Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Damli va zarbli cholg‘ular klassifikatsiyasi
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
7 Damli va zarbli cholg‘ular klassifikatsiyasi (tasnifi) Damli musiqa cholg‘ulari tovush hosil qilish bo‘yicha umuman turli-tuman sifatlarga ega. Fleytalar – tovush hosil qilish sifati bo‘yicha hushtakli cholg‘ularga kiradi. Tilcha, ya’ni naypachoq (qamishdan yasalgan moslama 1 ) yordamida tovush hosil qilish bo‘yicha goboy, klarnet, fagot, saksofonlar – tilchali (trostli) cholg‘ularga kiradilar. Mundshtuk 2 – orqali ijrochi lablarining harakati yordamida tovush hosil qiluvchi misli cholg‘ular ambushyurlilarga 3 kiradilar. Zarb bilan urish orqali tovush beradigan cholg‘u asboblar zarbli asboblar deb ataladi. Ulardan foydalanishda maxsus bolg‘acha, cho‘p, kalitcha va shu kabi predmetlar ishlatiladi. Zarbli cholg‘ular ikki turga bo‘linadi: a) ma’lum balandlikka ega bo‘lgan zarbli asboblar – litavralar, ksilofon, kolokol va boshqalar; b) ma’lum balandlikka ega bo‘lmagan zarbli asboblar – katta va kichik barabanlar, tarelkalar, tam-tam va boshqalar. Zarbli cholg‘u asboblarining turlari juda ko‘p. Ularni turli xalqlarda uchratish mumkin. Xususan, o‘zbeklarda doyra, nog‘ora, do‘l, qoshiq, safoil, qayroq va boshqalar. Damli cholg‘ular tovushining tembri 4 tovush tebranishini hosil qilish (trost, mundshtuk) va menzuraning 5 katta-kichikligiga bog‘liq. 1 Qamishning «Arundo Donax L» navidan maxsus yasaladi. Goboy, ingliz burg‘usi – shtift moslamasiga o‘rnatilgan trost yordamida foydalaniladi. Fagotning trosti qamishni o‘zidan qolipga solib chiqariladi. Goboy va fagotning trostlari ikki tomonli bo‘ladi. Klarnet va saksofonlarning trostlari faqat bir tomonli bo‘lib, ularning farqi trostlarining katta-kichikligida. Trostlar mundshtuk moslamasiga o‘rnatiladi. 2 Mundshtuk (nemischa Mundstuck, Mund – og‘iz va Stuck – bo‘lak) – damli mundshtukli cholg‘ularning qismi. Piyolasimon shaklga ega bo‘lgan trubkasimon naychaga ulanib ketadigan moslama. Misli damli cholg‘ularning mundshtuklari asosan metalldan yasaladi. Klarnet, saksofonlarning mundshtuklari esa plasstmassadan va shishadan, shuningdek metalldan ham yasaladi. Ijro vaqtida ijrochi mundshtukka lablarini zich, mahkam siqib til va nafas yordamida tovush hosil qiladi. 3 Ambushyur (fransuzcha embouchure, bouche – og‘iz) – tovush hosil qilish uchun lablar va tilning holati. 4 Tembr – tovush tusi, musiqa cholg‘u asboblarining yoki qo‘shiqchilarning o‘ziga xos tovush xarakteri. 5 Menzura – damli cholg‘u asboblari devorlarining (trubkasi) kengligini uning uzunligiga nisbatidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling