Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Intonatsiya ustida ishlash
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
Intonatsiya ustida ishlash
O‘zbekiston Davlat Madhiyasi o‘rganiladigan mashg‘ulotlarda damli orkestr cholg‘ulari bilan intonatsiya ustida diqqat bilan astoydil ishlash talab qilinadi. Bular: – Birinchi akkord; – Takt oldi punktir notalar; – Birinchi taktdagi yarimtalik nota; – Melodik ovozlar; – Garmonik (akkompanement); – Fanfara-signallar; – Yakunlovchi akkord. 35 Gimn intonatsiyasi ustida ishlash davomida barcha ijrochilardan tovushlarni aniqlik bilan sadolantirishlari tavsiya qilinadi. Masalan, birinchi akkordda: 1 – asosiy tovush – Re; – yuqori tovush – Lya. Keyingi jarayonda guruhlarda sof kvinta intervalini sadolanishiga kirishish kerak. Buning uchun quyidagi mashqlar bajariladi: 1) Guruhlarda sof kvintani sozlash: – trubalar-kornetlar; – trombonlar-baritonlar-tenorlar; – valtornalar-altlar-saksofonlar; – fleytalar-goboylar-klarnetlar; – baslar-fagotlar; 2) Guruhlararo tovush balandligini qiyoslash, solishtirish uchun o‘rta tesseturadagi barqaror guruh tanlanadi: valtornalar, saksofonlar, altlar Trubalar-kornetlar trombonlar-baritonlar, tenorlar fleytalar, goboylar, klarnetlar 3) Guruhlarni har xil ketma-ketlikda, ustma-ust qo‘yish yo‘li bilan qiyoslash. Trubalar, kornetlar + Valtornalar,saksofonlar, altlar + Trombonlar, baritonlar, tenorlar + Fleytalar, goboylar, klarnetlar + Masalan: Baslar, fagotlar 1 Madhiya muallifi kesilgan (усеченная) dominanta akkordidan foydalangan. 36 4) Umumorkestr sadolanishida shartli ishora bilan orkestrni to‘xtatgan holda, tovush balandligini aniqlash maqsadida kerakli guruh qoldirilib, intonatsiyasi tekshiriladi. Masalan: Umumorkestr Fleytalar, goboylar, klarnetlar yoki Umumorkestr Valtornalar, saksofonlar, altlar va hokazo 5) Ijrochilarda har qanday dinamikada intonatsiyani saqlab qolish ko‘nikmalarini tarbiyalash: rr Shu xildagi metodik usullardan foydalanish orqali O‘zbekiston Davlat Madhiyasi ijrosida boshqa intonatsion noaniqliklarni ham bartaraf qilishga erishiladi. Ohang, kuy ustida ishlash alohida yondashishni talab qiladi. Melodik liniyaning ustida yetarli darajada ishlash orqali intonatsiya aniqligiga erishish mumkin (fleyta, goboy, klarnet, truba, kornet, tenor, bariton). Bu ish jarayoni, ya’ni, gimn intonatsiyasi ustida ishlash eng sermehnat, dirijyor hamda musiqachilardan qunt-matonat talab qiladi. Orkestr sozining sofligiga intonatsiya ustida yakka va guruhlar bilan jiddiy va puxta ishlash natijasida erishiladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling