Mundarija. Kirish
-sinf ona tili darslarida so‘zning morfemik tarkibini organishning metodik ahamiyati
Download 469.5 Kb.
|
Tojiboyeva Dilafruz.1
1.1 3-sinf ona tili darslarida so‘zning morfemik tarkibini organishning metodik ahamiyati
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o‘qitishga katta ahamiyat berila boshlandi. Bunda 1989 yil 21 oktyabrda «O‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish haqidagi qaror alohida o‘rin tutadi. Ta’lim sohasidagi bu o‘zgarishlar ona tili o‘qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko‘plari maktablarda amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda. Shunday qilib, fan sifatida ona tili o‘qitish metodikasining o‘z predmeti, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo‘lib, bir qator fanlar o‘rtasida uning ma’lum orni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. Keyinchalik 1931 yil 5-sentyabrda qabul qilingan Boshlang‘ich va o‘rta maktab haqidagi, 1932 yil 25-avgust qabul qilingan «Boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quv dasturlari rejimi haqida»gi qarorlar yuqoridagi kabi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o‘quv mashg‘ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o‘qituvchilarga yordam berdi. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti – o‘quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyidagi ko‘rsatilgan omillar tilni o‘rgatish bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi: 1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang‘ich sinflarda tilni o‘rgatishning yetakchi yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi. 2. Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo‘lib, tafakkur so‘z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o‘zicha yashamaydi. Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi)ni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishdagi yetakchi tamoyil bo‘lib, uni amalga oshirish o‘quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o‘zaro bog‘langan muhim tomonlarga ega bo‘lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o‘zaro bog‘langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi. Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o‘quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to‘g‘ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o‘qituvchining tutgan metodologik yo‘lining aniqligi, o‘quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o‘rgatishga asos bo‘ladigan til materialining yuqori sifatli bo‘lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. Shubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo‘lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to‘g‘ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi. Tilning rivojlanishi, ayrim so‘zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o‘rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o‘rinda «So‘zning tarkibi» bo‘limi katta imkoniyatga ega. O‘quvchilar bu bo‘lim materiallarini o‘rganish jarayonida tilimizning yangi so‘zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so‘z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko‘pgina yangi so‘zlar tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo‘zchi kabi. Tilda yangi so‘zning paydo bolishi ozidan keyin bir xil asosli sozlar guruhining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi. Boshlang‘ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o‘rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo‘lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi. Tildan bilim berishda o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O‘qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo‘lgan daliliy materiallarni yig‘ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o‘rganish natijasida o‘quvchilar nutq faoliyatining sifati o‘zgaradi, ongliligi ortadi. O‘tgan asrning 50-70-yillari mobaynida boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasida anchagina qo‘llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o‘qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o‘qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi. 1955 yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila boshlandi. Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o‘zaro munosabati, his-tuyg‘ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlanadi. Maktabda ona tilini chuqur o‘rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktab o‘quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. Ona tili boshqa fanlarni o‘qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg‘otishda ham alohida o‘rin tutadi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o‘qigan bola o‘zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘rinni egallar ekan, har bir o‘quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Boshlang‘ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi O‘zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi 203-sonli qarorida umumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi: 1. Boshlang‘ich ta’lim. 2. Umumiy o‘rta ta’lim. Respublikamizda uРmumiy o‘rta ta’limning standarti yaratildi. Unda boshlang‘ich bosqich va umumiy o‘rta ta’lim nihoyasida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi. Hozirda o‘quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy o‘yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda mashg‘ulotlar uyushtirilmoqda. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ona tili o‘quv fani sifatida shakllanib, rivojlanishning murakkab yo‘lini bosib o’tmoqda. Dialektik tafakkur keng ma’noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog‘liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig‘indisi bilan rivojlanishda ko‘rish ko‘nikmasini ta’riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o‘quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o‘z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o‘rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko‘nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o‘quvchilarning o‘quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo‘lmoqda. Tilni o‘rganishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o‘quvchilarning o‘zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi. Ona tilini o’rganish jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o‘rgatishga asos bo‘ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuygulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o‘quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o‘stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Keyigi yillarda maktab ona tili darsliklari va o‘qituvchilar uchun nashr qilingan qo‘llanmalar materiali mazmuniga qo‘yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy me’zoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog‘lanishi, matnlarning g‘oyaviy-mavzuviy yo‘naltirilganligi, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mosligidir. Shunday qilib, tilni o‘rganish jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o‘qituvchining metodologik yondashuvi, o‘quvchilar o‘zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o‘quvchilar o‘rganib oladigan bilish usuli, tilni o‘rganishga asos bo‘ladigan materialning bilim berishdagi, g‘oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan. O‘quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi. So‘z, so‘z birikmasi va gap grammatik tomondan ko‘pgina xususiyatlarga ega. So‘zning o‘z morfemik qurilishi, o‘zining so‘z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So‘z birikmasi ham so‘z kabi so‘z o‘zgarishi (ko‘proq ergash so‘z o‘zgaradi) shakllariga ega. Gap o‘z qurilishiga ko‘ra so‘zdan sifat jihatdan farqlanadi: so‘z o‘zi alohida kelganda mustaqil ma’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma’no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma’nosi yana oydinlashadi. Gap va so‘z birikmasi qurilish materiali sifatida xilma-xil tuzilgan so‘zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir. Shunday qilib, tilning har bir jihatining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rib chiqishning o‘zi ularning o‘zaro munosabatini, bir-biriga o‘tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatlar ham shunga o‘xshash murakkabdir. So‘z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo‘lib, bunga so‘zning leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog‘liq bo‘ladi. Yangi so‘z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o‘zining leksik ma’nosiga ega bo‘ladi. Har bir so‘z turkumida so‘z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud. So‘zning morfemik tarkibi va yangi so‘z yasalish usullari tilshunoslik fanining so‘z yasalishi bo‘limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o‘rganiladi. O‘quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo‘lgan so‘z, morfema, so‘z birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallel shakllantirish bilan birga ongli o‘zlashtiradilar. So‘zga lingvistik munosabat so‘zni tovush-harf tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni o‘rtasidagi bog‘lanishini aniqlash, so‘zni morfemik tahlil qilish va so‘zga leksik ma’no berishda morfemaning o‘rnini tushunish; so‘zni grammatik tahlil qilish va shu so‘zning muayyan so‘z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik belgilari o‘zaro bogliqligini tushunish konikmasining shakllanishiga qarab o‘sib boradi. Masalan, III sinf o‘quvchilari gapdagi so‘z birikmalarini topadilar, ammo u so‘z birikmasidagi so‘zlar o‘zaro qanday, ya’ni nimalar yordamida bog‘langanini tushuntira olmaydilar. IV sinf o‘quvchilari gapdagi so‘z birikmasini topadilar va so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar (kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari) yoki ohang yordamida bog‘langanini tushuntiradilar, ya’ni bog’lanish grammatik vositalar bilan ifodalanishini ko‘rsatadilar. Bu so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanish mohiyatini elementar darajada tushunish bo‘lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanish turlari, bosh va ergash so‘zning xususiyatlarini) tushunadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarda so‘zga, so‘z birikmasi va gapga lingvistik munosabatni ta’lim jarayonida maqsadga muvofiq o‘stirib boradi, xususan, o‘rganiladigan kategoriyani oquvchi tushunib olishiga g‘amxo‘rlik qiladi. Download 469.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling