3-ma’ruza: Leksikologiyaning obyekti, predmeti va vazifalari. Reja
Download 30.23 Kb.
|
3-4-Ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soʻz va iboralar
3-MA’RUZA: Leksikologiyaning obyekti, predmeti va vazifalari. Reja: 1.Leksikologiyaning predmeti haqida tushuncha. 2. So‘z va uning belgilari. 3. So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nosi. 4. Lug‘aviy ma’noning turlari. Tayanch soʻz va iboralar: leksikologiya, leksik tizim, soʻz, leksema, leksik ma’no, tushuncha, grammatik ma’no, semasiologiya, hissiy ma’no, uslubiy ma’no, oʻz ma’no, koʻchma ma’no. Leksikologiyaning predmeti haqida tushuncha Leksikologiya1 o‘zbek tili kursining lug‘at tarkibi (leksikasi)ni o‘rganadigan bo‘limidir. Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig‘indisi leksika deyiladi. Bu so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil etadi. Leksikologiya tilning lug‘at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi tomondan tekshiradi. Tilning lug‘at tarkibini ichki tomondan o‘rganadigan sohasi semasiologiya2 deb yuritiladi. Unda so‘z va iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o‘rganiladi. Har qanday so‘z tilda paydo bo‘lishi bilan o‘zining shakli va ma’nosiga ega bo‘ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodalaydi. So‘zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. Demak, semasiologiya so‘z hamda turg‘un iboralarning ma’no xususiyatlarini tekshiradi. Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya3 deb yuritiladi. U tilning lug‘at tarkibidagi so‘z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so‘zlarning va boshqa tillardan kirgan so‘zlarning ma’noli qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so‘zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi. Leksikologiya tashqi tomondan lug‘at tarkibining hozirgi ahvolini, tilning lug‘at tarkibida sodir bo‘layotgan turli o‘zgarishlarni: so‘zlarning qo‘llanish darajasini, ba’zi so‘zlarning eskirib iste’moldan chiqib ketishini (sekretar, oblast kabi), fan, madaniyat va texnikaning uzluksiz rivojlanishi bilan tilning yangi so‘zlar hisobiga boyishini, ba’zi so‘zlar ma’nosida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni (ma’no ko‘chish hodisasini) o‘rganadi. Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya4 deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so‘zlarni yozma ravishda to‘plashdir. Leksikografiya so‘z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo‘yicha to‘plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug‘at kitoblari shaklida nashr etadi. Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. Fonetika nutq tovushlarini o‘rganadi. Leksika shu tovushlar asosida shakllanadigan so‘zni, grammatika o‘z qonun-qoidalari asosida so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi va tilni fikr ifodalash uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo‘lmasa, so‘z bo‘lmaydi, so‘z bo‘lmasa grammatikaning ham bo‘lishi mumkin emas. Download 30.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling