Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Orkestr-ansambl mashg‘ulotlari tayyorgarligi jarayonida zarur va kerakli
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Davlat Madhiyasining ijrosi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
Orkestr-ansambl mashg‘ulotlari tayyorgarligi jarayonida zarur va kerakli
bo‘lgan uslubiy tavsiyalar 1. Har bir mashg‘ulot uchun o‘quv-mashg‘ulot adabiyotlarini – gammalar, etyudlar, mashqlar, pyesalarni tanlashda muhim uslubiy tamoyilga – oddiylikdan-murakkablikka amal qilish. 2. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish dasturlari asosida va orkestrning ijro mahorati darajasini nazarda tutib mashg‘ulotlarni tashkillashtirishda aniq musiqa asarlarida badiiy masalalarni hisobga olib, diqqatni muhim va kerakli mavzuni yechishga qaratish. 3. Mashg‘ulotlarni umumorkestr tarkibida va alohida orkestr guruhlariga istisnosiz epizodik murojaat qilgan holda, ba’zi sharoitlarda esa alohida ijrochilarga e’tibor qaratish shaklida o‘tkazish. 34 4. Musiqachilarning mustaqil tayyorgarliklaridan ba’zi ijrochilik mahoratlarni oshirishda foydalanib, maqsadga yo‘naltirilgan holda qo‘llash. 5. Barcha o‘quv masalalarini yechishda mashg‘ulotlarga bir biriga bog‘liqlik va o‘zaro bog‘liqlik holda yondashish. Doim shuni esda tutish kerakki, sof (tovush) soz va uyg‘unlashgan, tartibga solingan ansambl ijrosi dirijyor yoki orkestr rahbarining diqqat markazida bo‘lishi orkestr ijrochiligining o‘ta muhim talablaridan biridir. O‘zbekiston Davlat Madhiyasining ijrosi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar Madhiya (Gimn yunoncha Hymnos – tantanali qo‘shiq) – badiiy-ramziy ma’noga ega asar, qo‘shiq. Davlat madhiyalari, harbiy, diniy, tarixiy voqealarga va qahramonlarga bag‘ishlangan madhiyalar, shuningdek, inqilobiy va talabalar madhiyalari (gimnlari) turlari bor. Davlat madhiyalari rasmiy tantanalarda, voqealarda, harbiy marosimlarda ijro etiladi. O‘zbekiston Davlat Madhiyasi Abdulla Oripov so‘zi Mutal (Mutavakkil) Burhonov musiqasi bilan 1993 yilda yaratilgan. Gimn janri kompozitorlarning simfonik, opera, xor ijodida ham ko‘rinadi. Masalan: L.Betxovenning 9 simfoniyasi final xori (Shiller odasi), M.Glinka «Ivan Susanin» final xori (Slavsya), A.Dvorjakning «Gimn» kantatasi, R.Glierning «Медный всадник» baletidan «Гимн великому городу» asarlari shular jumlasidandir. Gimn ijrosi alohida tantanavorlikni, ulug‘vorlikni, ko‘tarinkilikni va qat’iyatni talab qiladi. Davlat madhiyasi bu davlatning ramzi va xalqimizning g‘ururidir. Har bir o‘quvchi madhiyaning matnini yoddan bilishi va har bir so‘zini chuqur anglashi zarur. Orkestr rahbari, avvalambor, yuqoridagi talablarni bajarishda cholg‘uchilarga madhiyamiz haqida barcha ma’lumotlarni berishi va ularda hurmat-e’tibor va vatanparvarlik hislarini rivojlantirishi muhim. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling