Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
Dinamika ustida ishlash
Davlat madhiyasi ustida ishlashda dinamika doim dirijyorni diqqat markazida bo‘lishi zarur. U o‘quvchilarga madhiyani ifodaviy vositalarining ta’sir jihatlarini uqtirib borishi kerak. Dinamika haqida gapirilganda dirijyor o‘quvchilardan muallifning ko‘rsatmalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini va ularni risoladagidek ijro qilishlarini tushuntirishi kerak. Shuni hisobga olish kerakki, dinamik turlar (tus) musiqa xarakterini va uning ma’naviy, hamda emotsional mazmunini ochib berishga ko‘mak beruvchi kontur-orientir vazifasini bajaradi. Dinamik belgilarga noijodiy, yuzaki munosabat asar xarakterini buzishga olib kelishi mumkin. Masalan, ma’lumki «Forte», «Fortissimo» dinamikalari ko‘plab xarakter-tuslariga ega. Ular g‘azab, sevinch, tahdid yoki shod- xurramlikni ifodalashi mumkin. Shuning uchun O‘zbekiston Davlat Madhiyasining dinamik belgilari faqat forte yoki fortissimo nyuanslarining o‘zini emas, shuningdek ularni asarda qanday ma’no-mazmun anglatishini, qaysi xususiyat, tus, ruhiy tomonlarini ochib berishini hisobga olishimiz darkor. Keskin, sershovqin, ifodasiz ijroga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Tovushni keskin kuchaytirish, balandlatish – ijro madaniyati saviyasining pastligidan dalolat beradi. 37 Bu kabi xatolarga orkestr guruhini boshqa bir guruhga «bosim» o‘tkazishi, baland chalishi, masalan akkompanementni melodik liniyadan yoki aksi – melodiyaning garmoniyadan ajralib qolishi kiradi. Zarbli cholg‘ular doim alohida yondashuvni talab qiladi. Har xil akustik sharoitlarda ular har xil tovush kuchiga ega bo‘ladilar. Dirijyor ularni doim tuzatib turishi kerak, ayniqsa, yopiq joylarda ijro etilganda ularni mumkin qadar jilovlab turilmasa, ularning «zo‘r berishi» gimn ijrosidagi sadolanishiga zid natijalarga olib keladi. O‘zbekiston Davlat Madhiyasining dinamikasi ustida ishlashda quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: 1. Guruhlarda musiqachilararo tovushlarni mutanosibligi va sozligiga erishilmagunga qadar umumorkestr mashg‘ulotlarga kirishish mumkin emas. Chunki bularsiz butun to‘laqonli, sifatli, organ cholg‘usi kabi orkestr sadolanishiga erishish mumkin emas. Akkordli kuyni ijro etuvchi guruh alohida diqqatni talab qiladi. Bu yerda barcha akkordli melodik yo‘nalishni teng sadolanishiga erishmoq zarur. So‘ngra, garmonik guruhlarda tovush balansini taqsimlash va o‘rnatish kerak (valtornalar, altlar, trombonlar, II tenor). Nihoyat, orkestrni pastki registr guruhining dinamikasini to‘g‘irlab olish kerak (baslar, trombon III, fagot). Fanfara ijrochilari bilan ham alohida ishlash kerak (trubalar, trombonlar). Dirijyor barcha dinamik tuzatishlarni to‘liq ishlab bo‘lganidan so‘ng, umumorkestr mashg‘ulotlariga kirishish mumkin. 2. Orkestr guruhlarining o‘zaro tovush mutanosibligiga akkord ijrosida qachonki barcha orkestr cholg‘ularining tovushlari eshitilgandagina erishiladi. Masalan, ijro davomida misli cholg‘ular guruhi yog‘och damli cholg‘ular guruhini eshitishga erishishlari orkestr sadolanishining to‘liq, sifatli bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ijro davomida biror bir guruhning eshitilmasligi bu orkestr dinamikasini chala yoki mukammal emasligidandir. Buning uchun har bir orkestr ijrochisi o‘z cholg‘u asbobining tabiatini, tovush kuchini hisobga olishi va umum orkestrda «Forte» yoki «Fortissimo» nyuanslari ijrosiga differensial (tafovutli) munosabatda yondashishi kerak. 3. Madhiya avjida (kulminatsiya) ham dinamika o‘ziga xos bo‘lgan, asar ruhiga mos darajada belgilanishi shart. 4. Signal-fanfara ijrochilarining melodik liniyani bosib ketishiga va siqib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling