Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
Martele (martele) – tovushni zarb bilan bosimli chalish shaxdam, dona-
dona, burro, xarakterli tovushlar bog‘lanishi. Cholg‘u guruhlari bilan ishlash Notanish nota matnlarini erkin o‘qish o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishlari uchun zarur va muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Notanish nota matni yozuvlarida tez va bemalol orientir ola bilish, aniq, shuningdek, xatosiz ularni o‘qiy olish o‘qish davrida hamda kelgusi konsert va orkestr faoliyatlarida katta ahamiyat kasb etadi. 27 Har qanday yangi asarning ustida ishlash davomida avvalambor asar mazmuni va shakli bilan o‘quvchilarni tanishtirib chiqish zarur. Dirijyor shu maqsadda berilgan asar haqida qisqacha tushuntirish berib, asosan uning xarakteri, ma’nosi va murakkab texnik tomonlari haqida ko‘rsatmalar berishi kerak. O‘quvchilarga berilgan ko‘rsatmalardan keyin asar haqida tushunchaga ega bo‘lishlari uchun to‘liq ijro etiladi. Asarlarni ustida ishlash jarayoni uch bosqichda olib boriladi: Birinchi bosqich – orkestr partiyalari ustida ishlash dirjyor boshchiligida mutaxassislik va ansambl sinfi o‘qituvchilari bilan birgalikda olib boriladi. O‘quvchilarga o‘z partiyalarini murakkab joylarini erkin ijro etishlari, dinamika talablariga rioya qilishlari, shtrixlarni to‘g‘ri ijro etishlari va belgilangan temp tezligida vazifalarni bajarishlari yuklatiladi. Asosan, diqqatni sof sozga (notalar intonatsiyasi) erishishga qaratish kerak. Shu shartlarni barchasi bajarilib, o‘quvchilar o‘z partiyalarini texnik jihatdan benuqson ijro eta olganlarida bu bosqich nihoyasiga etgan hisoblanadi. Dirijyor cholg‘u guruhlari bilan ishlashdan oldin har bir orkestr ishtirokchisidan o‘z partiyalarni alohida qabul qilib olib, ularni baholashi kerak. Orkestr partiyalarni o‘rganishlarida o‘quvchilardan talabchanlik va tirishqoqlik talab qilinishi, ularning o‘z partiyalarini yuzaki, maqsadsiz qayta- qayta ijro etishlariga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishda orkestr rahbari o‘quvchilardan vazifalarni bajarishlarida ongli ravishda, maqsadli yondashishlarini uqtirishi muhimdir. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling