3-ma’ruza: Leksikologiyaning obyekti, predmeti va vazifalari. Reja
Download 30.23 Kb.
|
3-4-Ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giponimiya.
Paronimlar – talaffuzi bir-biriga yaqin, ammo ma'nolari har xil bo‘lgan so‘zlardir. Paronimlik ko‘pincha orfoepiya me'yorlariga rioya qilmaslik natijasida vujudga keladi. Masalan,ganch (ohak) – ganj (boylik), quyilmoq (Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi) – quyulmoq(tuman tobora quyuqlashdi). Paronimlarga misollar: shox-shoh, afzal-abzal, bo‘shliq-bo‘shlik, ahl-ahil, yondosh-yondash, otalik-otaliq. Paronimlarni so‘z variantlaridan farqlash lozim. Bir so‘z ikki xil shaklda yoziladi va bu imloviy xato hisoblanmaydi. Ular o‘zaro sinonim yoki paronim emas, bir so‘zning variantlari sanaladi. Masalan, kaptar-kabutar, obro‘-obro‘y. Paronimlarni noto‘g‘ri qo‘llash natijasida gapda uslubiy jihatdan xatoliklar vujudga kelishi mumkin. Masalan, quyosh hamal burchiga o‘tdi.
Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati. Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi. Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini ifodalovchi ko‘pgina ma’noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksemasi, dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy birlik. Giponim esa ma’lum jins turining nomini hamda o‘zining semantik tarkibida implitsit tarzda jins ma’nosini ham ifodalovchi, semantik jihatdan giperonimga nisbatan boy bo‘lgan lug‘aviy birlik. Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu esa ob`ektiv borliqdagi umumiylik tushunchasi bilan bog‘liq. Masalan, [daraxt] giperonimi jins ma’nosini ifodalovchi leksema sifatida daraxtning barcha turini ifodalovchi leksemalarni leksik-semantik munosabat asosida birlashtirib, leksik-semantik guruh hosil qiladi. SHu boisdan [daraxt] leksemasi giperonim sifatida giponimi bilan leksik-semantik aloqaga kirisha oladi. Masalan, [daraxt]-[qayin], [daraxt]-[terak], [daraxt]-[dub], [daraxt]-[ archa]. Giponimlar teng huquqli bo‘lib, giperonimga munosabati bir xil. O‘z navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya hodisasi bilan ham bog‘lanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi [daraxt] nomi dastlab ikki guruhga bo‘linadi: mevali daraxt va manzarali daraxt. Mevali daraxt o‘z mevasining nomi bilan ataladi. SHuning uchun bu leksema ko‘p ma’noli bo‘lganligi bois bir tomondan [meva], ikkinchi tomondan [daraxt] giperonimi bilan semantik munosabatga kirishadi: [Meva]: [olma]-[o‘rik]-[shaftoli]-[behi]. [Daraxt]: [olma]-[o‘rik]-[shaftoli]-[behi]. [Daraxt] giperonimi jins tushunchasini ifodalovchi leksema sifatida, birinchi navbatda, shu jinsning turini bildiruvchi so‘z bilan bog‘lanadi. [Daraxt] leksemasi uning turi nomi o‘rnida qo‘llanishi ham mumkin. Lekin giperonim giponim o‘rnida qo‘llanganda uning mohiyatini yorqin ifodalay olmaydi. SHu boisdan o‘z oldidan giponimni aniqlovchi sifatida qabul qiladi: o‘rik daraxti, shaftoli daraxti kabi. Download 30.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling