Microsoft Word 77 r nigmatov doc


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

Ikkinchi bosqich – orkestr guruhlari bilan alohida va birgalikda ishlash 
jarayoni hisoblanadi. Odatda orkestr uch guruhga – melodik ovozlar, 
akkompanement va zarbli asboblarga bo‘linadi. Guruhlar bilan ishlashda asosiy 
e’tibor guruhlarda o‘zaro soz sofligiga, shtrixlarni ijro etishda aniqlik va bir 
xillikka, dinamik past balandligiga qaratilishi kerak. Mashg‘ulotlarda o‘z 
partiyasini yetarli darajada o‘zlashtirmagan o‘quvchilar aniqlansa, ular bilan 
qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi darkor. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarni 
o‘tkazishda dirijyorga mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi ko‘magi kerak bo‘ladi. 
Uchinchi 
bosqich 
– 
umumorkestr 
mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlar 
jarayonining oxirgi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Bu bosqichda asosiy diqqat 
o‘rganilayotgan asarning badiiy-g‘oyaviy mazmunini yoritishga qaratiladi. 
Mashqlar shaxsan dirijyor tomonidan to‘liq orkestr tarkibi bilan o‘tkaziladi. 
Dastlab asar ustida ishlash jarayonida, ayniqsa, damli orkestrning safga oid 
repertuari mashg‘ulotlarini zarbli cholg‘ular guruhisiz o‘tkazish maqsadga 
muvofiqdir. Orkestr bilan asosiy vazifalar bajarilganidan so‘nggina zarbli 
cholg‘ular guruhi bilan birgalikda yakunlovchi bosqich mashg‘ulotlari 
o‘tkaziladi. Umumorkestr mashg‘ulotlarida dirijyor zarur sur’atli tempda, 
orkestr guruhlari va alohida orkestr partiyalarini sadolanishlariga erishishi kerak. 
Shuningdek, dinamik kontrastlar, shtrixlar va musiqiy jumlalar ustida ishlab, 
ularni pishitmoq zarur. Mashg‘ulotlar qiziqarli, rejali, jonli va jiddiy tusda, 
ortiqcha vaqt sarflamasdan olib borilishi kerak. Dirijyor mashg‘ulotlar davomida 


 
28 
talabchan, kerakli joylarda orkestrni to‘xtatib, lozim bo‘lgan o‘zgartirishlarni 
kiritib, xatolarni to‘g‘rilashga, bartaraf etilishiga erishishi kerak. 
Biroq, ortiqcha, ketma-ket yoki tez-tez to‘xtatishlar o‘quvchilarni 
asabiylashtirib, charchatadi va qiziqishni so‘ndiradi. Oqibatda mashg‘ulotlar 
zerikarli tus oladi. Shuning uchun unchalik ahamiyatsiz kamchiliklarni 
mashg‘ulotlar oxiriga qoldirgan ma’qul. 
Mashg‘ulotlar davomida orkestrni muntazam to‘xtatishlar sababi – avvalgi 
bosqichlarda yetarlicha ish olib borilmaganidandir. Bunday hollarda umumiy 
orkestr mashg‘ulotlarini to‘xtatib, guruhlararo mashg‘ulotlarga qaytish zarur. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling