. Orkestr ijrochiligida qabul qilingan o‘ziga xos qonun-qoidalar va tartib- intizom mezonlari belgilab qo‘yilgan. Ijrochi orkestrda qaysi guruh qayerda joylashganligini va o‘zi qaysi guruh tarkibida ekanligini aniq bilishi lozim. Damli cholg‘ular orkestri boshqa orkestr jamoalaridan ijro uslublari va boshqa ko‘p jihatlari bilan farq qilganidek, damli cholg‘ular musiqachisining faoliyati ham boshqacharoqdir. Farqlarning asosiy tomonlari bu – musiqa cholg‘ularida ijro texnologiyasi va musiqa cholg‘u asboblarining konstruksiyalaridadir. Damli cholg‘ularida ijro etishda o‘quvchilardan juda katta jismoniy kuch talab qilinadi. Shu sababli yosh organizmdagi bu vaqtda o‘tadigan tabiiy fiziologik o‘zgarishlarni inobatga olish o‘ta zarur. Bu esa o‘quvchidagi jismoniy va psixologik jarayoni oqilona hisobga olib, o‘ziga yarasha yondashishni talab qilinadi. Shuning uchun dastlabki mashg‘ulotlardan boshlab o‘quvchilardan tug‘ri o‘tirish, cholg‘ularni to‘g‘ri ushlash va ijro vaqtida ulardan to‘g‘ri foydalanish, nafas olish va ko‘pgina boshqa ijrochilik bilan bog‘liq sabablar dirijyor tomonidan qattiq kuzatilishi va kamchiliklar esa diqqat nazaridan chetda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki yo‘l qo‘yilgan har qanday xato yoki kamchiliklar pirovard natijada o‘quvchining sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lishi 9 mumkin. Boz ustiga jismoniy zo‘riqish ijrochi-o‘quvchini tez charchatib, qo‘yilgan vazifalarni bajarishda ko‘p muammolar keltirib chiqaradi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling