Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida nomoddiy aktivlarni kengaytirish zaruriyati


Mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan intellektual mulk ob’ektlari sirasiga


Download 8.97 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi8.97 Kb.
#1500749
1   2   3
Bog'liq
Bahodirov Sunnatillo

Mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan intellektual mulk ob’ektlari sirasiga:

  • - adabiyot va san’at asarlari;
  • - musiqa asarlari;
  • - rassomchilik asarlari;
  • - kinematografiya asarlari;
  • ilmiy izlanishlar, ilmiy kashfiyotlar va boshqalar kiritiladi.

Bundan tashqari sanoat intellektual mulki tarkibiga:

  • - ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bajarilishi oqibatida olinadigan ilmiy-texnik mahsulot;
  • - ilmiy ishlar tadbiq etiladigan sanoat namunalari kiritiladi.

Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida nomoddiy aktivlarni kengaytirish .

  • Erkin bozor va kuchli raqobat intellektual tovarlarga bo’lgan talabni tobora kuchaytirib boradi. Ayniqsa, aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talab ko’tarilib boradi. Maxsus tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, texnologik ishlanmalar, xilma-xil axborotlardan xabardor bo’lish va ulardan raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida doimiy tarzda foydalanish zaruriyati paydo bo’ladi. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida, ayniqsa, ilmiy texnikaviy ishlanmalarga bo’lgan talab kuchayadi. U amalda patent, litsenziya, franchayz, nou-xau, dasturiy ta’minot, turli axborot, savdo markalari, tovar belgilari va boshqalarga bo’lgan talablardir.

Intellektual mulk ob’ektining qiymati uch yondashuv bilan, ya’ni daromadli, xarajatli va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.

  • Daromadli yondashuv
  • Qiyosiy yondashuv
  • Xarajatli yondashuv

Intellektual mulk ob’ektidan foydalanishdan olinadigan asosiy daromadlar quyidagilar hisoblanadi:

  • – mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotishda va (yoki) asosiy va aylanma mablag’larga sarmoya kiritishdagi xarajatlardan tejash, shuningdek, xarajatlarni amalda kamaytirish, intellektual mulk ob’ektidan foydalanish huquqini qo’lga kiritishda xarajatlarning bo’lmasligi (masalan, litsenzion to’lovlarning yo’qligi, litsenziarga daromaddan eng ko’p ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining bo’lmasligi);
  • ishlab chiqarilayotgan dona mahsulotning (ish, xizmat) narxini oshirish, uning sotuv hajmini oshirish;
  • – soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni kamaytirish, qarz evaziga xizmat ko’rsatish to’lovlarini kamaytirish;
  • – baholash ob’ektini ishlatishdagi pul oqimini olishdagi tavakkalchilikni kamaytirish, baholash ob’ektidan foydalanishdagi pul oqimining vaqtinchalik tuzilishini yaxshilash.

Download 8.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling