Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Umumorkestr-ansambl tayyorgarligiga oid masalalar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijrochilik nafasi
- Dinamika Dinamika
Umumorkestr-ansambl tayyorgarligiga oid masalalar
Orkestr-ansambl tayyorgarligining asosiy maqsadi orkestr musiqachilarida birgalikdagi ijro, ya’ni ansambl, ko‘nikmalarini singdirmoqlikdir. Shu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan sabablarni yechish (soz, tovush, shtrix), shuningdek, tarbiyalash, rivojlantirish. Ijrochilarning mahoratlarini oshirishda doimiy, boshlang‘ich amaliy mashg‘ulotlar majmuasidir. Orkestr sinfining dastlabki mashg‘ulotlarida esa orkestr-ansambl tayyorgarligi asosiy ijodiy forma shaklida, jamoa bilan shug‘ullanishda o‘quv adabiyoti sifatida o‘rin tutadi. Ijrochilik nafasi Musiqa asarlarini badiiy va texnik jihatdan to‘g‘ri va sifatli ijro etish ijrochilik nafasidan to‘g‘ri va samarali foydalanishga bog‘liq. Ijrochilik nafasi nafas olish va chiqarishni ifodalovchi murakkab jarayondir. Damli cholg‘ularda chalishdan oldin chuqur nafas olinadi. Nafas olish maksimal darajada tez bo‘lishi kerak. Ravon, tekis va uzun, cho‘ziladigan tovushga erishish uchun silliq, mayin nafas chiqarishni tarbiyalash orqali erishish mumkin. Tovushning kuchini orttirish, kuchaytirish uchun havo bosimini, ya’ni nafas chiqarish (puflash) kuchini kuchaytiriladi. Tovushni 24 kamaytirish yoki pasaytirish uchun esa uning aksi – havo bosimini kamaytirish kerak. O‘quv jarayoni davomida dirijyor tomonidan musiqa frazalarini, ya’ni musiqa jumlalarini uzunligini aniqlash ko‘nikmasini, bir nafas yordamida ijro etishni bajarishga qaratish kerak. Musiqa jumlasini oxirigacha ijro etmasdan yangi nafas olishga yo‘l qo‘yish kerak emas. Zarurat tug‘ilganda dirijyor tomonidan alohida partiya, orkestr guruhi va to‘liq orkestr uchun nafas olish joylariga aniqlik kiritib belgilanadi. Dinamika Dinamika (yunoncha Dinamikos – kuchli) – musiqa tovushlarining qattiq- sekin ijro qilinishidir. Dinamika tovushlarning kuchi, musiqiy ijroni ifodalovchi muhim vositadir. Dinamika uch turga ajraladi: turg‘un, o‘zgarmaydigan; sekin asta o‘zgaruvchi; keskin o‘zgaruvchi. Dinamikaning xillari: rr, r, mp, mf, f, ff va boshqalar. Tovushlarning eng pastkidan eng balandigacha bo‘lgan kuchining sirasi (darajasi) orkestrning dinamik diapazonini tashkil etadi. Tovushlarning sekin asta kuchayishi va susayishi – creshendo va diminuendo terminlari bilan belgilanadi. Keskin farqli bo‘lgan tovushlarni dinamik gradatsiyalarini keskin taqqoslash dinamik kontrastni vujudga keltiradi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling