Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Shtrixlar va nafas ustida ishlash
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
Shtrixlar va nafas ustida ishlash
O‘zbekiston Davlat Madhiyasi kuplet formasida yozilgan bo‘lib dirijyor oldida muhim ijrochilik masalalarini yuzaga keltiradi. Vokal va instrumental musiqa xususiyatlari birlashgan, omuxta bo‘lgan janrni damli cholg‘ular orkestri bilan o‘rganib, ijro etish ma’suliyati turadi. Yuqoridagi xususiyatlarni e’tiborga 38 olgan holda, shtrixlarni to‘g‘ri tanlash va ijrochilik nafasini aniq taqsimlash masalalarini yechish katta ahamiyat kasb etadi. Madhiyani to‘la ovozda, tantanavor, ulug‘vorlik, ko‘tarinkilik ruhida har bir motivni, jumlani talaffuz etishda aniq-tiniq artikulyatsiya zarur. Buning uchun madhiyani detashe shtrixi yordamida, legato bilan belgilangan joylarda legato yordamida ijro etish talab etiladi. Ijrochilik nafasi murakkabroqdir. Agar orkestr tarkibi katta bo‘lsa va bir partiyaga bir nechta ijrochi to‘g‘ri kelsa, unda har bir ijrochiga nafas joyi aniq ko‘rsatilib, to‘xtovsiz, uzilishsiz nafas ijrosi qo‘llaniladi. Agarda orkestr tarkibi kichik bo‘lsa, unda nafas har bir she’riy jumladan so‘ng olinadi. Shunda musiqiy jumlalar tuzilishi buzilmaydi. Garmonik partiyalarni ijro qiluvchi musiqachilar nafaslari shunday rejalashtirilishi zarurki, melodik liniya uzilishlarida ularni (pauza, musiqiy jumla oxiri) to‘ldirib turish kerak. Orkestr ijrochilari o‘z partiyalarini yoddan mukammal bilishlari shart. Dirijyor har bir musiqachini mukammal tekshirib, o‘z partiyalarini aniq ijro qilayotganlariga amin bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Davlat Madhiyasining yuksak badiiy mahorat bilan ijro etilishi dirijyor va orkestr musiqachilari zimmasiga katta ma’naviy ma’suliyat yuklaydi. Shuni doim esda tutish lozimki, Davlat Madhiyasining har bir ijrosi tinglovchilarda ruhiy ko‘tarinkilikni, jo‘shqinlikni kuchaytirishi va o‘z vataniga, xalqiga bo‘lgan g‘urur va iftixorini orttirishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling