Microsoft Word 77 r nigmatov doc


Orkestr bilan safda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga oid umumiy


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

Orkestr bilan safda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga oid umumiy
uslubiy tavsiyalar 
 
Damli cholg‘ular orkestri konsert faoliyatining yana bir ko‘rinishi, bu ochiq 
havodagi ijrodir. Asosan, damli cholg‘ular orkestri azaldan harbiy maqsadlarda
damli va zarbli cholg‘u asboblarni kuchli ovozga ega bo‘lganligi sababli ochiq, 
keng jang maydonlarda qo‘shinlarni boshqarish va ularni ogoh qilish uchun 
maxsus daraklovchi (signal) va turli musiqalardan foydalanilgan. Shuningdek, 
saroy tantanalarida, marosim va bayramlarda, xalq sayillarida damli cholg‘ular 
doim asosiy vazifalarni bajarib, diqqat markazida bo‘lgan. 
Zamonaviy damli cholg‘ular orkestri ishtirokisiz hozirgi kunda davlat 
rahbarlarini kutib olish, o‘tkaziladigan sport bayramlari, musobaqalar, turli 
festivallarni tasavvur qilish qiyin. Turli davlatlarda, xalqlarda o‘tkaziladigan 
tantanalarda damli cholg‘ular orkestrining yurishi an’ana, rasm bo‘lib qolgan. 
Orkestr musiqachilarining bir xil kiyinib saf tortib yurishlari, turli safda yurish 
elementlarini va defele mashqlarini bajarishlari chiroyli tomoshalar ko‘rki 
bo‘ladi. 
Damli cholg‘ular orkestri musiqachilari safda yurib chalishlari uchun juda 
ko‘p va muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazishlari talab qilinadi. Mashqlar ham 
harakatlar bilan, shuningdek, sinfda musiqa asarlari ustida alohida ishlashni 
bosqichma bosqich olib borishni talab qiladi. Orkestr qatnashchilari saf 
harakatlarini to‘g‘ri bajarish ko‘nikmalarini to‘la egallashlari zarur. Buning 
uchun ijrosiz safda yurish mashqlarini bajarish ustida ishlash taqazo etiladi. 
Keyingi bosqich – musiqa asboblari bilan harakatlanish, ularni turli taraflarga 
burish va turli burchaklar ostida ushlash, ko‘tarish, tushirish va boshqa 
harakatlarni bajarishni egallashga erishiladi. Orkestr saf repetitsiyalarini unumli 
o‘tkazilishi shartlaridan biri, o‘quvchilarning o‘z partiyalarini yoddan 
mukammal bilishlari hisoblanadi. 
Orkestr saf mashg‘ulotlarini o‘tkazilishidan maqsad, safga oid asarlar 
repertuarini to‘la egallab, ochiq joyda, musiqachilarni orkestrda o‘zgacha 
joylashuvi sharoitida ijro etish ko‘nikmalarini egallashlariga erishishdir. 


 
29 
Saf orkestr mashg‘ulotlari umumorkestr tarkibi bilan o‘tkaziladi. Dirijyor 
texnik kamchiliklarni bartaraf qilish uchun vaqtini ketkazmasligi kerak. Shu 
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar sinf mashg‘ulotlarida bajarilgan bo‘lishi 
shart. Shu bilan birgalikda ochiq joyda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda 
guruhlararo qo‘shimcha mashg‘ulotlar zarurati ham tug‘ilishi mumkin. Ochiq 
joydagi 
mashg‘ulotlarning 
farqi 
shundaki, 
sinfda 
o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlardagi orkestr guruhlari o‘z joylarida emas, balki safda va ular 
joylashishi bo‘yicha tarqoq holda bo‘ladilar.
Saf mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida dirijyor guruhlar bilan ularning 
ovoz kuchlari darajasini, asarning fakturasida asosiy bo‘lgan guruhlarni bir-
biriga bo‘ysundirib, muvozanatni o‘zaro muvofiqlashtirishi zarur. Asosiy 
maqsad melodik ovoz va unga yo‘ldosh tovushlar bilan birgalikda, kontrapunkt, 
akkompanimentlarni o‘zaro past-baland ovoz tarannumiga erishishdir. Ochiq 
joyda orkestr ovozini pasayishi va kuchsizroq eshitilishi tabiiy holdir, shuning 
uchun cholg‘ular ovozlarini kuchaytirish holatlari yuzaga kelishi mumkin. 
Orkestrning umumovoz kuchini ravonligiga erishish uchun uning tarkibini 
o‘rganilayotgan asarning tonalligi va cholg‘ulashtirilishi masalalarini hisobga 
olish kerak. Umumorkestr ovoz kuchini orttirishga, uning safda to‘liq 
sadolanishiga erishish maqsadida zo‘riqish, bo‘rttirish, haddan ziyod ko‘p kuchli 
nafas qo‘llashga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Bu esa o‘z yo‘lida ijro etilayotgan 
asarning badiiy tomonlarini buzilishiga olib keladi.
Safda ijro etiladigan asarlar janr yo‘nalishi, hattoki orkestrni bajaradigan 
vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, orkestr harakatida milliy cholg‘ular 
joylashuvi (karnay, surnay, nog‘ora, doyra, nay) orkestrning old qismida bo‘ladi. 
Orkestr safi harakatdagi kollona boshida joylashib, uzoq masofaga yurilganda 
damli asboblar guruhi orkestr oldida yoki eshitilishi yaxshi bo‘lishi uchun zarbli 
guruh safdan chiqib turishi ham mumkin. Orkestrni tashqi ko‘rinishi tizilishi 
bo‘yicha ham juda katta ahamiyatga egadir. Shuni hisobga olib orkestr 
ijrochilarini bo‘yiga qarab joylashishlari gohida o‘zgarib turishi mumkin. 
12 ijrochi (4x3) 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling