Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Orkestr rahbarining o‘quv jarayonida foydalanadigan
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
Orkestr rahbarining o‘quv jarayonida foydalanadigan
uslubiy usullari Mashg‘ulotlar vaqtida dirijyor o‘quvchilarni diqqat e’tiborlarini jamlashga va faollikka, o‘quv jarayoniga ongli ravishda yondashishlariga da’vat qilish, o‘quvchilar esa asarlarining badiiy va ma’naviy mazmunlarini anglashga harakat qilishlari zarur. Shuningdek, o‘z partiyalarining umumiy asar fakturasidagi roli, shtrixlar va dinamika ijrosidagi aniqliklar, dirijyor ko‘rsatmalarini bajarib yo‘l qo‘yilgan xatolarni tez va aniq bartaraf qilishlari talab qilinadi. O‘quvchilarni mashg‘ulotlar jarayonidagi ongli ravishdagi ishtiroki orkestr intizomining yuksak garovidir. Dirijyorning orkestr bilan asosiy ishlash uslublaridan biri og‘zaki tushuntirishdir. Tushuntirishlarning barchasini qisqa, aniq, ravon va ifodali tilda bayon etish kerak. Og‘zaki tushuntirishning solfedjio, ya’ni kuylash yordamidagi usuli, ijrochilik talablarini yetkazishda yanada aniqroq ifodalash imkoniyatlarini beradi. Bu usulning samaradorligini oshishi dirijyorning asarning tonalligi, temp va dinamikasiga qanchalik amal qilgan holda, shuningdek, xarakterda kuylashiga bog‘liq. Kuylab ko‘rsatishdan oldin attaka va shtrixlarning xillarini aniqlab (ta, tu, du, tra, tam va boshqalar), bo‘g‘inlar yordamidan foydalanib solfedjio usuli qo‘llaniladi. Uslubiy usullardan yana biri dirijyorni shaxsan yoki yetakchi o‘quvchilar yordamida amaliy ijro etib ko‘rsatishidir. Biron bir melodik musiqa parchasini yoki texnik tomondan murakkab bo‘lgan ritmik kuyni namunali ko‘rsatilishi, ayniqsa, ko‘proq amaliy natija beradi. Dirijyorlik – ansambl ijrochiligi tashkil qilinishida va repetitsiyalarda orkestrni boshqarishda asosiy vosita bo‘lsa, konsert ijrochiligida yagona vositadir. Dirijyorlik mashg‘ulotlar yoki repetitsiyalarda odatda og‘zaki tushuntirish va solfedjio usullari bilan birgalikda qo‘llanib katta natijalarga erishiladi. Agar dirijyor harakatlari (ishoralari) aniq va ravon bo‘lsa samaradorlik yanada oshadi. 33 Mashg‘ulotlar jarayonida «bo‘rttirilgan» dirijyor ishoralari qo‘llanilishi mumkin. Bo‘rttirilgan ishoralardan amalda metroritmlarni keskin o‘zgarishida, dinamika, temp, katta va kichik avjlarda, musiqiy jumlalarni boshlanishi yoki tugashini, ravon, silliq yoki aksincha aniq, murakkab ritmik usullar, shuningdek, ritmik va temp muvozanatlarini buzilishlarida qo‘llaniladi. Biroq bo‘rttirilgan ishora faqat mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi, mustasno sifatida ba’zan konsertlarda qo‘llash ham mumkin. Asarlarni o‘rganishni dastlabki bosqichlarida o‘quv tempini qo‘llash zarur. Asarni sekin sur’atda mashq qilish, soz ustida ishlashda, garmonik aniqlikka erishishda, texnik qiyinchiliklarni yengishda, ritmik va temp muvozanatlarini tiklashda qulay va ijobiy natijalar beradi. Shuni nazarda tutmoq kerakki, sur’atni keragidan ortiq sekinlashtirish musiqa xarakterini buzilishga olib keladi. Shuning uchun bu usuldan ehtiyotkorlik bilan, badiiy jihatdan oqilona, foydalanish kerak. Yuqorida keltirilgan uslubiy usullar bir biridan ajralgan holda emas, balki ulardan o‘zaro bog‘liq holda foydalanish, orkestr bilan ishlash usullarini keng tarqalgan metodik usullaridandir. Dirijyor amaliy mashg‘ulotlarga doim ijodiy yondashib, yangi-yangi usullar izlanishida uslubiy yechimlarni yaratishi va soha yangiliklaridan muntazam foydalanib, o‘z faoliyatida qo‘llab turishi maqsadga muvofiqdir. Yosh musiqachilarning estetik didi va ijrochilik mahoratining shakllanishiga o‘quv-pedagogik va konsert repertuari asos bo‘lib xizmat qiladi. Yosh musiqachi ijrochilik mahoratining shakllanishi, ijro madaniyatining o‘sishi o‘rganiladigan musiqa materialining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ijrochilarni yuksak darajadagi musiqa madaniyatini tarbiyalashda faqatgina yuksak darajadagi badiiy asarlar kutilgan samara berishi mumkin. Shuning uchun dirijyor o‘quv dasturini tuzganda bu jihatlarni nazarda tutishi muhim. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling