Mundarija. Kirish


Download 469.5 Kb.
bet1/9
Sana20.01.2023
Hajmi469.5 Kb.
#1104932
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tojiboyeva Dilafruz.1


Mundarija.
KIRISH ...............................2
I BOB.SO‘Z TARKIBINI O‘RGANISH METODIKASI

1.1 3-sinf ona tili darslarida so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning metodik ahamiyati 8


1.2 3-sinf ona tili darslarida so‘z yasalishi ustida ishlash .......15
II BOB.SO‘ZNING MORFEMIK TARKIBINI O‘RGANISH
2.1 3-sinf ona tili darslarida so‘z tarkibini o‘rganishda dars samaradorligini
oshirish 17
2.2 Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar diqqatini jamlashga doir usullar ...............29


Xulosa .......................................................39


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .................................................................42


KIRISH
Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taʼkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.
Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.
– Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida. – Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi.
– Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz kerak, – dedi Prezident.

Yigʻilishda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va oʻzgarishlar natijadorligi maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalayotgani qayd etildi. Shu bois maktab direktorlari va muallimlarga koʻp narsa bogʻliq. Ular qishloq va shaharlarda taʼlim-tarbiya, madaniyat va maʼnaviyat tarqatadigan fidoyi kishilardir. Maktablar nafaqat taʼlim maskani, balki mahallaning madaniy, intellektual markazi boʻlishi zarur.
Maʼlumki, mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qoʻyilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.
Farmon loyihasida taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini koʻrsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.
Jumladan, jamiyatda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos etib, oʻz ustida koʻproq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni ragʻbatlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda.
Eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va eʼtiborini tubdan oʻzgartirish, ularning masʼuliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda.
Videoselektor yigʻilishida taʼlim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, taʼlim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini taʼkidladi.
Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri.
– Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib, yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilish muhimligi taʼkidlandi. Xalq taʼlimi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqib, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab taʼlim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qoʻyildi.
Yangi metodikani samarali yoʻlga qoʻyish uchun barcha maktab oʻqituvchilari videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida oʻqitiladi. Eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yoʻnalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanadi. Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari boʻyicha chet ellardagi ilgʻor darsliklar chuqur oʻrganib chiqiladi.
Maktablarni taʼmirlash, obodonlashtirish, isitish kabi xoʻjalik masalalariga hokimlar shaxsan masʼul ekani eslatib oʻtildi. Shuningdek, oliy oʻquv yurtiga kira olmagan bitiruvchilarni muayyan kasb-hunar yoki tadbirkorlikka jalb etish muhim.
Shu bois kelgusi yildan boshlab 7-sinfdan oʻgʻil-qizlarning kasbga qiziqishlarini aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yoʻnaltirish amaliyoti joriy qilinishi belgilandi. Hududdagi sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish korxonalari maktablarga biriktiriladi.
Har bir maktab reytingini hamda shu asosda taʼlim sifati boʻyicha tuman, shahar va viloyatlar reytingini ishlab chiqish zarurligi aytildi. Reyting natijalariga qarab, maktab direktorlari va oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, hokimlar va ularning taʼlim boʻyicha maslahatchilari faoliyatiga baho beriladi.
Reytingda birinchi beshlikka kirgan maktab direktorlariga mahalliy byudjetdan ustama toʻlanadi. Xususan, maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlariga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravaridan 12 baravarigacha ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar beriladi. Shu bilan birga, xalq taʼlimi boʻlimi rahbari va metodisti, maktab direktorlari, tuman reytingida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan maktablarning 2 nafar ilgʻor oʻqituvchisiga kasaba uyushmalari hisobidan har yili sihatgohlarga ikki haftalik bepul yoʻllanma beriladi. Shuningdek, fidoyi pedagoglar boshqa yoʻllar bilan ham ragʻbatlantiriladi.
Yigʻilishda pedagog kadrlar malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bugungi kunda pedagoglar har 5 yilda, rahbar kadrlar esa har 3 yilda malaka oshirmoqda. Lekin bu toʻla qamrov uchun yetarli emas. Joriy yilda Sirdaryo viloyatida 11 ming nafar maktab oʻqituvchilarining barchasi sinov tariqasida masofaviy malaka oshirish kurslari bilan qamrab olinmoqda.
Kelgusi yili Buxoro, Samarqand, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida malaka oshirish boʻyicha masofadan oʻqitish tashkil etiladi. Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagog kadrlar malakasini oshirishda respublikada yetakchi oliygoh etib belgilanadi. Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti esa taʼlim muammolarini chuqur oʻrganadigan ilmiy-tadqiqot dargohi boʻladi.
Oʻqituvchilar toifasini belgilash tartibini ham tubdan qayta koʻrib chiqish lozimligi taʼkidlandi.
Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan 490 mingdan ziyod pedagoglarning 4 foizi oliy, 15 foizi birinchi toifaga ega. 4 bosqichdan iborat amaldagi attestatsiya tizimida qogʻozbozlik hanuzgacha saqlanib qolgan.
Shu bois mutasaddilarga toifa berish tartibini soddalashtirish, pedagoglar bilimini yil davomida baholash imkonini beruvchi 2 bosqichli tizimga oʻtish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Yana bir muammo – taʼlim sifati pastligi, moddiy-texnika bazasi yetarli boʻlmagani sababli ayrim maktablar toʻliq quvvatda ishlamayapti. Masalan, Toshkent shahridagi 32 ta maktabda oʻquvchilarni qamrab olish darajasi past.
Mamlakatimizda xususiy taʼlim muassasalariga keng sharoit yaratilayotgani bois kelgusi yildan eksperiment tariqasida kam quvvatda ishlayotgan maktablarni tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga berish taklifi bildirildi.
Maktablarda zamonaviy boshqaruvni joriy qilish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Endi maktab direktorlarini lavozimga tayinlash bevosita mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi. Har bir nomzod maktabning koʻrsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish boʻyicha oʻz dasturi bilan tanlovda ishtirok etadi va har yili kengashlar oldida hisobot beradi.
Bundan asosiy maqsad – maktablarning samarali faoliyatini tashkil etish, direktorlar ishiga noqonuniy aralashuvlar va kadrlar qoʻnimsizligiga barham berish.
Maktablar bilim bilan birga tarbiya, maʼnaviyat maskani hamdir. Davlatimiz rahbari bu ishlarga hududlarda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarni keng jalb qilish, maktablarning direktor jamgʻarmasidan va mahalliy byudjet mablagʻlaridan ularga oylik maosh toʻlash lozimligini taʼkidladi.
Oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va qamrovni oshirish, har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy bilim yurti tashkil qilish muhimligi qayd etildi.
– Bugun koʻrib chiqilgan masalalar hammadan, maktab direktoridan boshlab Bosh vazirgacha boʻlgan barcha boʻgʻindagi rahbarlardan yuksak masʼuliyat va yuqori darajadagi javobgarlikni talab qiladi. Bu – yillar davomida koʻrinmaydigan, ammo natijasi yaqin 10-15 yilda butun mamlakat qiyofasini tubdan oʻzgartirishga asos boʻladigan qudratli manba, – dedi Prezident.

Parlament vakillari, shuningdek, joylardagi mahalliy kengash deputatlaridan taʼlim tizimidagi oʻzgarishlarni xalqimizga yetkazib, daxldorlik hissini oshirish, farmon qabul qilingach, ijrosini nazoratga olish, oʻz tajribalari bilan amaliy yordam berish soʻraldi.
Yigʻilishida hokimlar, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, maktab direktorlari, pedagoglar taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga oid fikr-mulohazalarini bildirdi.1

_____________________________________


1 Sh.Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo’yicha vidioseletor yig’ilishidagi nutqi. yuz.uz 30.10.2020

Maktabda grammatik materialni o‘rganish amaliy yo‘nalishga ega bo‘lgani va birinchi navbatda, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani uchun, bir til kategoriyasining boshqasiga tobeligini va bir-birini taqozo qilishini tushunish bilan birga, o‘quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni hal qilishda, ya’ni so‘zlarni yozish, gap tuzish, so‘zni tahlil qilishda foydalanishga o‘rgatish ham muhimdir.


O‘qituvchi tilni o‘rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo o‘quvchilarning nutqiy tajrbasiga suyanadi va til kategoriyalarining bog‘liqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo‘naltiradi.
Bilim komponentlari o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi.
Ona tilini o‘rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta’minlanadi? Avvalo, maktab dasturi lingvistik materialni o‘rganishda yangi o‘rganiladigan materialning ilgari o‘rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog‘lanishini aniqlashga imkon beradigan izchillikni ko‘zda tutadi.
O‘qituvchi bu bog‘lanishning mohiyatini metodik jihatdan aniq ko‘z oldiga keltirishi zarur. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan til hodisalarini ketma-ket va parallel o‘rganish mumkin. Bularning qaysi biridan foydalanish ma’qulroq degan masala ko‘proq materialning lingvistik mohiyatidan kelib chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fe’ldan oldin o‘rganiladi, bu fe’lning shaxs-sonda tuslanishini kishilik olmoshlariga bog‘lab o‘rganish imkonini beradi. O‘qituvchi yangi o‘rganiladigan materialni ilgari o‘rganilganlar bilan bog‘laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi. Masalan, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni o‘rganishda ular so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan taqqoslanadi (so‘z yasovchi qo‘shimcha yangi so‘z hosil qilish uchun xizmat qilsa, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha so‘zning shaklini o‘zgartirish uchun, ya’ni gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi).
O‘quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o‘qituvchi bu tartibga rioya qilib so‘zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi.
So‘z turkumiga ko‘ra tahlil og‘zaki va yozma tarzda o‘tkaziladi: uni mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To‘liq bo‘lmagan morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi.

I BOB. So‘z tarkibini o‘rgatish metodikasi





Download 469.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling