- REJA
- 1.Nomoddiy aktivlar, ularning tartibi va investitsiya ob’ekti sifatidagi roli.
- 2.Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida nomoddiy aktivlarni kengaytirish .
- 3.Nomoddiy aktivlar tarkibida “gudvill” va uni baholash.
Nomoddiy aktivlar, ularning tartibi va investitsiya ob’ekti sifatidagi roli. - Ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda «nomoddiy aktivlar o’zida nojismoniy elementlarni tavsiflovchi aktivlardir» yoki «nomoddiy aktivlar – korxona aktivlarining ajralmas bir qismi hisoblanib, ular buyum shakligi ega bo’lmaydi» yohud «nomoddiy aktivlar - moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan intellektual faoliyat mahsuli, ya’ni intellektual mulk», deb ta’riflangan.
- Nomoddiy aktivlarning tushunchasi ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, uzoq vaqt davomida xarajatlarga aylanib boruvchi, korxonaga kelajakda daromad keltiruvchi va aktivlarning bir qismini tashkil etadigan hamda huquqiy munosabatlarni o’zida mujassam qiluvchi aktivlar hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan farqlanadi: - asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka ega bo’lmasligi bilan;
- – tovarlardan – sotish uchun mo’ljallanmaganligi bilan;
- – ishlab chiqarish zaxiralaridan – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan.
Nomoddiy aktiv deb e’tirof etish uchun mulk ob’ekti quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi. - -foydalanish evaziga iqtisodiy yoki boshqa turdagi samara, daromad (foyda) keltirishligi;
- -xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lishi mumkin;
- -moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmasligi;
- -qiymatga ega bo’lishligi va uni aniq o’lchash mumkinligi.
- Patent-bu yangi yaratilgan mahsulot, texnologiya va faoliyatni qo’llash, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish bo’yicha ularni egasiga maxsus davlat patentlashtirish idorasi tomonidan berilgan huquq, yangi ixtiro uchun olingan patentga qaratilgan investitsiyalar tarkibiga uning yaratilishiga sarflangan xarajatlar (materiallar sarfi, ish haqi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari, amortizatsiya va boshqalar), patentlashtirish idorasiga to’langani bois va boshqa patentga erishishga doir xarajatlar majmuasi kiritiladi.
- Litsenziya - bu ma’lum bir faoliyat turi bilan shug’ullanish huquqini beruvchi rasmiy xujjat. Litsenziyalarni nomoddiy aktiv sifatida tan olishning zaruriyati negizida, uni ma’lum vaqt birligi davomida korxona, firma, xo’jalik yuritish sub’ekti, tadbirkorga daromad keltirishi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |