Microsoft Word 77 r nigmatov doc


Dastlabki mashg‘ulotlarga kirishish


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

Dastlabki mashg‘ulotlarga kirishish 
Orkestr mashg‘ulotlari har doim birgalikdagi ijroga kirishishdan 
boshlanishini o‘ta muhimligini, har bir orkestr ijrochisi ongli ravishda idrok 
etishi shart. Mashg‘ulotlarni muntazam ravishda o‘tkazish orkestr-ansambl 
mashg‘ulotlarining muhim shartlaridan biridir. Har qanday vaziyat, sharoit, vaqt 
ziqligi, o‘yinlarning ko‘pligi va h.k. orkestr-ansambl mashg‘ulotlarini bekor 
qilish yoki uni ko‘chirishga sabab bo‘la olmaydi. Mashg‘ulotlar faqat vaqtdan 
qisqartirilishi mumkin, lekin o‘tkazilishi shart. 
Mashg‘ulotlarda mashqlarga shunchaki yuzaki yondashish mumkin emas. 
Shu sababli dirijyor tomonidan o‘quv masalalarini yechishga aniq talablar 
qo‘yilib, ularni bajarilishi sifatli hamda talab darajasida bo‘lishi ta’minlanishi 
zarur. 
Orkestr jamoasi tomonidan ansambl ijrochiligining doimiy rivoji 
ta’minlanishi uchun dirijyor dars jarayonida o‘ta talabchan bo‘lishi zarur. 
Avvalambor, ijro davomini ayrim katta yoki kichik xatolarga, kamchiliklarga
noaniq soz, noritmik holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kamchiliklarni ko‘rsatish 


 
23 
va aniqlash bilan birgalikda, dirijyor ularni qay tarzda bartaraf qilishni ham 
maslahat berib, ularni to‘g‘irlashga erishishi kerak. Orkestr rahbarining 
talabchanligi oxir oqibatda darslarda sezilarli natijalar bera boshlaydi. 
Har bir mashg‘ulotlar – ikki yo‘nalishda:
1) Doimiy, shartli kompleks mashqlar; 
2) O‘quv dasturida ko‘zlangan mavzulardan birini bajarish bilan olib 
borilishi kerak. 
Doimiy kompleks mashqlarga ketma-ketlik tartibidagi mashqlar parchalari, 
gammalar ijrosi, arpedjio mashqlari, melodik intonatsiyaga doir mashqlar va 
garmonik intonatsiyani qamrovchi katta va kichik mashqlarni kiritish kerak. 
O‘quv 
dasturida 
belgilangan 
mavzularga 
oid 
mashqlar, 
orkestr 
repetitsiyasiga aloqadorligiga qarab tanlanadi. 
Orkestrni repetitsiyaga yoki konsert chiqishlaridan oldin sozlashga va 
tayyorlashga 15 minutdan kam bo‘lmagan vaqt talab qilinadi. 
Orkestr-ansambl tayyorgarligiga o‘rtacha 30 daqiqa ajratilishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Bu qisqa vaqtdan unumli foydalanish uchun dirijyordan 
mashg‘ulotlarni yaxshi tashkillashtirish, orkestr sinfini tayyorlash, nota 
adabiyotlari bilan ta’minlash, mashg‘ulotlarni maqsadli, qiziqarli o‘tkazish talab 
etiladi. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling