Mavzu: Boshqaruv jarayoni (mahsus bilimlarni jalb etuvchi) inson faoliyatining eng murakkab aqliy shakli sifatida


Download 122 Kb.
bet4/6
Sana08.05.2023
Hajmi122 Kb.
#1446689
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза

Aniqlik. Ma’lumki, ob’ektiv qonuniyatlar kundalik hayotda aniq maqsadlar sari intiladigan odamlarning harakatlari orqali namoyon bo‘ladi. Binobarin, boshqaruv prinsiplariga aniqlik prinsipi ham kiradi. Ushbu prinsipning mazmuni boshqarishni ob’ektiv qonunlar namoyon bo‘lishining turli shakllarini, boshqaruv ob’ektining ichki holatini ham, u faoliyat yuritayotgan tashqi sharoitlar ham haqidagi inobatga oladigan ishonchli axborot asosida, aniq hayotiy sharoitlarga qo‘llab amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Bunda, so‘z tarqoq aniq faktlar haqida emas, balki ishonchli va xolisonlia axborot asosida olingan umumlashgan va tartibga solingan faktlar haqida boradi. Axborot, uning hajmi, miqdori, yo‘nalishi, zarurligi va yetarliligi Boshqaruvning muayyan sub’ekti amalga oshiradigan funksiyalarga mos bo‘lishi kerak.
Ishonchli axborotning mavjudligi u yoki bu qonunlar namoyon bo‘lishining shakllarini aniqlashga va shu asosda odamlarning maksadlari va harakatlarini, ya’ni boshqarish maqsadlariga erishishning aniq yo‘llari va vositalarini belgilashga imkon beradi.
Samaradorlik. Ushbu prinsipning mohiyati eng kam kuch, mablag‘ va vaqt sarflab, boshqaruvning maqsad va vazifalariga erishishdan iborat. Har qanday ijtimoiy sohadagi Boshqaruv - u iqtisod bo‘ladimi, maorif, madaniyat, mudofaa, xavfsizlik, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar kabi sohalar bo‘ladimi - moddiy va ma’naviy qadriyatlar, moliyaviy va insoniy resurslar bilan bog‘liqdir. Shu bois Boshqaruv, odamlarning har qanday boshqa ijtimoiy foydali faoliyati singari, oqilona va samarali tarzda amalga oshirilishi kerak.
Amaliyotda qo‘llaniladigan samaradorlik mezonlariga odatda, xarajatlar miqdori, vazifalarning bajarilish muddatlari, xarajatlarning qoplanish muddatlari kabilar kiritiladi.
Ushbu Boshqaruv prinsipining talablari qarorlarni maqbullashtirishdan, ya’ni turli variantlardagi qarorlarni ishlab chiqish, ularni solishtirish va eng maqbul variantini tanlashdan iborat. Boshqaruv sub’ektining vazifasi uning ixtiyoridagi kuch va vositalar mavjud bo‘lganida maqsadga erishishga olib borish ehtimolligi iloji boricha ko‘p bo‘lgan qarorlar variantlarini aniqlash va tekshirishdan iborat. Bundan tashqari, ushbu variantlar tashqi va ichki sharoitlarni, amal qilish muhitining Boshqaruv tizimiga ko‘rsatadigan qo‘zg‘atuvchi ta’sirlarining iloji boricha kattaroq doirasini inobatga olishi, u yoki bu qarorning ijtimoiy oqibatlarini, shuningdek Boshqaruv tizimidagi harbiy xizmatchilarning manfaatlarini ye’tiborga olishi lozim.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling