Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
CC, DD va arab sonlari 1, 2, 3, 4; 5, 10, 15, 20 yoki 10, 20, 30, 40 ko‘rinishida
to‘g‘ri burchakli ramka ichida taktlar chegaralarida yoziladi. Abbreviaturalar Abbreviatura (italyancha abbreviatura, lotincha brevia – qisqartirish) – nota yozuvini qisqartirish va o‘ng‘aylashtirish belgilari asarlarning qismlarini yoki bir nechta taktlarini, tovushlarni ko‘plab takrorlaganda, qisqa figuralarni yoki ijro belgilarini, qo‘shimcha chiziqlarda oktava baland yoki past ovozlarni yozilishi, shuningdek, melizmlar ham ayrim hollarda abbreviaturalarga kiradilar. Partiturada musiqa cholg‘ularini va ba’zi atamalarni ko‘rsatish (col Flauti, glissando, simile va boshqalar) shular jumlasidandir. 17 Repriza Repriza (fransuzcha reprise – qaytarilish) musiqa asari yoki uning ayrim qismini takrorlash uchun qo‘yiladigan belgi Volta (italyancha volta – volta) musiqa asarining ma’lum qismini qayta takrorlashda turlicha tugatish uchun qo‘yiladigan belgi. Oktavalik punktir Oktavalik punktir – bu 8 (oktava) soni ko‘rinishidagi keyingi punktir chiziqli shartli belgi. Nota matni ustiga qo‘yilganda oktava yuqori ijro etiladi. Nota matni ostiga qo‘yilganda esa oktava past ijro etiladi. 18 Glissando. Frullato Glissando (italyancha glissand – sirg‘anib) – bir tovushdan ikkinchi tovushga sirg‘anib o‘tish. Glissando asosan torli cholg‘u asboblari ijrosida uchraydi (xalq cholg‘u asboblari, arfa, fortepiano va boshqa musiqa asboblarida ham bu usulda ijro etish mumkin). Damli cholg‘ular orkestri tarkibida glissando ijrochilik usuli, asosan, trombonning kulisasi harakati yordamida amalga oshiriladi. Glissando ijro usulidan klarnetda barmoqlarni klapan ustida sirg‘antirish bilan bir vaqtda ijro apparatini keskin taranglatish va nafas bosimini kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi. Truba, valtornalarda ham ijro apparatini keskin taranglatish yoki bo‘shatish bilan erishiladi, faqat klapanlarni baravariga to‘liq bosmagan holatda nafas bosimini jadal kuchaytirish yoki susaytirish orqali ijro etiladi. Trombondan farqliroq glissandoni klarnet, truba, valtorna asboblarida ijro etishda musiqachidan katta tayyorgarlik va mahorat talab qilinadi. Glissando ijrosi musiqa asarlarida juda kam uchraydigan ijro yo‘llaridan biri bo‘lib musiqa asarlarida koloritli yorqin tovush effektlarini beradi. Frullato – orkestr partiyalarida kam uchraydigan, zamonaviy ijrochilik yo‘li bo‘lib, notalarni «Fur» bo‘g‘imi yordamida tebratib chalish usulidir. Frullatodan orkestr ijrosida faqat «solo» musiqa parchalari ijro etilganda foydalanadi. Frullato fleytada ijro qilinganda o‘zgacha eshitilib, asar ohangligiga jilvali xarakter beradi. Frullato ambushyurali asboblardan, ya’ni mundshtuk yordamida chalinadigan cholg‘ulardan truba, valtorna, trombon va boshqa orkestr partiyalarida ham uchrab turadi. Frullato xalq musiqalaridan olingan ayrim kuy parchalarini yangicha talqin qilib, zamonaviy musiqa tilida ijro etish orqali tovush effektlari berish ijro usulidir. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling