3-ma’ruza: Leksikologiyaning obyekti, predmeti va vazifalari. Reja


Download 30.23 Kb.
bet5/9
Sana11.09.2023
Hajmi30.23 Kb.
#1675928
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-4-Ma`ruza

O‘z va ko‘chma ma’no. So‘z nutqda o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanishi mum-kin. So‘zning nutqdagi ma’nosi uning sememasiga mos kelsa, bu o‘z ma’no deyiladi. Masalan, oltin so‘zining sememasi “sariq rangli qimmatbaho metall”. Quyidagi gapda oltin so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan: O‘zbekistonda yuqori sifatli oltin qazib olinadi.
So‘zning o‘zi anglatgan tushunchadan boshqa tushunchani obrazli, ta’sirli tarzda ifodalashi so‘zning ko‘chma ma’nosi deyiladi.
Zohiriy va botiniy-ramziy ma’no. So‘zning hamma uchun tushunarli, ko‘zga ko‘rinadigan, oddiy, sodda ma’nosi zohiriy ma’no deyiladi. Masalan, suv so‘zining “tiniq, rangsiz ichiladigan suyuqlik” ma’nosi zohiriy ma’no hisoblanadi.
So‘zning hamma uchun tushunarli bo‘lmagan, maxsus ma’noda qo‘llanishi botiniy-ramziy ma’no deyiladi. Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab kabi o‘zbek, Hofiz, Sa’diy, Jomiy, Umar Xayyom kabi fors-tojik mumtoz adabiyoti namo­yondalari o‘z g‘azal va dostonlarida so‘zning zohiriy ma’nolari bilan birga ramziy, ishorali ma’nolaridan ham foydalanganlar. Ularning asarlarida uchraydigan yor, mahbuba, suyukli, oshiq, gul, bulbul, tikan, soqiy, rind, sharob, may, mayxona kabi ko‘pgina so‘zlarda islom dini va falsafasi asosida boshqa xil – botiniy-ramziy, ishorali ma’nolar yashiringan. Bu so‘zlarning botiniy-ramziy ma’nolari Haqqi mutlaq, yagona va yakka Ollohga ishora qilish, borliqni yaratish sababchisining sifatlarini ramziy timsollar orqali vositasida ifodalashga xizmat qilgan. Ular go‘zal yor va ma’shuqa deganda Haqning o‘zini, gul deganda uning go‘zalligini, may, sharob deganda Haqni topish vositalari – xudoga muhabbat, yaxshilik qilish, o‘zni tiyishni tushunganlar. Oshiq, bulbul, majnun kabi so‘lar Haqni topishga intiluvchi Haq toliblariga, Haqtalablarga ramziy ishora qilib turadi.


Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar
Tildagi so‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘ladi.Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir ma’noni ifoda etuvchi so‘zlar bir ma’noli so‘zlar5 deyiladi. Masalan, kompas, marmar, morfologiya, taassurot, xulosa, gigiena, g‘ oya, mimika, qobiliyat, fonema va b.
So‘zlar ba’zan alohida holatda, nutqdan tashqarida bir xil ma’noni, gap tarkibida boshqa so‘zlar bilan bog‘liq holda boshqa bir ma’no anglatishi mumkin. Masalan, pasaymoq so‘zi gapdan tashqarida olinganda yerga tomon yaqinlashmoq ma’nosini bildiradi. Gap tarkibida esa bilimi pasaydi, ko‘rish sezgisi pasaydi kabi boshqa ma’nolarni bildiradi.
Bu so‘zlar birdan ortiq leksik ma’no ifodalayotgani uchun ko‘p ma’noli so‘z sanaladi.
Demak, nutqdan tashqarida bir ma’no, nutq tarkibida boshqa so‘zlar bilan bog‘liq holda yana boshqa ma’no ifodalovchi so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlar6 deyiladi.
Ko‘p ma’nolilik til taraqqiyoti davomida kelib chiqadi. Tildagi har qanday so‘z, avvalo biror narsa yoki hodisani atash tufayli paydo bo‘ladi, ya’ni bir ma’nonigina ifodalaydi. Keyinchalik esa shu so‘z taraqqiyoti ma’no tufayli ko‘p ma’noli so‘zga aylanishi mumkin. Ko‘p ma’noli so‘zlarda 2 xil ma’no farqlanadi: 1) bosh (asl, o‘z) ma’no; 2) yasama (ko‘chma) ma’no. Bosh ma’no so‘zning nutqdan tashqarida ifodalagan ma’nosi bo‘lib, u boshqa ma’nolarning kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Yasama ma’no bosh ma’noning taraqqiyoti bilan yuzaga keladi. Masalan, og‘iz so‘zining bosh ma’nosi insonning tana a’zosi, g‘ orning og‘zi, qopning og‘zi yasama ma’no. So‘zning yasama ma’nosi gapdagi boshqa so‘zlar bilan bog‘liq holda anglashiladi.



Download 30.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling